Joriy mavsumning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari ro'yxati elon qilindi
09 apr 2020 20:04
Yangiliklar
Joriy mavsumning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari ro'yxati elon qilindi
France Football nashri Transfermarkt platformasi bilan hamkorlikda eng ko'p haq to'lanuvchi futbolchilar reytingini yangiladi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli o'yinchilarning maoshi pasaygan. Ro'yxatni tuzishda futbolchilarning imidj huquqi, klubdan oladigan mablag'i, reklamadan keladigan foyda, bonuslar va boshqa ko'rsatkichlar inobatga olingan holda tuzilgan.
Kuchli uchlikdagi Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Neymar qolganlardan ancha o'zib ketgan:
1. Lionel Messi ("Barselona") - 131 mln evro
2. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus") - 118 mln
3. Neymar (PSJ) - 95 mln
4. Garet Beyl ("Real") - 38 mln
5. Antuan Grizmann ("Barselona") - 38 mln
6. Eden Azar ("Real") - 38 mln
7. Andres Inesta ("Vissel Kobe") - 34 mln
8. Rahim Sterling ("Man Siti") - 33 mln
9. Robert Levandovski ("Bavariya") - 29 mln
10. Kilian Mbappe (PSJ) - 27 mln
Fikrlar