Joze Mourinyu: "Iyunda ishga qaytmoqchiman"
20 mar 2019 10:40
Yangiliklar


Joze Mourinyu: "Iyunda ishga qaytmoqchiman"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyuning takidlashicha, yozda biror klub ustoziga aylanmoqchi.
"Murabbiylik qilmayotganimga 3,5 oy bo'ldi, ammo faoliyatimni tiklashga tayyorlanyapman. Futbol bilan mashg'ul bo'lsang o'zing uchun vaqt bo'lmaydi - matbuot anjumanlari, videotahlillar, har kunlik muammolar. So'nggi uch oyda o'zimga kelib oldim.
Murabbiylik - o'zgacha kasb va menga har kunlik ish yoqadi. Unga yozda, iyun oyida, yangi mavsum boshida qaytmoqchiman.
Menga nima kerakligini aniq bilaman, shu sababli 3-4ta taklifni rad etdim. Nima xohlayotganimni bilaman. Men klubni emas, o'yin uslubini nazarda tutyapman" - deydi Mourinyu.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar