Jorjino: "Sarri - buyuk murabbiy"
15 apr 2020 16:20
Yangiliklar
Jorjino: "Sarri - buyuk murabbiy"
"CHelsi" yarim himoyachisi Jorjino hozir "Yuventus"da ishlayotgan o'zining sobiq ustozi Mauricio Sarrini maqtab qo'ydi.
"Sarri - buyuk murabbiy, u taktika borasida ajoyib. U siz beradigan har qanday savolga javob bera olishi uchun o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'radi. Avvaliga Londonda o'z o'rnimga ega bo'lish uchun ozgina kurashdim.
Ammo, hozir ingliz tilida erkin gaplasha olaman va sheriklarim bilan muloqot qila olaman.
"CHelsi" bilan Evropa Ligasi finali biz Sarri bilan erishgan ajoyib xotira edi", - deydi Jorjino.
Fikrlar