“Jenoa” sobiq sport direktori: “Levandovski deyarli jamoamizda edi”
14 apr 2020 01:35
Yangiliklar
“Jenoa” sobiq sport direktori: “Levandovski deyarli jamoamizda edi”
“Jenoa” klubi sobiq sport direktori Stefano Kapozzukaning aytishicha, 2010 yilda genuyaliklar ayni paytda “Bavariya” sharafini himoya qilayotgan Robert Levandovski bilan shartnoma tuzishlariga bir bahs qolgan ekan.
“O'shanda Robert “Lex”da to'p tepardi. Jan Pero Gasperini uning imkoniyatlarini yaxshi bilardi. Robert faqat jamoaga kelib tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak va barcha masalalar hal etilgandi. Ammo o'sha paytda klub prezidenti ushbu kelishuvni yana bir bor o'ylab ko'rishni istadi va shu bilan bu transfer amalga oshmay qoldi”, deya Kapozzukining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Radio Sportiva.
Eslatib o'tamiz, Levandovski 2010 yilda “Lex” jamoasidan Dortmundning “Borussiya”siga ko'chib o'tgandi. Dortmundliklar safida futbolchi ikki marta Germaniya chempionligiga erishdi va 2014 yili Myunxenga transfer qilindi. “Bavariya” tarkibida polshalik hujumchi besh marta mamlakat chempionatining oltin medallariga sazovor bo'ldi.
Fikrlar