Jibril Sisse faoliyatini SHveycariyada qayta boshlashi mumkin
04 iyu 2017 00:30
Yangiliklar


Jibril Sisse faoliyatini SHveycariyada qayta boshlashi mumkin
Franciya terma jamoasining 35 yoshli sobiq futbolchisi Jibril Sisse faoliyatini qayta boshlashi mumkin, deb xabar bermoqda Yahoo Sports.
Nashrning xabar berishicha, Sisse SHveycariya uchinchi divizioni jamoasi “Iverdon” bilan bir yillik shartnoma imzolaydi. Jibril o'tgan yilning fevral oyida katta futboldan ketganini elon qilgandi.
Eslatib o'tamiz, Sisse professional faoliyatini 1998 yili Franciyaning “Oser” klubida boshlagan edi. SHundan u “Liverpul”, “Marsel”, “Sanderlend”, “Panatinaikos”, “Lacio”, “Al-Garafa”, “Kuban”, “Bastiya” jamoalarida to'p tepgan.
Oser safida ikki marta Franciya chempionati to'purari bo'lgan. Greciyada Panatinaikos tarkibida ham ikki marta chempionat to'purariga aylangan.
2005 yil Liverpul bilan birga CHempionlar ligasida g'olib chiqqan. Franciya terma jamoasi libosida 41ta
uchrashuvda maydonga tushib, 9ta gol kiritgan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 31

Fikrlar