So’nggi yangiliklar

21:55Аргентина Месси фаолиятини якунлагач, 10-рақамни ҳеч кимга бермайди  0 21:30Ўзбекистон олимпия терма жамоасининг финал олдидан ўтказган машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:04Куртуа Евро-2024'да иштирок этмайди  0 20:59Осиё Чемпионлар лигаси финалини ўзбекистонлик ҳакамлар бошқаради  4 20:32U-23 Осиё кубоги. Ироқ ва Индонезия 3-ўрин ва Олимпиада йўлланмаси учун курашмоқда (онлайн ҳисоб)  17 20:16"Қайрат" ўзбекистонлик олимпиячиларни ўз сафига қўшиб олмоқчи  18 19:59Бразилияда келишилган ўйинлар туфайли мавсум тўхтатилиши мумкин  0 19:36МЮ Санчони қайтариш ниятида эмас  3 19:12Кутилмаган бурилиш: Клопп "Боруссия Д"га қайтиши мумкин  6 18:48"Ювентус" Кимга қизиқяпти  2 18:22"Лестер" етакчиси билан шартномани узайтиради  2 17:53Бир қанча жамоалар "Челси" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:27"Ал Қодисия" ван Дейкни жалб қилмоқчи  1 16:59Рангник "Бавария"да ишлашдан бош тортди  2 16:35"Флуминенсе" Тиаго Силвага шартнома таклиф қилди  0

Jerrard men o'ylagandek inson emas ekan Yangiliklar

Jerrard men o'ylagandek inson emas ekan

3 yil avval Umar Sadik A Seriyada "Roma" tarkibida gol urdi, lekin faoliyatida kutilganidek muntazam o'sish yuz bermadi.

Hozirda nigeriyalik futbolchi hamon Rim klubiga tegishli, ammo "Peruja"da ijarada to'p tepadi. Mavsumning birinchi yarmida u Stiven Jerrard boshchiligidagi "Reyndjers"da o'ynadi va bor yo'g'i 4 marotaba maydonga tushdi.

Sadik SHotlandiyada bo'lgan ishlardan juda xafa bo'lgan.

"Jerrard – umuman men o'ylagandek inson emas ekan".

Avvaliga "Reyndjers"ga o'tishga ikkilangandim. Lekin u meni ko'ndirdi, kuniga 3-4 marta qo'ng'iroq qilib, menga ishonishini, iqtidorimni yuzaga chiqarishim, futbolchi sifatida o'sishimda yordam berishini aytdi. Oxir-oqibat klubga ijara asosida ko'chib o'tdim. Ular men bilan bir vaqtning o'zida yana bir hujumchi bilan ham shartnoma imzolashdi – Kayl Lafferti. SHundan keyin ahvol yomonlasha boshladi.

Kutilmaganda, menga birinchi jamoaning kiyinish xonasidan foydalanish mumkin emasligini aytishdi. Men yosh bolalar bilan kiyim almashtiradigan bo'ldim. Oradan bir necha kun o'tib, mashg'ulot markazidagi mashinalar to'xtash joyiga avtomobilimni qo'ymasligimni talab qilishdi. Men o'zimni erga urilgandek his qildim. Nimaga bunday qilishayotganini, gap nimada ekanini so'rardim, ammo hech kim javob bermasdi.

Bir kuni instagramda layk bosganim uchun menga 20 ming funt jarima solishdi. Axir bu ahmoqlik emasmi?! Bilasizmi, ular dekabr oyi uchun maoshimni hali ham berishmagan...

Ijara muddati o'z nihoyasiga etganidan so'ng, Jerrard hattoki men bilan xayrlashgani ham yo'q. Uning faoliyati qanday bo'ladi, buni bilmayman. Lekin undan buni kutmagan edim", — deydi Umar Sadik.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика