JCH saralashdagi raqibimiz. Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi futbolchilarni xotirjam bo'lishga chaqirdi
06 iyu 2021 16:17
Yangiliklar
JCH saralashdagi raqibimiz. Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi futbolchilarni xotirjam bo'lishga chaqirdi
Bunda saudiyaliklar raqibni 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Birinchi davra o'yinida 2:2 natijasi qayd etilgandi. Navbatdagi bahsda esa Saudiya terma jamoasining raqibdan ancha kuchli ekani shundoq ko'rindi. SHunga qaramay, terma jamoa bosh murabbiyi futbolchilarni havolanib ketmaslikka chaqirdi.
"CHiroyli o'yin va chiroyli g'alaba bo'ldi. Hammamiz yakuniy natija va uch ochko qo'lga kiritilganidan xursandmiz. Hisob 3:0 bo'lgach, ikkinchi taymda ham shogirdlarimdan gol kutgandim. Lekin havoning o'ta issiqligi va dimligi o'zimizni to'liq ko'rsatish imkoni bermadi. Muhimi esa g'alaba qozondik".
"Jahon chempionati haqida gapirishga hali erta. Men bu gapni ko'p aytyapman. Biz o'yindan o'yinga kuchayishda davom etamiz. Men shogirdlarimga to'liq ishonaman, bizda ham tajribali futbolchilar, ham ishtiyoqqa to'la yoshlar bor. Terma jamoa futbolchilari 3:0dan havolanib ketmasliklari kerak, hali hammasi oldinda", - deydi franciyalik murabbiy.
Fikrlar