So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Jo Xart muammolar girdobida edi... Yangiliklar

Jo Xart muammolar girdobida edi...

Teglar :  Jo XartTorino
Malumki, Xosep Gvardiola Manchester Siti boshqaruviga kelgach, tarkibda bazi bir o'zgartirishlarga qo'l urdi. Kimlardir klubni tark etdi, yana kimlardir ketganlar o'rnini to'ldirdi.

Eng qizig'i, Pep klubning ishongan tog'i, Angliya termasining birinchi raqamli darvozaboni Jo Xartni asosiy tarkibdan chetlashtirib, uni zaxira o'rindig'iga mixladi. Bu esa tabiiyki, nafaqat jamoa ishqibozlari, balki ingliz tahlilchilarini ham hayratga soldi. Savol tug'iladi: Xart endi nima qilishi kerak?! Hozircha bu aniq emas...

Ochig'ini aytish kerak, qaysidir jamoa boshqaruviga Xosep Gvardiola darajasidagi yangi bosh murabbiy tayinlansa, jiddiy o'zgarishlar, albatta, ro'y beradi. Misol uchun, Myunxenning Bavariya klubi oddiy futbol muxlisi uchun yulduzli tarkibga egadek tuyulsada, Pep bu erda ish boshlaganida ham malum o'zgarishlarga qo'l urdi. Hozirda esa xuddi shu holat Gvardiolaning yangi ish joyi - Manchester Sitida kuzatilmoqda. Aslini olgandaku, shaharliklar 2015|2016 yillar mavsumini ham juda ko'ngildagidek o'tkazishmadi va jamoaning ayrim chiziqlarida muammolar borligi yaqqol ko'zga tashlandi. Biroq Pep tanlagan ana shu inqilob qurbonlari orasida Jo Xartning ham ismi borligi, baribir, jamoatchilikni, ayniqsa, klubning ashaddiy ishqibozlarini karaxt qilib qo'ydi. Bunaqasini hech kim kutmagandi...

CHindan ham, Siti ishqibozlari bir necha mavsumdan beri shunga ishonib yashashdiki, ular yoqtirgan jamoa darvozasini Angliyaning eng yaxshi, Evropaning eng kuchli darvozabonlaridan biri qo'riqlaydi. Buning ustiga, Sitining uy uchrashuvlarida stadion suxandoni tarkiblarni elon qila turib, har gal quyidagi jumlalarni takrorlar edi: Angliya va Manchester Sitining birinchi raqamli golkiperi - Jo Xart! Albatta, bunday jarangdor tanishtiruv hadeganda yoddan chiqavermaydi. Ammo ming afsuski, Xosep Gvardiola bundan mustasno. Xullas, Gvardiola klub boshqaruviga kelishi aniq bo'lganidan beri tahlilchilar tinmay jamoaning markaziy himoyasida muammolar borligi, ularni qanday to'g'rilash mumkinligi haqida rosa gapirishdiyu, ammo Pep eng birinchi navbatda, Jo Xartni asosiy tarkibdan olib tashlashi ularning xayollariga ham kelmadi.

Gvardiola bu qarorga kelishiga asosiy sabab sifatida, Xartning oyoqda yaxshi o'ynay olmasligi ko'rsatilmoqda. CHunonchi, barchaga yaxshi malumki, Gvardiolaning falsafasiga ko'ra, uning jamoasidagi har bir futbolchi, shu jumladan, darvozabon ham, tiki-takada faol qatnashishi lozim. Xuddi shu o'rinda Gvardiolaning tarafida bo'lgan statistika shaydolari mana bu raqamlarni ro'kach qilishadi: malum bo'lishicha, Jo Xart 2012|2013 yillar mavsumidan beri himoyalanish chog'ida 16 marta xatoga yo'l qo'ygan. SHularning 13tasida uning darvozasi ishg'ol qilingan. Aksincha, Xart­ning yonini oladigan statistika ishqi­bozlari esa boshqa bir raqamlarni misol qilishadi: APLning so'nggi etti mavsumida Jo o'zi qo'riqlayotgan darvoza daxlsizligini 95 marta saqlab qolgan. Taqqoslash uchun, hatto eng kuchli sanalgan Petr CHexda quruq o'yinlar soni 75tadan oshmaydi. Lekin keltirilgan so'nggi raqamlarning Gvardiolaga hech bir tasiri bo'lmayapti. SHuning uchun ham, mana uchinchi o'yinki, Pep asosiy tarkibda Villi Kabaleroni maydonga tushirmoqda. Qizig'i shundaki, Xart uchun eng mudhish xabar bu emas - Evropa OAVlari shaharliklar darvozasini tez orada Barselonadan taklif etiladigan Klaudio Bravo qo'riqlashi haqida jar solishmoqda.

Tabiiyki, bunday ko'ngilsiz holatdan so'ng Xart jamoasini almashtirish harakatiga tushib qoldi va u tez orada Sitidan ketishi haqida ayrim jamoadoshlarini, shuningdek, agentini ham ogohlantirishga ulgurdi. Nafsilamrini aytganda, Angliyaning birinchi raqamli darvozaboni zaxira o'rindig'ida o'z navbatini kutib o'tirishga majbur emas. Buning ustiga, Gvardiola  Xartni APL yangi mavsumining ilk o'yinidayoq nazardan chetda qoldirdi. Endi uning holatini tasavvur qilib ko'ring: yuz minglab muxlislar birinchi turda seni maydonda kutib turishsa-yu, murabbiyning qarori bilan o'yinni zaxira o'rindig'ida kuzatsang. Jo xuddi shunday o'ta noqulay holatda qoldi...

SHubhasiz, tez orada Xart Sitini tark etsayu, uning o'rniga taklif etilgan golkiper ishonchni oqlamasa, jamoa ishqibozlari darhol Gvardiolani tanqidlarga ko'mib tashlashadi. Demak, kataloniyalik mutaxassis qaysidir manoda, shunday qo'pol yo'l tanlash orqali, manchesterlik muxlar orasidan dushman orttirishga ham ulgurdi, hisob.

 Ochig'ini aytganda, Gvardiola tomonidan ochiq-oydin amalga oshirilgan ish, yani Xartning asosiy tarkibdan chetda qolishi nihoyatda qo'pol qaror bo'ldi. Zero, Jo yaqin-yaqingacha klubning ham APLdagi, ham ECHLdagi ishongan tog'laridan biri edi. Biroq bizga malumki, Gvardiola dunyodagi eng o'jar va eng qaysar mutaxassislardan biri va uni fikridan qaytarish - o'ta mushkul vazifa. Agar vaziyat shunday davom etadigan bo'lsa, Pep hech qachon Joga ishonch bildirmaydi. SHunday ekan, siz bilan biz 15 oktyabr kuni Xartni Etixad stadionida, Everton klubi libosida ko'rib qolsak, ajablanmasligimiz lozim. SHuningdek, Jo 31 dekabr kuni Gvardiola va uning jamoasini Enfild Roudda Yangi yil bilan tabriklashi ham hech gap emas. Nima ham derdik, bu - Angliya premer-ligasi. Bu chempionat hech bir musobaqaga o'xshamaydi. Aynan shuning uchun ham barcha APLni yaxshi ko'radi, uning har bir turini sabrsizlik bilan kutadi. Kuzatishda davom etamiz...

H.MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика