So’nggi yangiliklar

09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  20 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0

JCH tarixida 1-marta o'zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi Yangiliklar

JCH tarixida 1-marta o'zbekistonlik mutaxassis komissar sifatida ishlaydi

SHu yilning 14 iyun kuni Rossiya federaciyasida Jahon chempionati bahslariga start beriladi.

Avvalroq, FIFA tashkiloti mazkur mundialda ishlaydigan hakamlar ro'yxatini elon qilgan bo'lib, bu ro'yxatda hamyurtlarimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar borligi haqida avval xabar berib o'tgandik.

FIFA tashkilotidan yana bir xushxabar keldi: Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta o'zbekistonlik mutaxassis mundial o'yinlarida komissar sifatida ishlaydi.

O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA prezidenti Janni Infantino bilan yaqin aloqalar o'rnatgan holda, O'zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishgani o'z samarasini bermoqda. SHu hamkorlik natijasida FIFA tashkiloti o'zbekistonlik mutaxassislarga Xalqaro musobaqalarda ishlash uchun imkoniyat taqdim etyapti.

O'zbekiston futbol associaciyasi Xalqaro boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Olim Arifov JCH-2018 musobaqasiga komissar sifatida rasman taklif qilingan.


Qayd etish kerakki, shu paytga qadar nafaqat O'zbekistondan, balki Markaziy Osiyodan birorta mutaxassis JCHda komissar sifatida ishlamagan. Olim Arifov bu borada birinchi bo'ladi.

“Albatta, FIFA tomonidan kelgan taklifdan juda xursandman. Bu juda katta ishonch va shu bilan birga katta masuliyat ham. O'z o'rnida yurtimizda futbolga hukumat darajasida etibor qaratilayotgani takidlagan holda, O'zbekiston futbol associaciyasi rahabariyati tomonidan futbolni yangi bosqichga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida qayd etish kerak.

Bu islohotlar natijasida biz kabi mutaxassislarga yangidan-yangi imkoniyatlar yaratilmoqla. Biz bu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, bildirilgan ishonchni oqlash uchun qo'limizdan kelgancha harakat qilishga vada beramiz”, - deydi Olim Arifov.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика