JCH-2022. Kechagi o'yinlarning eng yaxshi futbolchilari malum
23 noy 2022 08:30
Yangiliklar


JCH-2022. Kechagi o'yinlarning eng yaxshi futbolchilari malum
Kecha, 22 noyabr kuni tur doirasida 4 ta uchrashuv bo'lib o'tdi.
Argentina – Saudiya Arabistoni 1:2
Uchrashuvda bir nechta vaziyatda jamoasini gollardan qutqarib qolgan va to'pga chiqishlarda aniq harakat qilgan Muhammad Al Ovays “man of the match” sovrinini qo'lga kiritdi.
Meksika – Polsha 0:0
Robert Levandovskining penaltisini qaytargan Gilermo Ochoa o'yinning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. 37 yoshli kiper 5-jahon chempionatida qatnashmoqda.
Daniya – Tunis 0:0
Tunisliklar tayanch yarim himoyachisi Aissa Layduni faol harakatlari uchun bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Franciya – Avstraliya 4:1
O'yinda to'p kiritgan va Olive Jiruning ikkinchi goliga hammuallif bo'lgan Kilian Mbappe “man of the match” sovrini sohibiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar