So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  10 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  70 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  5 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   9 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Mutolaa uchun. Superliga klublari o'rinbosarlarini kimlarga ishonib topshirgan? Yangiliklar

Mutolaa uchun. Superliga klublari o'rinbosarlarini kimlarga ishonib topshirgan?

Superliga jamoalarida taniqli va tajribali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Ammo gap ular haqida emas.

U-21 chempionatida kimlar ishlayapti? Jamoalarning murabbiylarini bilasizmi? Shu kabi savollarga quyida batafsil javob berib o'tamiz.

OKMK - Azam Sherg'oziev

Yosh olmaliqliklarni bir necha yillardan buyon mahalliy murabbiy Azam Sherg'oziev boshqarmoqda. Uning qo'l ostida OKMK U-21 jamoasi o'tgan mavsumda chempionlikka juda yaqin keldi. Lekin yakunda omad "Paxtakor"ga kulib boqdi. O'rinbosarlar esa akalari bilan bir xil kumush medallarga ega chiqishdi. Oradagi farq esa 3 ochkoni tashkil qildi. Sherg'oziev kurashuvchan jamoa shakllantirgan deya olamiz. Bu yil esa ortda qolgan 4 ta o'yinda 1 ta g'alaba, 2 ta durang va 1 mag'lubiyat qayd etdi. Ushbu mutaxassisga murabbiylar shtabida Rafael Fabarisov, Davronjon Fayziev ko'maklashmoqda. 

"Buxoro" - Mirislom Hasanov

Oradagi bir yillik tanaffusdan so'ng Superligaga qaytgan "Buxoro"ning o'rinbosarlariga mahalliy murabbiy Mirislom Hasanov boshchilik qilyapti. Mirislom Hasanov ham Sherg'oziev kabi ancha vaqtdan beri klub tizimida turli yosh toifasidagi jamoalarda ishlab kelmoqda. Shunday pallalar bo'lganki, u malum vaqt bosh jamoaga ham masul edi. Hasanovning murabbiylar shtabida yaqinda butsalarini mixga ilgan Suhrob Nematov, Komil Yuldashev, darvozabonlar murabbiyi sifatida Nurillo Habibov faoliyat yuritmoqda. Buxoroliklar 4 ta o'yinda 1 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat natijasini ko'rsatishdi.

"Bunyodkor" - Anvar Rahimov

So'nggi ikki mavsumda "qaldirg'ochlar"ni Jamoliddin Rahmatullaev murabbiy sifatida maydonga boshlab tushdi. Unga yaqindan Anvar Rahimov yordamlashdi. O'tgan yili esa Rahmatullaev o'rinbosarlarda qoldi, Rahimov  esa klubning farm jamoasiga yo'l oldi. Birinchi ligada uning shogirdlari pley-off bosqichida ishtirok etdi va mavsumni to'rtinchi o'rinda yakunladi. 2025 yildan etiboran Anvar Rahimov "Bunyodkor" U-21 jamoasiga o'tkazildi. Natijalar chakki emas, 2 ta g'alaba, 2 ta durang. Mutaxassisga jamoada Sanat Shixov, Sunnatilla Mamadaliev, Abduhamid Qodirov, darvozabonlar murabbiyi bo'lib Shovkat Abduxojaev yordam beryapti. 

"Neftchi" -  Aziz Alijonov

Mutaxassis futbolchilik faoliyatida "Neftchi"da to'p tepganini muxlislar yaxshi bilishadi. Bir necha yillar oldin "Neftchi" U-18 jamoasi bilan chempion bo'lgan Aziz Alijonov orada qisqa vaqt "Bunyodkor"da ishladi. Keyinchalik u yana ortga qaytdi va o'rinbosarlar jamoasini qo'lga oldi. Murabbiyga bu yil ham "Neftchi" U-21 jamoasi ishonishda davom etildi. Hozircha uning shogirdlari chempionatda 5 ochko jamg'ardi.

"Qo'qon-1912" - Ernest Asanov 

O'zbek futboli vatani bo'lmish Qo'qon shahridan ham azaldan milliy terma jamoasi darajasidagi ko'plab iqtidorlar etishib chiqqan. Bugungi kunda ham bu shaharda bolalar futbolining saviyasini yomon deb bo'lmaydi. Klub rahbariyati U-21 jamoasini bu yil Ernest 

Esanovga ishonib topshirgan. Bu murabbiyga otasi Narimon Asanov yordam berib kelmoqda. Yoshlar bilan ishlash hadisini olgan Narimon Asanov bir necha yillar oldin o'zi U-18 jamoasiga ustozlik qilgandi. Qo'qonliklar U-21 chempionatida juda zo'r startni amalga oshirdi va ketma-ket 3 ta o'yinda g'alaba qozondi. Jamoa turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda ketmoqda. 

"Paxtakor" - Brunu Karvalyu Lopes

U-21 chempionatining amaldagi g'olibi "Paxtakor" hisoblanadi. Jamoa o'tgan mavsum avstraliyalik Mirko Yelichich boshchiligida oltin medallarni qo'lga kiritgandi. Joriy yildan boshlab esa o'rinbosarlar natijalariga portugaliyalik Brunu Lopes javob bermoqda. UEFA A licenziyasiga ega murabbiy bundan avval Braziliyaning "Sports klub do Resife", "Koritiba" kabi jamoalarda yordamchi bo'lib ishlagan. Shtabdan o'zbekistonliklardan Oybek Usmonxo'jaev, Shuhrat Bo'riev kabi murabbiylar o'rin olgan. 

"Nasaf" - Zafar Xolmurodov 

Qashqadaryo futbolining afsonasi hisoblangan Zafar Xolmurodov butsalarini mixga ilganidan buyon "Nasaf" tizimida murabbiylikni olib boryapti. O'tgan mavsumda unga klubning farm jamoasi berildi va u shogirdlari bilan Birinchi liga turnirida g'olib chiqdi. Bu yildan esa yana "Nasaf" o'rinbosarlari bilan birga. Xolmurodovning shtabida yana sobiq to'p teparlar Kenja To'raev, Hamza Karimov ham borligini aytish joiz. Botir Qoraev esa texnik direktor sifatida ishini davom ettirmoqda.

"Navbahor" - Sherzod Jo'raev

Avvalgi yillarda "lochinlar"ni Dmitriy An maydonga etaklab tushayotgan edi. Bu mavsumda klub mahalliy mutaxassislardan biri Sherzod Jo'raevni U-21 jamoasiga tayinladi. Sherzod Jo'raev o'tgan vaqt mobaynida Andrey Kanchelskis, No'mon Hasanov, Viktor Jalilov, Samvel Babayan kabi nomdor murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi. Bu esa katta tajriba vazifasini o'tagani aniq. Qishda Farg'onada tashkil qilingan ananaviy "Hokim kubogi" turnirida Sherzod Jo'raev boshchiligidagi "Navbahor" U-21 jamoasi barcha raqiblarini dog'da qoldirib bosh sovringa ega chiqdi. Jamoada Xasan Rizaev, Azam Rajabbaev, Alisher Mahmudov Jo'raevga ko'maklashyapti. Lekin hozircha chempionatdagi ishlarni zo'r deb bo'lmaydi. Yosh "lochinlar" faqatgina "Andijon"dan ustun kelishdi (3:2). "So'g'diyona" va "Neftchi"ga yirik hisoblarda engilishdi. 

Davomi bor...

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика