So’nggi yangiliklar

09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  0 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  1 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  1 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  1 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  7 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  4 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:11Марсело "Барселона"дан "Реал"га кимни олган бўларди?  5

"JCHdagi chempionlik Ronalduning faoliyati uchun ajoyib yakun bo'lardi" Yangiliklar

"JCHdagi chempionlik Ronalduning faoliyati uchun ajoyib yakun bo'lardi"

Brunu Fernandesh Krishtianu Ronalduni JCH-2026dan keyin ham terma jamoada qoladi deb o'ylaydi.

"Men bunga shunchaki ishonibgina qolmayman, balki amalda ham shunday bo'ladi. Krishtianu Ronaldu terma jamoa bilan Jahon chempionligini qo'lga kiritib, o'z orzusini amalga oshirsa zo'r bo'lardi. Va bu nafaqat uning o'zi uchun, balki butun portugaliyaliklar uchun.

Biz chindan ham o'z mamlakatimizga sovrin tuhfa etishni xohlaymiz. Bu narsa u uchun, futbolimizdagi eng asosiy shaxs sifatida faoliyatining ajoyib yakuni bo'lardi.

Hatto Jahon chempionligini qo'lga kiritgan taqdirda ham, u to'xtaydimi yoki yana malum vaqt terma jamoada qoladimi, bilmayman.

Krishtianu har yili ko'proq va ko'proq narsa xohlaydi, yanada yaxshiroq bo'lishni istaydi. Uning mahoratiga shubha qiladiganlar uchun yanada ko'proq gollar urib boraveradi. Biz uchun eng muhimi - Jahon chempionatiga borish va g'alaba qozonish. Bu Krishtianu Ronaldu va vatanimizni yaxshi ko'radigan har birimizning orzuimiz.

Krishtianu uchun terma jamoadagi faoliyatini ikkita eng katta sovrin bilan tugatish ulkan yutuq bo'lardi - Evro va Jahon chempionligi. Portugaliya oldin bu musobaqalarda g'olib chiqmagan. Mundialda g'olib bo'lsak, Portugaliyada buni bir kun emas, bir hafta bayram qilishsa kerak deb o'ylayman", - dedi Brunu.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика