So’nggi yangiliklar

01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  3 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  3 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  3 00:00АПЛ. "Арсенал" — "Челси" (онлайн ҳисоб)  6 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  28 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  16 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4 20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  2

JCH-2022. Odatiy hol, Osiyo jamoasi Evropa grandini mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2022. Odatiy hol, Osiyo jamoasi Evropa grandini mag'lub etdi

Jahon chempionatining 3-turidan o'rin olgan Janubiy Koreya - Portugaliya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Janubiy Koreya – Portugaliya 2:1
"Education City Stadium"
Gollar
: 0:1 – 5 Rikardu Orta, 1:1 – 27 Kim En Gvon, 2:1 – 90 Xvan Xi CHxan.

Janubiy Koreya – Kim Sin Gyu, Kim Mun Xvan, Kim En Gvon (Son Jun Xo, 81), Kvon Gen Von, Kim Jin Su, Jon U En, Xvan In Bom, Li Kan In (Xvan Iy CHo, 81), Li Je Son (Xvan Xi CHxan, 66), Son Xyon Min, CHo Gyu Son (CHjo YU Min, 90).

Portugaliya – Diogu Koshta, Diogu Dalot, Pepe, Antoniu Silva, Joau Kanselu, Ruben Nevesh (Rafael Leau, 65), Vitinya (Bernardu Silva, 81), Mateush Nunesh (Palinya, 65), Joau Mariu (Vilyam Karvalyu, 82), Ronaldu (Andre Silva, 65), Rikardu Orta.

Ogohlantirish: Li Kan In (36), Xvan Xi CHxan (90).



South Korea

Young-Gwon Kim - 27', Hee-Chan Hwang - 90'

World Cup Grp. H . 3-tur

02/12/2022, 19:00

1
:
2
Tugadi

Portugal

Ricardo Horta - 5'

Stadion: Education City Stadium, 44097 tomoshabin

Bosh hakam: Facundo Tello

45'
90'
27'  Young-Gwon Kim
36'  Kang-In Lee
65'  Jae-Sung Lee (Hee-Chan Hwang)
81'  Kang-In Lee (Joon-Ho Son)
81'  Young-Gwon Kim (Ui-Jo Hwang)
90'  Hee-Chan Hwang
90'  Heung-Min Son
90'  Hee-Chan Hwang
90'  Gue-Sung Cho (Yu-Min Cho)
5'  Ricardo Horta
5'  Diogo Dalot
65'  Matheus Nunes (Joao Palhinha)
65'  Cristiano Ronaldo (Andre Silva)
65'  Ruben Neves (Rafael Leao)
81'  Vitinha (William Carvalho)
81'  Joao Mario (Bernardo Silva)


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi.

YANGILASH


90+7-daqiqa. Bo'ldi, hakam final hushtagini chaldi va Janubiy Koreya Portugaliyani engib, pley-off yo'llanmasini qo'lga oldi. Agar parallel o'yinda Urugvay yana gol urolmasa, cho'ntagiga solib, mehmonxonaga ketaveradi.    

90+2-daqiqa. Ogohlantirish! Golni nishonlashda futbolkasini echib tashlagan Xvan Xi CHanga sariq ko'rsatildi. 

90+1-daqiqa. GOOOOOOOOOOOL! Janubiy Koreya hisobda oldinga, jadvalda 2-o'ringa chiqmoqda.

90-daqiqa. Uchrashuvning asosiy vaqtiga * qo'shib berildi.

82-daqiqa. O'zgarishlar! Vitinya va Joau Mario o'rniga Bernardu Silva hamda Vilyam Karvalyu o'yinga qo'shildi.

81-daqiqa. O'zgarishlar! Son Jun Xo va Xvan Iy Jo — Kim Yon Gvon va Li Kan Inni alishtirdi. 

Janubiy Koreya futbolchisi tibbiy yordamga muxtoj bo'lib maydonda yotibdi. 

77-daqiqa. Diogu Dalot o'ng qanotdan yorib kirib ketdi va uzatmani amalga oshirdi, lekin raqib futbolchilari bunga tayyor bo'lib chiqdi.

74-daqiqa. Jarima zarbasini Li Kan In amalga oshirdi, biroq to'p darvozadan ancha yuqorilab o'tib ketdi.  

72-daqiqa. Leau qarshi hujumni o'zi zarba berib yakunlashga qaror qildi. 

66-daqiqa. O'zgarish! Koreyada ham o'zgarish. Li Je Son o'rniga Xvan Xi CHan o'yinga qo'shildi.

65-daqiqa. O'zgarishlar! Krishtianu Ronaldu, Ruben Nevesh va Mateus Luis o'rniga Rafael Leau, Palinya, Andre Silva tushirildi.

60-daqiqa. Son individual mahoratiga keragidan ortiq ishonib yubordi va to'pni yo'qotdi.

58-daqiqa. Osiyoliklar yana bir standart vaziyat ishladi, uzatmadan keyin esa zarba beradigan futbolchi topilmadi. 

56-daqiqa. Son Xyon Minning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi.  

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Bo'ldi, hakam bo'lim yakunlanini bildiruvchi hushtagini chaldi.

45+2-daqiqa. Portugaliya burchak zarbasini amalga oshirdi.  

45+1-daqiqa. Uzatmadagi xato tufayli koreyslarning hujumi zarba bilan yakunlanmadi.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42-daqiqa. Vitinyaning yaxshi zarbasini posbon qaytardi, to'pga Ronaldu birinchi bo'lib etib bordi va boshi bilan o'ta omadsiz zarba berdi.

41-daqiqa. Mateus Nunesh uzoq masofadan zarba berdi, lekin "Vulverxempton" futbolchisi yo'llagan to'p ancha balanddan o'tib ketdi.

36-daqiqa. Ogohlantirish! Li Kan In Vitinyaga nisbatan fol uchun ogohlantirildi. 

34-daqiqa. Kutilmaganda hujumda paydo bo'lgan Diogu Dalot zarba berishga ham imkon topdi, biroq darvozadagi Kim seyv ijro etdi.  

27-daqiqa. GOOOOOL! Janubiy Koreya hisobni tenglashtirdi! Ronaldudan assist! 

24-daqiqa. Portugaliya to'pni nazorat qilmoqda. Santush jamoasi hech qaerga shoshmayapti. 

17-daqiqa. GOOOL! Koreya hisobni tenglashtirgandi, ammo... To'pni darvozaga yo'llagan futbolchi o'yindan tashqari holatda bo'lgani malum bo'ldi. 

15-daqiqa. Kanselu chap qanotdan oldinga o'tib bordi, bir raqibini chalg'itib, kutilmaganda darvoza tomon zarba yo'lladi.  

9-daqiqa. Son Xyon Min to'pni egallab oldi, jamoasi uchun burchak zarbasi ishlab bermoqchi bo'ldi, lekin niyatiga eta olmadi.  

5-daqiqa. GOOOOOOOL! Portugaliya hisobni ochdi! Diogu Dalotning uzatmasidan keyin Rikardo Orta to'pni to'rga yo'lladi. 

2-daqiqa. Koreyslarning birinchi hujumi oxiriga etmay qoldi.

1-daqiqa. Demak, uchrashuv boshlandi!

O'yin boshlanishiga barchasi tayyor.

Jamoa azolari maydonga tushib kelishdi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика