"Sevilya" prezidenti: "Barselona" va "Real"ga boshqa qoida, qolganlarga boshqa qoida. Uyat"
11 jan 18:28
Yangiliklar
"Sevilya" prezidenti: "Barselona" va "Real"ga boshqa qoida, qolganlarga boshqa qoida. Uyat"
"Sevilya" prezidenti Dani Olmo va Pau Viktor ishi bo'yicha chiqarilgan qaror borasida keskin fikr bildirdi.
Sport bo'yicha oliy kengash "Barselona"ga mavsumning ikkinchi qismi uchun futbolchilarni vaqtincha ro'yxatdan o'tkazdi.
"Sport bo'yicha oliy kengashning bu qaroridan uyalyapman, chunki ular hammamiz amal qilgan o'yin qoidalarini o'zgartirishdi.
Ruben Vargasdek futbolchini ro'yxatdan o'tkazish uchun moliyaviy nazorat qoidalariga rioya qilib, maosh chegarasiga amal qilishimiz kerak.
"Barsa" yoki "Real"ga boshqa qoidalar, qolganlarga boshqa qoidalar. Bu juda xavfli deb hisoblayman, chunki ushbu ishlar futbolning boshqa vakillari va muxlislarga nisbatan hurmatsizlik" - dedi Xose Mariya del Nido Karrasko.
Fikrlar