Jorje Jezush: "Feliks Evropaning eng zo'r o'yinchilaridan biri bo'ladi"
28 mar 2020 17:27
Yangiliklar
Jorje Jezush: "Feliks Evropaning eng zo'r o'yinchilaridan biri bo'ladi"
"Benfika" sobiq murabbiyi Jorje Jezush "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksning imkoniyatlarini baholadi.
"Feliks Evropaning Evropa eng zo'r o'yinchilaridan biri bo'ladi. Menda bu narsaga shubha yo'q. U 20 yoshda va hali bola.
Portugaliyada yosh futbolchilarni o'zlarini ko'rsatishlari oson kechadi - bu Evropaning vitrinasidir.
Oldinlari arzon o'yinchilar boshqalarga qaraganda kam pul topishardi, shuning uchun top-klublar istedodlarni olib qo'yishgan.
Ammo, hozir unday emas - siz 50, 70 va hatto 127 million evro to'lashingiz kerak!", - deydi Jezush.
Eslatib o'tamiz, madridliklar o'tgan yozda 20 yoshli portugaliyalik futbolchini "Benfika"dan 126 million evro evaziga xarid qilishgan edi.
Fikrlar