Jurnalist: "BAA Qatarning ikki futbolchisi borasida OFKga etiroz bildirdi"
31 jan 2019 14:37
Yangiliklar


Jurnalist: "BAA Qatarning ikki futbolchisi borasida OFKga etiroz bildirdi"
Osiyo Kubogi-2019ning yarim finalida Qatarga mag'lub bo'lgan BAA qatarliklar borasida OFKga murojaat qildi.
Bu haqda avstraliyalik futbol jurnalisti Skott Maklintayr o'z "tvitteri"da malum qildi.
"Tushunishim bo'yicha, BAA futbol associaciyasi (BAA FA) Qatar terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan Bassam Al-Ravi va Almoez Ali huquqlari bo'yicha OFKga rasmiy etiroz tayyorlamoqda. Mahalliy jurnalistlar menga taqdim etgan hujjatlarda hozir tilga olingan futbolchilarning onasi Qatarda tug'ilmagan ekan" - deb yozdi Maklintayr.
Almoez Ali
Bassam Al-Ravi
Bir necha soat o'tib jurnalist BAA OFKga maktub yuborganini malum qildi.
"Hozirgina BAA Almoez Ali va Bassam Al-Ravi bo'yicha OFKga etiroz yo'llagani borasida xabar oldim. Ayni damda bu ish ko'rib chiqilmoqda" - deyiladi tvitda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar