So’nggi yangiliklar

22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  64 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  8 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  0 19:23"Реал"га Родри керак  6 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  5 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  6 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  9 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  16 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  3

JCH-2018 termalari laqablarini bilasizmi? Yangiliklar

JCH-2018 termalari laqablarini bilasizmi?

Teglar :  JCH-2018
Yaqinlashib kelayotgan mundialda qatnashadigan terma jamoalarning laqablarini bilasizmi?

Biz sizlarga shu haqida malumotlar beramiz.

Rossiya. Rossiyalik Muxlislar milliy termasini "sbornaya" deb atashadi.

Braziliya. Jahon chempionatining eng sovrindor termasini "pentakampeonlar" deb atashadi.

Eron. Mahalliy eronliklar "Milliy jamoa" ("team melli"), "eronlik shelar" ("Iranian lions"), "sheryuraklar" ("lion hearts") deb laqab to'qib olishgan.

Yaponiya. Ko'k rang yaponlarning ananaviy rangi bo'lganligi uchun milliy termaga "ko'k samuraylar" deb laqab to'qishgan.

Meksika. "Uch ranglilar" (“el Tricolor” yoki “el Tri”). Davlat bayrog'ida uch: yashil, oq va qizil rangli yo'laklar vertikal o'tganligi uchun shunday laqab to'qilgan.

Belgiya. "Qizil iblislar" (rode duivels, diables rouges). Roberto Martines jamoa boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin jamoani "Manchester Yunayted" kabi laqab bilan atay boshlashdi.

Janubiy Koreya. Jamoani ancha vaqtdan buyon "Osiyo yo'lbarslari" deb atab kelishmoqda.

Saudiya Arabistoni. Mundialning ilk uchrashuvida qatnashadigan qitadoshlarimizni "sahro burgutlari" deyishadi. SHuningdek, ularda "Osiyo Braziliya"si deb ham nomlashadi.

Germaniya. Jamoaning laqabini yaxshi bilasiz. Amaldagi jahon chempionlari "nemis mashinasi" (“bundesmaschine”) deb atashadi.

Angliya. “Three Lions” ("uch sherlar"). Bu ramz davlatning deyarli barcha logotiplarida bor. Bu esa angliyaliklar uchun adolat ramzidir.

Ispaniya. Oldinlari ushbu termani “la roja” ("qizillar") deb atashardi. 1920 yildan keyin esa bu laqab qadimni Rimning xudolaridan biri bo'lgan “la furia roja” ("qizil furiya")ga o'zgardi.

Nigeriya. "Afrika braziliyaliklari", "superburgutlar" (“Super eagles”) – davlatning futbol associaciyasida burgutning rasmi tasvirlangan. 1988 yilda Afrika kubogida kumush medallar qo'lga kiritilganidan keyin ularni "yashil burgutlar" deb atay boshlashdi.

Kosta-Rika. Laqab “Los ticos“. Bu kosta-rikalik so'zining muomaladagi varianti.

Polsha. "Oq-qizillar" (“biało-czerwoni”), "oq lochinlar" (“białe orły”). Lochin Polshaning gerbida bor. Bu davlatning 1295 yildan buyon milliy ramzidir.

Misr. "Firavnlar" ("الفراعنة"). Misrda firavnlar hukmronlik qilgani uchun.

Islandiya. "Bizning yigitlar" (“Strákarnir okkar”).

Serbiya. "Oq burgutlar" ("beli orlovi" / “beli orlovi”). Davlat gerbida ikki boshli burgut tasvirlangani uchun.

Portugaliya. "Evropa Braziliyasi" (“selecção das quinas”). SHuningdek, jamoani mamlakatning gerbi sharafiga "besh shitli terma" deb ham atashadi.

Franciya. "Ko'klar" (“les bleus”), "uchranglilar" (“les tricolores) – jamoa libosining rangi va davlat bayrog'i tufayli.

Urugvay. "Och havoranglilar" (“la celeste”), "havorang olimpiyachilar" (“la celeste Olímpica”). Ko'k va oq ranglarning birlashishi havorangni keltirib chiqaradi.

Argentina. "Oq-havoranglilar", "albiseleste" (“la Albiceleste”). Argentina bayrog'i va milliy terma liboslari oq-havorangda bo'lgani uchun.

Kolumbiya. "Qahvachilar" (“los cafeteros”). Kofe – Kolumbiyaning mashhur tovari bo'lgani uchun.

Panama. "Kanalchilar" (“los canaleros”) – davlat hududidan Tinch va Atlantika okeanini ajratib turuvchi kanal o'tgani uchun.

Senegal. "Teranga sherlari" (“les lions de la Teranga”). Senegal gerbida sher tasvirlangani uchun.

Marokash. "Atlas sherlari" (Atlas Lions). Marokash gerbida orqa oyoqlarida turgan sherlar tasvirlangani uchun.

Tunis. "Karfagen lochinlari" (“les aigles de Carthage”). Tunis futbol federaciyasi logotipida lochin tasvirlangan. Karfagen esa qadimda Afrikaning mashhur shaharlaridan biri bo'lgan.

SHveycariya. “Nati” - “Swiss national team” so'zining qisqartmasi bo'ldi. Ayni damda termaning qisqagina laqabi “Nati” bo'lib turibdi.

Xorvatiya. "SHashkachilar" yoki "shaxmatchilar" – terma liboslarining ko'rinishiga ko'ra.

SHveciya. "Tre krunur" (“tre kronor”) – SHveciyaning xalqaro ramzi uch toj bo'lgani uchun.

Daniya. "Daniyalik dinamit" – 80-90 yillarda Daniya agressiv o'yin namoyish qildi. 1992 yilda esa Evro g'olibiga aylandi. SHu boisdan termani shunday laqab bilan atay boshlashdi.

Avstraliya. "Sokkeruz" (“socceroos”) yoki "kengurular"

Peru. "Oq-qizillar" (“la blanquirroja”) – liboslarning ko'rinishiga ko'ra, "inklar" (“incas”) – o'tgan mingyillikda yashagan qabila sharafiga Peru termasining shunday laqablari bor.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика