So’nggi yangiliklar

18:33Родри: "Таянч ярим ҳимоячилари маркетологлар ва мухлисларни ҳайратга соладиганлар тоифасига кирмайди"  0 18:06Даврон Чориев: "Футзалчиларимиз Бразилияга қарши ёрқин ўйин намойиш этишади"  0 17:35"Қўрқманглар, ҳаммаси назоратим остида". Катанец қандай қилиб натижага эришмоқчи?  14 17:13FourFourTwo энг яхши пенальтичилар рейтингини эълон қилди: Марадона, Ван Бастен ва Роналду кучли ўнликда  5 16:40Тренд давом этади: "Реал" етакчиси YouTube'да канал очди  2 16:180:7га қандай изоҳ берилди? Сўз мураббийларга (ЖЧ саралаш ўйинларидан кейинги фикрлар)  0 16:03"Манчестер Юнайтед" собиқ ҳужумчиси Бразилия чемпионатига ўтиши мумкин  0 15:36"Ҳозир бизга ўхшаган ҳужумчиларни топиш қийин"  3 15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  6 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  3 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  19

Joze Mourino "Roma" bilan yana cho'qqiga chiqishi uchun 5 sabab Yangiliklar

Joze Mourino "Roma" bilan yana cho'qqiga chiqishi uchun 5 sabab

Zamonamizning o'ziga xos, o'zgacha xarakterga ega murabbiylaridan biri Italiyaga qaytdi.

Portugaliyalik murabbiy faoliyatini "Roma"da davom ettiradi. Rimlik muxlislarning bir qismi hozirdanoq bu sarguzasht nechchi million tovon puliga tushishini taxmin qilishmoqda. Lekin boshqaning xatolari, kamchiliklarini ko'rsatish, shov-shuv qilish juda ham oson. SHuning uchun, Mourinoning taklif qilinishida ijobiy jihatlar ham borligini takidlab o'tmoqchimiz. Etiboringizga ulardan eng sara 5 tasini havola qilamiz. 

Angliyada hammasi ham rejadagidek ketmadi...

1. Jozening asosiy va shubhaga o'rin qoldirmaydigan ustunligi - bu xarizmatikasi. Ha, o'tayotgan yillar nafaqat murabbiy yuzida, balki uning ushbu ustunligida ham "ajinlar" paydo bo'lishiga sabab bo'lyapti. Ammo u hamon muxlislar etiborini tortishi, yangi loyihalarga umid bilan boqishga sabab bo'la oladi. Konferenciyalar Ligasida ishtirok etuvchi klub uchun - bu muhim jihat. "Mourino chamadonini yig'ishtirib, ketishga shay bo'lib ulgurganlarning fikrini o'zgartira oladi" - deydi italiyalik mutaxassis Roberto Donadoni. Faqatgina murabbiyning obro'si, uning "vazni" tufayligina katta futbolchilar ECHLda o'ynamaydigan klubga o'tishga rozi bo'lishadi. Hozircha Eden Azar varianti OAVda yangray boshladi va ishoning, Evropa CHempionatidan keyin bu kabi familiyalar soni ancha ko'p bo'ladi. SHuningdek, yangi mavsum startigacha klub boshqaruv tizimida ham o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda - Rim ramzi Daniele De Rossi va "Roma"da ham, Mourino qo'l ostidagi "Inter"da ham to'p tepgan argentinalik Valter Samuel haqida gap ketmoqda.

2. Joze nafaqat klub, balki butun Liga imiji va mashhurligi uchun "plyus". Bu A Seriya haqida ikki marta ko'p maqolalar, uch marta ko'p memlar, to'rt marta ko'proq chempionat intrigalari degani. Joze "Yuventus" va uning muxlislari uchun ham "sevimli mexmon" bo'lishi aniq. Vaziyatni tushunish uchun o'tmishni bir eslash va Mourning janjallarga sabab bo'lgan harakatini yodga olish kifoya.

Yovuz inson

3. Fonseka davridagidan yomonroq bo'lmasligi aniq. Joze qo'l ostidagi "Roma" chempionatda 7-o'rindan pastroqqa tushib ketishini, Italiya Kubogidan 1/16 finalidayoq chiqib ketishini va texnik mag'lubiyatlarga uchrashini tasavvur qilish qiyin. "Men hech qachon Fonseka kulganini ko'rmaganman. U doim xo'mrayib yuradi", — deydi "Roma" muxlisi, italiyalik aktyor Lino Banfi. "Men Mourinyu biz uchun ajoyib murabbiy bo'lishiga ishonaman, u futbolchilarga ruh bag'ishlay oladi".

4. Sir emaski, rimliklar Bosh direktori Tiagu Pintu Mourinoning eski va ashaddiy muxlislaridan biri hisoblanadi. Tomonlar o'rtasidagi muzokara juda tez o'tdi. SHunchalik tezki, og'zaki kelishuvga ega Mauricio Sarrining agenti klub rahbarlarining qilgan ishidan shoshib qoldi. Tizimli empatiya - Mourinoga katta kuch berishi turgan gap, Rimda "akaxonlar"ning qo'llab-quvvatlab turishisiz muvaffaqiyatga erishish juda qiyin. SHu o'rinda portugaliyalikka transferlarda muhim ovozga ega bo'lish va umuman ish jarayonida katta erkinlik berilganini takidlab o'tish lozim.

Vaziyatga GDS vakili Stefano Boldrini chiroyli izoh berdi: "Revolyucionerlar tug'iladi, konservatorlar o'ladi. Mou hech qachon revolyucioner bo'lmagan, lekin u konservator ham emas. U realist, portugaliyalik ota-bobolari kabi u ham goh sokin, gohida jo'shqin dengizda yangi erlarni "zabt" etish niyatida sayohat qiladi. Joze vaziyat qanchalik jiddiyligini tushunib turibdi va o'rtaga ismini qo'yishga qaror qildi. Bu vaziyatda murabbiyning ham, klub rahbariyatining ham maqsadi o'xshash, fikrlar o'xshashligi, birgalikda harakat qilish esa katta kuchligi hech kimga sir emas".

Balki takrorlarmiz?

5. G'oliblik mentaliteti yo'qligi - so'nggi yillardagi "Roma"ning katta muammosi. Franchesko Totti malum vaqt jamoani ortidan ergashtirdi, ammo sardor ketgach... Hozirgi vaziyatda klubga universal murabbiy zarur: kiyinish xonasini ham boshqara oladigan, mentalitetni o'zgartirishga qodir va uzoq yillik loyiha yarata oladigan. Masalaning boshqa tomoni, Jozening bularning barchasini hayotga tatbiq etishga kuch va xohishi etarmikan? Gapda - ha. Amalda qanday bo'ladi, vaqt ko'rsatadi. Lekin klub muxlislaridan juda katta marralarni orzu qilib, ishonib qolishga shoshilmaslikni so'rardik - Mourino darhol klubga sovrinlar keltirish uchun hozirda o'zining optimal "sport formasida" emas. Lekin shou va ehtiroslar, matbuot-anjumanlaridagi "qaynoq" jumlalar kafolatlangan.


Nozima Zaripova tarjimasi 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика