So’nggi yangiliklar

00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  1 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  11 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  20 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  2 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2

JCH-2022. Ispaniya terma jamoasi Kosta-Rika darvozasiga 7ta gol urdi Yangiliklar

JCH-2022. Ispaniya terma jamoasi Kosta-Rika darvozasiga 7ta gol urdi

Ispani hamda Kosta-Rika terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2022 o'yini yakuniga etdi.

Spain

Dani Olmo - 11', Marco Asensio - 21', Ferran Torres - 31', Ferran Torres - 54', Gavi - 74', Carlos Soler - 90', Alvaro Morata - 90'

World Cup Grp. E . 1-tur

23/11/2022, 20:00

0
:
7
Tugadi

Costa Rica

Stadion: Al Thumama Stadium, 40013 tomoshabin

Bosh hakam: Mohammed Abdulla Mohammed

45'
90'
11'  Dani Olmo
21'  Marco Asensio
21'  Jordi Alba
31'  Ferran Torres
54'  Ferran Torres
57'  Ferran Torres (Alvaro Morata)
57'  Pedri (Carlos Soler)
64'  Sergio Busquets (Koke)
64'  Jordi Alba (Alex Balde)
69'  Marco Asensio (Nico Williams)
74'  Gavi
74'  Alvaro Morata
90'  Carlos Soler
90'  Alvaro Morata
90'  Dani Olmo
46'  Carlos Martinez (Kendall Waston)
61'  Anthony Contreras (Alvaro Zamora)
61'  Jewison Bennette (Bryan Ruiz)
68'  Francisco Calvo
72'  Celso Borges (Brandon Aguilera)
82'  Bryan Oviedo (Ronald Matarrita)
90'  Joel Campbell

Ispaniya – Kosta-Rika 7:0

"Al-Tumama"

Gollar: 1:0 – 11 Olmo, 2:0 – 21 Asensio, 3:0 – 31, penalti Ferran Torres, 4:0 – 54 Ferran Torres, 5:0 – 74 Gavi, 6:0 – 90 Soler, 7:0 – 90 Morata.

Ispaniya – Unai Simon, Aspilikueta, Laport, Rodri, Alba (Balde, 64), Buskets (Koke, 64), Pedri (Soler, 57), Gavi, Olmo, Asensio (Uilyams, 69), Ferran Torres (Morata, 57).

Kosta-Rika – Navas, Fuller, Martines (Uoston, 46), Duarte, Kalvo, Ovedo (Matarrita, 82), Borxes (Agilera, 72), Texeda, Kempbell, Kontreras (Samora, 61), Bennette (Ruis, 61).

Ogohlantirish: Kalvo (68).



UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+3. GOOOOL! Alvaro Morata formasiga yozilgan raqamni hisobda aks ettirdi. Jamoadoshi bilan "devor" uslubida o'ynab, to'pni qabul qilgan Alvaro chap oyog'ida Navasni mag'lub etdi. 7:0.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOOOOOL! SOLER! GEYM-SET-MATCH! Kichkina Uilyams qanotdan uzatgan to'pni Navas qaytargandek bo'ldi, ammo to'p Karlosga tushdi va Soler hisobni 6:0 ko'rinishiga keltirdi.

85. O'yindan keyingi statistika dahshat bo'lsa kerak.

80. To'p hali ham ispanlarda va raqib jamoa maydonda borligi bilinmayapti.

75. GOOOOOL! SUPER GOL! Gavi Morataning qanotdan uzatgan to'pini to'xtatmay o'ng oyog'ining tashqi qismi bilan darvozaga yo'lladi. To'p ustunga tegib, darvozadan joy oldi. 5:0.

73. To'p Niko tomonga ketayotgandi, ammo u ofsayddaligini hisobga olib, to'pga tegmadi, biroq uning jamoadoshi hujumni yakunlashga ulgurmadi.

69. O'zgarish: Marko Asensio o'rniga Niko Uilyams (Inyaki Uilyamsning ukasi) maydonga tushdi. Uning akasi Inyaki Gana safida to'p tepadi.

68. Sariq kartochka. Fransisko Kalvo Solerga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun jazolandi.

64. O'zgarish: Xordi Alba va Buskets maydonni tark etishdi, ularning o'rniga Koke va Alexandro Balde maydonga tushdi.

63. Morata katta tezlikda to'pni qabul qilib, darvoza tomon zarba berdi, ammo noaniq.

62. Ispanlar 4ta goldan so'ng to'xtash haqida o'ylashmayapti, tarkib yosh futbolchilardan iboratligi va ular gollarga chanqoqligi ko'rinib turibdi.

57. Ispanlarda o'zgarish: Ferran Torres hamda Pedrilar o'rniga Soler va Morata tushdi.

54. GOOOOOOOL! TORRES! Ferran jamoadoshi bilan "devor" uslubida o'ynab, jarima maydonchasiga kirdi. U to'pni yo'qotgandek ko'ringandi, ammo Torres tanasi bilan raqiblarni yopdi va o'girilib zarba berdi. 4:0.

52. Torresning erlatib jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini raqib futbolchisi autga tepib yubordi.

48. Asensioooo... Markoning 17 metrlardan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

TANAFFUS

45+3. Ispanlar birinchi bo'lim rejasini ideal bajarishdi.

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

42. Ispaniya terma jamoasi hozirgacha raqibdan 5-6 baravar ko'p pas bergan bo'lsa kerak, chunki to'p raqibga deyarli nasib etmayapti.

35. Dani Olmo katta tezlikda darvoza tomon yugura ketdi, to'p ham unda edi, ammo u to'pni o'zidan uzoqlashtirdi va vaziyat yo'qqa chiqdi. Hakam bayroqchasini ko'tarib ofsayd borligini ko'rsatdi.

31. To'p qarshisida Ferran Torres. Zarbaaaa... GOOOOLLLL! 3:0.

29. PENALTI! Kosta-Rika himoyachisi o'z jarima maydonchasi ichida Xordi Albani yiqitdi. Hakam ikkilanmay nuqtani ko'rsatdi.

26. Ispaniya yaratayotgan vaziyatni shu erga yozadigan bo'lsak tarkibni 2-3 marta eslab o'tishga to'g'ri keladi, chunki hujum davomida to'p deyarli barcha futbolchilarga borib qaytayapti.

21. GOOOOL! ASENSIOOOO! Buskets to'pni markazdan havolatib chap qanotga uzatdi, Xordi Alba bir teginish bilan to'pni markazroqqa yo'naltirdi va Marko to'pni darvozaga joyladi. 2:0.

20. Ispanlarning o'yin ko'pchilikka maqul kelayotgandek, chunki ijitimoiy tarmoqlarda ularni maqtab, ko'plab iliq so'zlar yozilmoqda.

18. Kosta-Rikaning tep yugur o'yini foyda bermayapti, uzun pasdan so'ng Unai Simon to'pni egallab raqib jamoa hujumini yakunlab beryapti.

11. GOOOOL! OLMO! Dani Pedrining rikoshetga uchragan uzatmasidan so'ng to'pni tanasi bilan to'sdi va raqib qarshiligini engib, darvozani ishg'ol qildi.

7. Ispanlar kutilganidek to'pga egalik qilishni boshlab yuborishgan va vaqti-vaqti bilan hujum qilib, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlar yaratishyapti.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Ispaniya – Unai Simon, Aspilikueta, Laport, Rodri, Alba, Buskets, Pedri, Gavi, Olmo, Asensio, Ferran Torres.

Kosta-Rika – Navas, Martines, Duarte, Kalvo, Fuller, Ovedo, Borxes, Texeda, Kempbell, Kontreras, Bennette.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика