So’nggi yangiliklar

21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  0 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  7 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5 19:48Матс Хуммелс фаолиятини "Реал"да давом эттириши мумкин  1 19:34"Акрон": "Хуш келибсан, Шерзод Эсанов!"  2 19:25Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Бешинчи беллашув баҳоси беш бўладими?  7 19:04Артём Довбик Мадридга кўчиб ўтади (Фабрицио Романо)  2 18:41"Ланс" футболчисини Бундеслига клубига ижарага берди  1 17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  7 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  10 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  5

JCH-2022. Mbappening dubli evaziga Franciya Daniyani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2022. Mbappening dubli evaziga Franciya Daniyani mag'lub etdi

Jahon chempionatining 2-turi doirasidagi Franciya - Daniya uchrashuvi yakunlandi!

JCH-2022. Franciya – Daniya 2:1

Gollar: Kilian Mbappe (Teo Ernandes) 61', Andreas Kristensen (Yoakim Andersen) 68', Kilian Mbappe (Antuan Grizmann) 86'

Franciya: 1. Ugo Loris, 5. Jyul Kunde, 4. Rafael Varan (24. Ibraima Konate 75'), 18. Dayo Upamekano, 22. Teo Ernandes, 8. Orelen Tchuameni, 14. Adrien Rabo, 11. Usman Dembele (20. Kingsli Koman 75'), 7. Antuan Grizmann (13. Yussuf Fofana 90+4'), 10. Kilian Mbappe, 9. Olive Jiru (26. Markus Tyuram 63').

Zaxira: 16. Stiv Mandanda, 23. Alfons Areolya, 2. Benjamen Pavar, 3. Aksel Disasi, 6. Matteo Genduzi, 12. Randal Kolo-Muani, 15. Jordan Veretu, 17. Vilyam Saliba, 25. Eduardo Kamavinga.

Daniya: 1. Kasper SHmeyxel, 2. Yoakim Andersen, 3. Viktor Nelson, 6. Andreas Kristensen, 13. Rasmus Kristensen (26. Aleksandr Bax 90+4), 23. Per-Emil Xeyberg, 10. Kristian Eriksen, 5. Yoakim Mele, 25. Yesper Lindstryom (15. Kristian Nergor 85'), 21. Andreas Kornelius (9. Martin Breytueyt 46'), 14. Mikkel Damsgor (12. Kasper Dolberg 73').

Zaxira: 22. Frederik Rennov, 4. Simon Ker, 16. Oliver Kristensen, 7. Matias Yensen, 11. Andreas Skov Olsen, 17. Yens Larsen, 18. Daniel Vass, 19. Yonas Vind, 20. Yussuf Poulsen, 24. Robert Skov.

Ogohlantirishlar: Andreas Kristensen 20', Andreas Kornelius 23', Jyul Kunde 43'

France

Kylian Mbappe - 61', Kylian Mbappe - 86'

World Cup Grp. D . 2-tur

26/11/2022, 20:00

1
:
2
Tugadi

Denmark

Andreas Christensen - 68'

Stadion: Stadium 974, 42860 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
43'  Jules Kounde
61'  Kylian Mbappe
61'  Theo Hernandez
63'  Olivier Giroud (Marcus Thuram)
75'  Raphael Varane (Ibrahima Konate)
75'  Ousmane Dembele (Kingsley Coman)
86'  Kylian Mbappe
86'  Antoine Griezmann
90'  Antoine Griezmann (Youssouf Fofana)
20'  Andreas Christensen
23'  Andreas Cornelius
46'  Andreas Cornelius (Martin Braithwaite)
68'  Andreas Christensen
68'  Joachim Andersen
73'  Mikkel Damsgaard (Kasper Dolberg)
85'  Jesper Lindstroem (Christian Noergaard)
90'  Rasmus Kristensen (Alexander Bah)


90+6. O'yin yakunlandi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

88. Daniyaliklar so'nggi daqiqalarda faollikni yanada oshirmoqda.

Mbappe o'z golini O'zbekiston bayrog'i turgan tomonga borib nishonladi!

Havolatib uzatilgan to'pni Kilian gavdasi bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi!

86. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mbappe hisobni oshirdi!

80. ZARBA! Raboning chalqancha uslubda bergan zarbasi noaniq ketdi!!!

78. Burchakdan uzatilgan to'pga Tchuameni zarba berdi, to'p raqib futbolchilaridan biriga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi.

73. Endi esa daniyaliklar faollik qilishmoqda. Durang natija ikki terma jamoani ham qoniqtirmasligi o'yinda aks etmoqda.

Burchakdan uzatilgan to'pni Andreas Kristensen boshi bilan zarba berib, gol urdi!

68. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Daniya hisobni tenglashtirdi!

65. Francuzlar goldan so'ng ham yana faollikni davom ettirishmoqda.

Kilian oldinga yurish qilib, to'pni Teoga uzatdi, Ernandes to'pni yana Mbappega uzatdi, uning darvoza tomon zarbasi golga aylandi!

61. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Franciya hisobni ochdi!

60. Antuan Grizmann o'ziga uzatib berilgan to'pni raqibdan juda ajoyib tarzda olib o'tdi, uning darvoza tomon zarbasi esa anchagina noaniq ketdi.

56. Kilian Mbappe katta tezlikdan oldinga yurish qilib, darvoza tomon zarba berdi, ushbu to'pni SHmeyxel qaytarib yubordi.

53. O'yinning ikkinchi qismini francuzlar ancha faollik bilan boshladi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45+3. Mbappening uzoq masofadan yo'llagan zarbasi Jiruning boshiga tegib qaytdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

40. Dembele o'ng qanotdan to'pni markazga - Mbappega uzatdi, Kilianning zarbasi esa osmon-u-falakka ketdi.

35. Kornelius barchadan oldinga o'tib darvoza tomon zarba berdi, biroq to'p birozgina noaniq bo'ldi.

33. Grizmann o'ng qanotdan chiroyli kirib borib zarba berdi, uni SHmeyxl qaytardi, qaytgan to'pga Dembele ham zarba berishga urindi, biroq o'xshamadi.

30. Killian Mbappe chap qanotdan katta tezlikda oldinga yurish qildi va to'pni Kundega uzatdi, uning darvoza tomon yo'llagan zarbasi esa muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

21. ZARBA! Dembelening o'ng qanotdan havolatib uzatgan to'pini Rabo bosh bilan zarba yo'lladi, SHmeyxel esa arang qutqarib qoldi. 

20. Grizmanning super pasidan so'ng Mbappe katta tezlikda oldinga o'tayotgandi, biroq francuzni Kristensen qo'pollik qilib, to'xtatib qoldi.

16. Dembelening o'ng qanotdan havodan uzatgan to'piga Jiru boshi bilan zarba berolmadi.

12. Grizmanning havolatib uzatgan to'piga Jiru zarba berdi, to'p raqib futbolchilariga ham tegib, maydonni tark etdi.

6. Mbappe chap qanotdan yurish qilib to'pni markazroqdagi Dembelega uzatdi, Usmon ushbu vaziyatda zarba berish uchun imkoniyat topa olmadi.

4. O'yinning ilk daqiqalaridan temp yuqori. Daniyaliklar faollik bilan harakat qilishmoqda.

1. O'yin boshlandi!

Har ikki davlat madhiyalari yangramoqda.

Terma jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика