So’nggi yangiliklar

23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  1 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  3 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  6 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  5 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  20 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  8 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  3 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1

JCH-2022. Osiyo vakilining navbatdagi g'alabasi! Yangiliklar

JCH-2022. Osiyo vakilining navbatdagi g'alabasi!

Teglar :  JCH-2022UelsEron
JCH-2022 2-turi doirasidagi Uels – Eron o'yini bo'lib o'tdi.
JCH-2022
"B" guruhi. 2-tur
Uels – Eron
15.00, «Ahmad bin Ali» stadioni
Gollar: 0:1 – 90 CHeshmi, 0:2 – 90 Rezayan.

Uels – Xennessi, Roberts (Djonson, 57), Devis, Rodon, Mifem, Uilyams, Ampadu (Allen, 77), Remzi (Uord, 87), Uilson (Djeyms, 58), Beyl, Mur.

Eron – Xosseyni, Rezayan, Puraligandji, Xosseyni, Moxammadi, Golizade (Djaxanbaxsh, 77), Xadjsafi (Torabi, 77), Ezzatollaxi (Karimi, 83), Nurollaxi (CHeshmi, 78), Taremi, Azmun (Ansarifard, 68).

Ogohlantirishlar: Rodon (45), Rezayan (90), Djaxanbaxsh (90).

CHetlatish: Xennessi (86).


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH



90+11-daqiqa. GOOOOOOOOL! Qarshi hujumda Ramin Rezayan yakuniy nuqtani qo'ydi 2:0. 

90+9-daqiqa. GOOOOOOOOL! Ro'zbex CHeshmining hali kuchi qolgan ekan. Aynan u jarima maydonchasi tashqarisidan kuchli zarba berib, Eronga katta ehtimol g'alaba keltirdi.  

90+7-daqiqa. Maydonda hamma charchadi. Eron ko'pchilik bo'lgani uchun ham hujumga yaqinroq, lekin chinakamiga xavfli vaziyatgacha ish etib bormayapti.   

90+5-daqiqa. Ogohlantirish! Alirizo Jahonbaxsh raqib bilan kurashda oyog'ini o'ta baland ko'targani uchun sariq kartochka ishlab oldi. 

90+3-daqiqa. Uelsliklar sekin-asta o'yinni tenglashtirib, asosiysi o'z darvozalaridan uzoqlashtirishdi. Eronliklar jismonan ancha kuch yo'qotgani sezilib qolyapti.  

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 9 daqiqa qo'shib berildi!

90-daqiqa. Eron o'ng qanotdan xavfli hujum uyushtirdi, ammo oxirgi uzatma mo'ljalga etib bormadi.

87-daqiqa. O'zgarish! Remsi o'rnini Denni Uordga bo'shatib berishga majbur.

Mundialdagi ilk qizil kartochka!

Hakam avvaliga sariq ko'rsatdi, ammo "VAR" yana epizodni bir ko'rishni tavsiya qilgach, hakamning fikri o'zgardi!

85-daqiqa. Qizil kartochka! Ueyn Xennessi to'pga ulgurmadi va Taremini erga qulatdi.   

83-daqiqa. Devisning kuchli zarbasidan keyin Husayni seyv ijro etdi. 

80-daqiqa. Eronning hujumi uzatmadagi xato sabab uzilib qoldi. 

77-daqiqa. Uelsda o'zgarish: Itan Ampadu o'rniga Jo Allen tushdi. 

77-daqiqa. Eronda almashtirish: Exson Xojisafi o'rniga Mexdi Torabi tushirildi. 

74-daqiqa. Eron ketma-ket burchak zarbalarini o'yinga kiritdi, ammo undan samara chiqara olmadi.

72-daqiqa. Ali Golizadehning uzatmasi bartaraf etildi. Erondan ketma-ket "hujumlar yomg'iri".

68-daqiqa. Eronda almashtirish: Serdar Azmun o'z o'rnini Karim Ansarifardga bo'shatib berdi.

65-daqiqa. Taremining zarbasi himoyachilarga tegib qoldi. Zarba yaxshi chiqqandi, darvozabonga omad kulib boqdi. 

63-daqiqa. Mehdi Taremining qulay pasi sheriklariga etib bormadi, to'p raqib futbolchisidan maydon tashqarisiga yo'l oldi. 

59-daqiqa. Serdar Azmunga tibbiy yoram ko'rsatilmoqda.

58-daqiqa. Uelsda 2 ta o'zgarish: Roberts o'rniga Jonson, Uilson o'rniga Jeyms o'yinni davom ettiradi.

55-daqiqa. Taremining uzatmasi sheriklarigacha etib bormadi, himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi. 

52-daqiqa. Zarba! Eronlik futbolchilardan ketma-ket zarbalar! Hennesi o'zini ko'rsatdi. SHu bilar birga forslarning omadi kelmadi.   

51-daqiqa. Zarbaaa! Serdar Azmun birga-bir holatga chiqib borib, zarba yo'lladi, to'p darvozas ustuniga tegib qaytdi. 

49-daqiqa. Ramin Rezaining uzatmasidan so'ng Ueyn Hennessi darvozadan chiqib keldi va to'pni egallab oldi.

46-daqiqa. Ikkinchi taym boshlandi!

Bo'ldi, hakam birinchi bo'lim yakunlanganligini bildiruvchi hushtagini chalib, jamoalarni tanaffusga taklif qildi.

45+4-daqiqa. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pni Azmun Taremiga tashlab berdi, ammo Mexdi to'pga o'zi istagandek zarba bera olmadi.   

45+3-daqiqa. OgohlantirishJo Rodon to'pga eta olmadi va Taremini maydonga qulatdi. Hakam qo'pol harakati uchun himoyachiga sariq ko'rsatdi. 

45+2-daqiqa. Serdar Azmunda imkoniyat bo'lgandi, ammo hujumchi zarba bera olmadi. 

45+1-daqiqa. Aaron Remsi o'ng qanotdan to'pni jarima maydochnasiga yo'lladi, ammo himoyachilar bu safar ham osonlik bilan to'pni uzoqlashtirishdi. 

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berldi. 

42-daqiqa. Hussayn Hussayni faollik ko'rsatib to'pni egallab oldi.

37-daqiqa. Bu safar to'p jarima maydonchasi chetida bo'lgan Beylga aniq etib bordi, lekin himoyachilar darhol nomdor raqibga ortiqcha bo'sh zona qoldirishmadi.   

35-daqiqa. Yana Rodon himoyada Azmunga qarshi ishonchli o'ynamoqda. Hozircha pozicion o'yinda "Renn" himoyachisiga gap bo'lishi mumkin emas.

34-daqiqa. Yana uzatmadagi xato tufayli nominal mezbonlarning hujumi oxiriga etmadi. 

32-daqiqa. Aaron Remsining uzatmasi qovushmadi.  

31-daqiqa. Ampaduga nisbatan fol va jarima zarbasi begilandi.

27-daqiqa. Serdar Azmun kutilmaganda Rodon bilan kurashdan so'ng maydonga o'tirib oldi. Futbolchi jarohatidan hali to'liq tuzalmagani avvalgi uchrashuvdan keyin ham aytilgandi.   

23-daqiqa. Jarimadan uzatilgan to'pni Azmun boshi bilan darvozaga yo'llashga urindi, ammo zarbasiga aniqlik etishmadi.  

21-daqiqa. Oxirgi daqiqalarda o'yin maydon markaziga yaqin hududda o'tmoqda.

18-daqiqa. Garet Beylga nisbatan fol va standart vaziyat yuzaga keldi. 

Ha, "VAR" xonadagilar chindan, oxirgi uzatma vaqtida Ali offsaydda bo'lganini malum qilishdi. 

Biroq hakam shoshmaslikni so'ramoqda. CHamasi, o'yindan tashqari holat bo'lgandi. 

16-daqiqa. GOOOOOOOL! Ali Golizadeh Azmun bilan devor uslubida o'ynab, to'pni darvoza to'riga yo'lladi. 

12-daqiqa. Mur! Hamda birinchi o'yinda 6 ta gol o'tkazib yuborgan Xussaynidan seyv! Robertsning uzatmasidan keyin Kiffer Mur zarba berishga imkon topdi, Eron posboni ham pand bermadi.

10-daqiqa. Remzi o'ngroqdan to'pni jarima maydonchasiga Beyla yoki Mur unga egalik qilishi umidida yo'lladi, ammo niyatiga etmadi.

9-daqiqa. Uelsning hujumi uzatmadagi xato tufayli uzilib qoldi. 

8-daqiqa. Keyrush shogirdlari bugun ancha jonli o'yin ko'rsatmoqda va birinchi o'yin bilan solishtirganda sezilarli tarzda o'zgargan.   

5-daqiqa. Eron hujum uyushtirdi. 

3-daqiqa. Neko Uilyams zarba berib ko'rdi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi! Uni Uels termasi boshlab berdi.

Sardorlar bosh hakam bilan bazi detallarga aniqlik kiritishmoqda. 

Jamoalar asosiy tarkib vakillari maydonga chiqib kelishdi. Har ikki davlat madhiyalari yangramoqda.

 


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика