JCH-2022. Argentina terma jamoasi - jahon chempioni!
18 dek 2022 22:55
Yangiliklar
JCH-2022. Argentina terma jamoasi - jahon chempioni!
Argentina Lionel Messi - 23', Angel Di Maria - 36', Lionel Messi - 108', Lionel Messi - 121', Paulo Dybala - 121', Leandro Paredes - 121', Gonzalo Montiel - 121' |
World Cup Final Stage . final-tur 18/12/2022, 20:00 5
:
7
Tugadi
|
France Kylian Mbappe - 80', Kylian Mbappe - 81', Kylian Mbappe - 121', Randal Kolo Muani - 121' |
Stadion: Lusail Stadium, 88966 tomoshabin
Bosh hakam: Szymon Marciniak
PENALTILAR SERIYASI
4:2
8. Montiel - gol.
7. Kolo Muani - gol.
6. Paredes - gol.
5. CHuameni - gol emas.
4. Dibala - gol.
3. Koman - gol emas.
2. Messi - gol.
1. Mbappe - gol.
UCHRASHUV YAKUNLANDI! PENALTILAR SERIYASI!
120. Bahsning ekstra taymiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
118. GOOOOOLLLLL! Mbappe uchrashuvdagi o'zining uchinchi golini urdi. 3:3!
116. PENALTI! Mbappening zarbasidan so'ng to'p argentinalik futbolchining qo'liga tegdi.
113. Kuchi qolmaga Varan o'rniga Konate maydonga tushdi.
109. MESSSSSIIII! Leo Lautaroning zarbasidan so'ng qaytgan to'pni soni bilan darvozaga joylab qo'ydi. 3:2!
106. Ikkinchi esktra taym argetinaliklarning hujumi bilan boshlandi.
TANAFFUS
105. Lautaro yaqin masofadan darvozani emas, himoyachini nishonga oldi.
102. O'zgarishlar: Alvares va De Paul zaxiraga olindi. Lautaro Martines hamda Paredeslar o'yinga qo'shilishdi.
100. Franciya terma jamoasi raqiblarni o'z jarima maydonchasiga qamab, tinimsiz hujum uyushtirmoqda.
95. O'zgarish: Rabo o'rniga Fofana maydonga tushdi.
92. Makkalisterning kuchli zarbasidan so'ng to'p muxlislar tomon uchib ketdi.
91. Ekstra taymga start berildi.
Uchrashuvning asosiy vaqti yakuniga etdi. Ekstra taymlarga o'tamiz.
90+7. MESSIIIII... Loris Leoning zarbasini bir amallab qaytardi.
90+4. Burchak to'pi. Franciyaning o'ta xavfli hujumi Martinesning to'pni ushlab olishi bilan yakun topdi.
90+3. Argentina jarima maydonchasi oldida standart vaziyat. Uzatma muvaffaqiyatsiz yakun topdi.
90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 8 daqiqa qo'shib berildi.
87. Tyuram raqib maydonida yiqildi, hakam yiqilgan futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi. Simulyaciya uchun.
82. GOOOOOOL! YANA MBAPPPE! SUPER ZARBAAAA! 2:2!
80. GOOOOOOL! Mbappe penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi.
79. Argentina terma jamoasi darvzasiga penalti belgilandi.
78. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar soni 88,966 nafarni tashkil etadi.
77. Kamavinga De Paulni yiqitdi va hakam xushtak chaldi.
71. O'zgarishlar: Teo Ernandes va Grizmannlar zaxiraga olindi, ularning o'rniga Koman va Kamavingalar tushishdi.
70. Mbappedan zarba, ammo noaniq.
64. O'zgarish: Di Mariya o'rniga Akunya maydonga tushdi.
59. ZARBAAA! ALVARESSSS! Loris to'pni bir amallab qaytardi va ushlab oldi.
55. Rabo De Paulni "chopgani" uchun sariq kartochka bilan jazolandi.
53. Argentina terma jamoasi to'pni burchakdan o'yinga kiritdi. Leoning uzatmasidan so'ng Grizmann to'pni qaytardi.
49. Argentinaning qarshi hujumi De Paulning aniq zarbasi bilan yakun topdi, biroq Loris to'pni osonlik bilan egallab oldi.
47. Argentina ikkinchi bo'limning ilk daqiqalaridan gol urishga yaqin kelgandi, ammo so'nggi pas noaniq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
TANAFFUS!
45+7. Kolo Muani ikki raqib orasidan o'tayotganida uni raqib futbolchilari yiqitishdi. Enco Fernandes sariq kartochka bilan jazolandi.
45+3. Varan to'pni olib qo'ydi, ammo ortida Xulian Alvares kelayotgani tufayli to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi.
45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.
41. O'zgarish: Rendell Kolo Muani va Markus Tyuramlar maydonga tushishdi. Dembele va Jiru zaxiraga olindi.
37. GOOOOOOOOOL! Messi, Alvares, Makkalister va Di Mariyaning super hujumi gol bilan yakun topdi! ANXEL hujumni yakunlab qo'ydi.
35. Argentina goldan so'ng himoyaga qaytish xatoligini ancha oldin tushungan va shu sabab bahsni hujumlar orqali davom ettirmoqda.
28. Teo Ernandes ikkinchi qavatdagi kurashda Messiga to'qnashib ketdi. Leo jarohat olgandek ko'rindi, ammo hammasi joyida, o'yin davom etadi.
26. Romero Jiruni yiqitdi va Argentina darvozasidan 30-35 metr uzoqlikda standart vaziyat paydo bo'ldi.
23. GOOOOL!!!!! Leo penaltini aniq amalga oshirdi.
22. PENALTI!!!! Usmon Dembele o'z jarima maydonchasi ichida Di Mariyani yiqitdi va hakam penalti belgiladi.
20. Olive Grizmanning uzatmasiga raketadek uchib chiqdi, ammo zarba noaniq bo'ldi. Buning ustiga hakam fol bo'lganiga ishora qilib, xushtak chaldi.
19. Romero o'ng qanot himoyasida Teoni yiqitdi, hakam xushtak chalib, jarima zarbasi belgiladi.
17. Messi tezkor qarshi hujumda pasni o'ng qanotdagi De Paulga berdi, Rodrigo esa to'pni Leoning o'ziga qaytardi, ammo Messi to'pga eta olmadi. Orqaroqdan kelib, zarba bergan Di Mariya darvozani emas, muxlislarni nishonga ola bildi.
14. Mbappening birinchi tezlashishi muvaffaqitsiz chiqdi, Molina uni tanasi bilan bloklab, to'pni yopib qo'ydi.
12. Di Mariya chap qanotdan hujumga o'tib, to'pni markazroqdagi Leoga uzatgandi, CHuameni bu pasni payqadi va to'pni ilib ketdi.
10. Ikkinchi qavatdagi kurashda Loris jarohat oldi. Romero unga urilib ketgan edi.
8. ZARBAAAAA... De Paulning zarbasidan so'ng to'p Varandan rikoshet bo'ldi va maydlonni tark etdi.
5. Uchrashuvdagi dastlabki aniq zarba Makkalister tomonidan berildi. Uning o'ng oyoqda bergan zarbasidan so'ng, to'p to'ppa-to'g'ri darvozabon qo'liga borib tushdi.
3. De Paul to'p uzatgan vaziyatda Alvares ofsaydda ekan. Vaziyat yakuniga etmay hakam bayroqchasini ko'tardi.
2. Tribunada sport yulduzlari final bahsini tomosha qilmoqda.
1. Uchrashuv boshlandi.
- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
Argentina – Franciya
18 dekabr, 20.00, "Lusail Iconic Stadium"
Argentina - Martines, Molina, Romero, Otamendi, Akunya, Di Mariya, de Paul, Enco Fernandes, Mak Allister, Messi, Alvares.
Franciya - Loris, Varan, Kunde, Upamekano, Teo Ernandes, Grizmann, CHuameni, Rabo, Dembele, Jiru, Mbappe.
Fikrlar