So’nggi yangiliklar

00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  4 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  0 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  8 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  12 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25 20:28"Металлург" 11 нафар футболчини рўйхатдан ўтказди, улардан 2 таси — легионер  7

JCH-2018. Qura marosimidan MATNLI TRANSLYACIYA (yakunlandi) Yangiliklar

JCH-2018. Qura marosimidan MATNLI TRANSLYACIYA (yakunlandi)

Teglar :  JCH-2018RossiyaQura
2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati final bosqichiga qura tashlash marosimi o'tkazildi.

Ushbu sahifa orqali tadbirning barcha tafsilotlarini kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


20:57. 2018 yilgi Jahon chempionatiga qura tashlandi. Mana endi yozgacha bu guruhlarni tahlil qilish mumkin.


20:32. Diqqat jarayon boshlandi! 

"A" guruhi: Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr, Urugvay.

"B" guruhi: Portugaliya, Ispaniya, Marokash, Eron.

"C" guruhi: Franciya, Avstraliya, Peru, Daniya.

"D" guruhi: Argentina, Islandiya, Xorvatiya, Nigeriya.

"E" guruhi: Braziliya, SHveycariya, Kosta-Rika, Serbiya.

"F" guruhi: Germaniya, Meksika, SHveciya, Janubiy Koreya.

"G" guruhi: Belgiya, Panama, Tunis, Angliya.

"H" guruhi: Polsha, Senegal, Kolumbiya, Yaponiya.


20:30. Qura jarayonidan oldin 4ta savatchani yana bir bor eslatib o'tamiz. 

20:29. Gari Liniker: Futbolchilik paytidagi penalti tepishdan ham hayajonli holat.

20:29. Mariya Komandnaya: Bu sahnada turish men uchun katta sharaf. Menimcha aynan bugun Jahon chempionati start olmoqda.

20:28. Gari Liniker va Mariya Komandnaya sahnaga taklif etildi. 

20:25. Sahnaga sobiq futbol yulduzlari taklif etilmoqda: Angliya futbol afsonasi, 1966 yilgi Jahon chempioni Gordon Benks, Rossiya futbolining tirik afsonasi Nikita Simonyan, Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi Diego Forlan, Argentinalik futbol afsungari Diego Maradona, 1998 yilgi Jahon chempioni Loran Blan, ikki karra Jahon chempioni braziliyaik Kafu, Ispaniya safida Jahon chempioni bo'lgan Karles Puyol, 2006 yilgi Jahon chempioni, italiyalik Fabio Kannavaro.

20:20. Tadbir boshlovchilari Ivan Urgant va Alsu

20:18. Igor Moiseev nomidagi Rossiya xalq raqs ansambli sahnada

20:17. Miroslav Kloze: Jahon chempionatida kim qancha gol urgani emas, balki jamoviy yutuq birinchi o'rinda edi. Biz bunga erishganimizdan xursandmiz. Bu kubokning yonida bo'lish va safarlarga borish albatta yoqimli.

20:16. Jahon chempionatlarining eng yaxshi to'purari, amaldagi Jahon chempioni Miroslav Kloze sahnaga Jahon chempionati kubogini olib chiqdi.

20:12. Sahnada Alsu qo'shiq kuylamoqda.

20:06. Janni Infantino: Janob Vladimir Putin va qolgan mehmonlarga salom. Mana shunday insonlar qarshisida turish va Putinning shu nutqini tinglash, qura jarayonida qatnashish men uchun sharaf. Birinchi navbatda Rossiya hukumatiga, tashkiliy qo'mitaga, volonterlar va bu katta voqeaga o'z xizmatini qo'shgan barcha barchaga rahmat aytaman. Rahmat, Rossiya! 11ta mezbon shaharga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Butun dunyo keyingi yil Rossiyaga tashrif buyuradi. Futbol bayramini shu mamlakatda nishonlash mumkin bo'ladi. Biz barcha shaharlarga tashrif buyurdik, barchasi bizda katta taassurot qoldirdi. Bir necha daqiqalardan so'ng JCH-2018 ochilish o'yinida qatnashadigan jamoar nomini bilib olamiz. Bugun bu saroyga dunyo yulduzlari kelishgan. Liniker va Komandnaya boshlovchilik qilishadi, Kloze ham bizga yordam berishadi. Barchangiz hozir mana shularga guvohi bo'lasiz. Spasibo, bolshoe!

20:03. Vladimir Putin: Dunyoning eng kuchli 32ta terma jamoasi Jahon chempionatida o'z raqiblari va qaysi shaharlarga borishlarini bilib olishadi. Mamlakatimz bu musobaqani ajoyib tarzda o'tkazmoqchi. Rossiyaga o'z jamoalarini qo'llab quvvatlash uchun kelgan muxlislar faqat futbol ko'rishmaydi, balki Rossiyaning mehmondo'stligi, shaharlarning go'zalligini ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Biz do'stlarimizni qanday qabul qilishimizni Rossiyaga bir bor kelgan insonlar juda yaxshi bilishadi. Futbolni yurtimizda ancha yillardan buyon sevishadi. Ayni paytda yurtimizda futbol bilan shug'ullanayotganlar soni 2 million 700 mingdan ortiq. Rossiyadagi mundial katta bayramga aylanishini taminlashga harakat qilamiz. 2018 yilda ko'rishguncha.

20:02. Sahnaga Vladimir Putin va FIFA prezidenti Janni Infantino taklif etildi. 

20:00. Boshladi! Ivan Urgant va Alsu tadbirning shou qismini ochib berishmoqda. 

19:54. Mehmonlar o'z o'rinlarini egallashmoqda va bir necha soniyalardan so'ng shou va marosim boshlanadi.

19:52. Tadbir boshlanishiga oz muddat qolmoqda.

19:50. Qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. 


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика