So’nggi yangiliklar

09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  1 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34

JCH-2022 saralash. Yon qo'shnilarimiz 4-turni qanday o'tkazishdi? Yangiliklar

JCH-2022 saralash. Yon qo'shnilarimiz 4-turni qanday o'tkazishdi?

Bugun Osiyo qitasi bo'ylab jahon chempionati saralash bosqichining ikkinchi raund 4-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Kishini xursand qilgan jihati, bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda Singapur mehmoni bo'lib 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Qo'lga kiritilgan ikkita g'alabadan keyin vakillarimiz guruhda birinchi o'ringa ko'tarilib olishdi. 

Albatta, shu o'rinda ko'pchilikni yon qo'shnilarimiz qayd etgan natijalar qiziqtirishi tabiiy. SHu bois quyida qo'shnilarimiz bu turni qanday o'tkazishgani haqida alohida to'xtalib o'tamiz. 

Afg'oniston 

"E" guruhida bahs olib borayotgan Afg'oniston o'tgan tur safarda Ummonga 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bu jamoa qura jarayonida 4-savatchadan joy olgani bois bu turda dam oldi. Afg'oniston termasi 3ta o'yindan so'ng uch ochko bilan guruhda uchinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa hozircha faqat Bangladeshni mag'lub etgan. Afg'oniston keyingi turni 14 noyabr kuni o'z maydonida Hindistonga qarshi o'tkazadi.

 


Qirg'iziston

Bugun Mo'g'ulistonni 2:1 hisobida mag'lub etib qaytgan Qirg'iziston jadvalning ikkinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi. Aleksandr Krestinin shogirdlari hisobida 6 ochko mavjud. Mo'g'uliston bilan kechgan bahsda Guljigit Alikulov va Mirlan Murzaev tomonidan kiritilgan gollar qo'shnilarimizga navbatdagi g'alabani taqdim etdi. Qirg'iziston terma jamoasi keyingi turni (14 noyabr) Bishkekda Yaponiyaga qarshi o'tkazadi. 


Tojikiston 

Yana bir yon qo'shnimiz Tojikiston terma jamoasi bu safar mag'lubiyatga uchradi. Usmon Toshev shogirdlari Dushanbeda Yaponiyani qabul qilib 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. O'yinda Takumi Minamino dublga erishgan bo'lsa, yana bir gol Takuma Asano hisobiga yozildi. Malumki, Qirg'iziston va Tojikiston saralashda bitta guruhda ishtirok etyapti va Tojikiston ham 6 ochko jamg'argan holda 3-o'rinni egallab turibdi. Tojikiston terma jamoasi 5-turni safarda Myanmaga qarshi o'tkazadi. 


Turkmaniston 

O'ziga yarasha kuchli guruhdan joy olgan Turkmaniston bu turda dam oldi. 3-turni jamoa mehmonda Livanga qarshi o'tkazib, 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi. Turkmanlar tarkibida avvalgi o'yinda Altimirat Annadurdiev  gol muallifi bo'ldi. Turkmaniston termasi hisobida 3 ochko bo'lib, guruh jadvalida 4-o'rinda boryapti. Bu jamoa kelasi turda 14 noyabr kuni o'z maydonida KXDR termasini qabul qiladi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика