JCH kundaligi #2. Kitoblar dunyosiga sayohat shundan bittasi Dima Qayumning kutubxonasiga!
16 iyu 2018 18:59
Yangiliklar
JCH kundaligi #2. Kitoblar dunyosiga sayohat shundan bittasi Dima Qayumning kutubxonasiga!
Bugungi kunda bolalar futboliga sho'ng'ib ketganman. Anchadan beri horij metodikalarini yig'ish bilan bandman. Ruslar tomonidan ko'plab yaxshi qo'llanmalar tarjimalar qilingan va foydalanib kelinayapti. Men ham ularni internetdan ko'chirib olib foydalanayotgan edim. SHularni kitob ko'rinishida harid qilish maqsadida, Moskvadagi eng katta kitob do'konlaridan biri bo'lgan "Lujniki" yaqinidagi do'konga tashrif buyurdim. O'zimga kerak bo'lgan kitoblar bo'limini so'radim. Do'kon juda katta. Sotuvchini aytishicha, Moskvada ikkinchi o'rinda turadi. Bu haqda "FB"dagi saxifamda ham post qoldirgan edim.
O'zimga kerakli bo'lgan kitoblarni qidira turib, javondagi aksar o'zimga manzur bo'lgan kitoblarni ham savatchaga tashlayverdim. Do'konga ketishdan avval ijtimoiy tarmoqda post qoldirar ekanman, kimda kim Farg'ona viloyatining, Rishton tumanida kutubxona yarata olgan Dima Qayumning xizmatidan foydalanib 5ta kitob o'qisa, JCHdan sovg'a olib borishimni yozgan edim. Do'konga kirgandan keyin, o'sha sovg'a bevosita kitob bo'lishini istadim va ketma-ket uch maroataba ECHL sohibi bo'lgan Krishtianu Ronaldu haqida Ferras tomonidan yozilgan kitobni harid qildim. Tunga kelib kitob qahramoni xet-trik qilganini haqida keyingi kundalikda to'xtalaman.
Dima Qayum bilan kelishib biroz qoidani o'zgartirdik, yaniy uning o'quvchilarining aksariyati internetga kirishmas ekan. Ular bexabar qolib ketmasligi uchun, o'zi sovg'ani barcha o'quvchilari orasidan tanlab oladigan bo'ldi.
Afsuski bizda sport kitoblari hali rivojlanmagan. Badiy asarlar ko'p to'g'ri, ammo sport metodikalari va atobiografiyalar ko'p emas. Avtobiografiyalarni mutola qilish orqali kishi o'zida bir kuch topadi maqsadi yo'lida. Buni o'zimda sinaganman. Mutola qilayotgan qahramoningizga o'xshashni istay boshlaysiz va mehnat qilasiz. Bizning sportchilarimizga etishmayotgan narsa aynan shu. Sportni sir asrorlarini haqiqiy chempionlarning o'zidan eshitishning foydasi katta. Yaxshi kitoblarning narxi arzon emas. Masalan, Joze Mourino, Lui Van Gal, Ser Aleksni talqin qiladigan katta kitoblar bizning pulga 80-150 000 so'm turadi. Messi va Ronalduga oid kitoblar ham shunga yaqin narxda. SHu bilan birga, cho'ntakboplari ham bor. Ular 40-60 ming so'm oralig'ida.
Kitoblarimni yig'ib, kassa tomon ketayotsam, nazoratchi rus tilida "kitoblar, ko'pku", deya jilmaydi. Markaziy Osiyolik ekanligi ko'rinib turibdi. Qaerdan desam, o'zimizni Samarqanddan ekanlar... Yaqinda Marsel Brionning faxrimiz, Amir Temur haqida yozgan kitobini mutola qilib chiqqan edim. SHuni rus tilidagi ko'rinishini so'radim, afsuski yo'q ekan. Lekin Murod aka (ismlari) menga "CHingizxon" va "Osiyoni zabt etgan Temur" kitoblarini tavsiya qildilar. Men uchun qiziq bo'lganligi uchun harid qildim.
Kitoblar ro'yhatim quyidagicha ko'rinish oldi. Endi hammasidan ham Tayson, Del Pero va Inestaning avtobiografiyalarini o'qish uchun vaqt topishim kerak. Kitob mutola qiling, aslo kam bo'lmaysiz ))
1. Oleg Lapshin. «Uchim igrat v futbol».
2. Den Blank. «IQ v futbole».
3️. Toni CHarlz va Styuart Ruk. «Futbol dlya detey».
4️. Ferras. «Krishtianu Ronaldu».
5️. «Temerlan».
6️. «CHingizxan».
7️. Delgado. «Lionel Messi».
8️. Del Peroning shaxsiy avtobiografiyasi.
9️. Kayol. «Ronaldu».
10. «Besposhhadnaya Istina» Mayk Tayson o'zi qaqida.
1️1️. Andres Inestani o'zi haqida yozgani, «YA eto zaslujil».
1️2️. Lev Yashin «YA-Legenda»!
Fikrlar