So’nggi yangiliklar

00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  3 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  1 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0 18:19Нойер жароҳат олди  7 17:50Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг Раиси "Арал" жамоаси аъзолари билан учрашди  12 17:25Гвардиола: "Жуда қийин бўлди, "Кристал Пэлас" жуда кучли"  3

JCH-2024. 1-tur. O'zbekiston - Niderlandiya. Prevyu Yangiliklar

JCH-2024. 1-tur. O'zbekiston - Niderlandiya. Prevyu

Bugun futzal bo'yicha 2024 yilgi jahon chempionatiga start beriladi.

O'zbekiston — Niderlandiya

"A" guruhi, 1-tur

Humo arena, Toshkent

20:00


FIFA reytingidagi o'rni

O'zbekiston (11)

Niderlandiya (36)

O'yin

O'zbekiston sport tarixidagi eng yirik o'yinlardan biri o'tkazilishi kutilmoqda. "Oq bo'rilar" jarohatlar dastidan qiyinchiliklarga duch kelayotgan bo'lsa-da, o'sib kelayotgan yulduzlar Abror Axmetzyanov va Fazliddin Botirov ularning o'rnini bosishga harakat qiladi. 24 yil ichida birinchi marta katta sahnaga qaytgan Niderlandiya ajoyib darvozabon Manuel Kuyk va ajoyib iqtidor egasi Ayub Buxoriy singari etakchilarga ega.

Futzalchilar fikri

"Tarkibga jalb etilganimdan juda xursand bo'ldim. Biz Niderlandiyani diqqat bilan o'rganyapmiz. Bizda ko'plab jarohatlar bor, lekin ularning o'rnini bosa oladigan o'yinchilar etarli. Yoshlardan Abror Axmetzyanov va Fazliddin Botirovlar juda yaxshi o'ynamoqda", dedi jarohat olgan O'zbekiston terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov o'rniga chaqirilgan Anasxon Rahmatov.

"Unutilmas o'yinni boshdna kechiramiz. 12 ming tomoshabinga mo'ljallangan arena limmo-lim bo'lishiga shubha yo'q. Oldimizda qiyin sinov kutib turibdi. Mahalliy muxlislar shovqin-suron ko'tarib, bizga qarshilik qilishga harakat qilishadi, lekin Finlyandiyaga qarshi o'yinda ham shunday hodisani boshdan kechirganmiz. U erda barcha oppoq kiyimda edi, qiyqiriqlar avjida edi, lekin biz bunga bardosh berdik. O'ylaymanki, O'zbekistonga qarshi uchrashuvda ham munosib qarshilik ko'rsatishni uddalaymiz", dedi Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Jordi Krete.

Qiziqarli malumot

Ushbu turnirda ikki aka-uka O'zbekiston sharafini himoya qilishi kerak edi, ammo endi ularning hech biri qatnashmaydi. Dastlab Davron CHoriev, so'ngra Dilshod Rahmatov jarohat tufayli musobaqada ishtirok eta olmaydigan bo'ldi.

Niderlandiyalik yulduz Ayub Buxoriy "Ayaks" va Marokash terma jamoasining sobiq futbolchisi Nurdin Buxoriyning ukasi hisoblanadi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика