Jorjino: "Har doim Italiyaga qaytishga tayyorman"

Alisher
28 iyul 2020, 15:13
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino har qachon vatanga qaytishga tayyorligini bildirdi.

"Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin, shu sabab men katta ehtimol bilan Italiyaga qaytaman. Men APLda qimmatli tajriba to'pladim va endi A Seriyadagi boshqa klublarga yordam bera olaman.

Men chempionlik uchun kurashayotgan klublarda o'ynay olaman. Joriy mavsum men uchun yaxshi o'tmoqda. Men Sarri va Lemparddan ko'p narsalarni o'rgandim", - deydi Jorjino.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru