So’nggi yangiliklar

23:28Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" – "Бавария". Таркиблар аниқ!  0 23:11Зико: "Европа футболига ҳаддан ташқари юқори баҳо бериб юборилган"  3 23:10Виталий Левченко: "Битта учрашувга қараб фикр чиқариш нотўғри. Ҳеч нимани беркитмаяпмиз, исталган саволингизга жавоб бераман"  5 22:50Санчога Туркиядан харидор чиқди. Футболчига катта маош таклиф қилинмоқда  0 22:23Мбаппе касаллик туфайли 4-5 кг вазн йўқотди  2 21:50"Ньюкасл" Эланга учун 45 миллион фунт таклиф қилди, аммо  0 21:30Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" ўз уйида "Машъал"га мағлуб бўлиб, мусобақа билан хайрлашди. "Сўғдиёна" "Қизилқум"ни қийинчиликсиз мағлубиятга учратди  71 21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  11 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  8 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0

JCH-2018. Ronalduning goli Portugaliyani guruh peshqadamiga aylantirdi Yangiliklar

JCH-2018. Ronalduning goli Portugaliyani guruh peshqadamiga aylantirdi

JCH-2018 2-turidan o'rin olgan Portugaliya - Marokash uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi voqealar bilan shu sahifada tanishib borishingiz mumkin.


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Portugal

Cristiano Ronaldo - 4'

World Cup Grp. B . 2-tur

20/06/2018, 18:00

0
:
1
Tugadi

Morocco

Stadion: Luzhniki, 78011 tomoshabin

Bosh hakam: Mark Geiger

45'
90'
4'  Cristiano Ronaldo
4'  Joao Moutinho
59'  Bernardo Silva (Gelson Martins)
70'  Joao Mario (Bruno Fernandes)
89'  Joao Moutinho (Adrien Silva)
90'  Adrien Silva
40'  Medhi Benatia
70'  Khalid Boutaib (Ayoub El Kaabi)
75'  Younes Belhanda (Mehdi Carcela-Gonzalez)
86'  Karim El Ahmadi (Faycal Fajr)


4 - Gooooooolllllllll, Krishshshshtianu Ronalduuuu. Krish Moutinoning pasidan keyin boshi bilan hisobni ochdi.

9 - Zarbaaa, Ronalduning navbatdagi zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

Saytimizning telegramdagi kanalida uchrashuvdagi barcha gollarni ko'rish mumkin: KANALGA O'TISH

12 - Benatianing bosh bilan bergan zarbasini Rui Patrisiu ushlab oldi.

Ronaldu boshi bilan hisobni ochgan vaziyat.


15 - O'yin tempi yuqori. Har ikki jamoa omadini hujumdan qidirmoqda, to'p maydon markazida kam ushlanib qolmoqda.

18 - Xavfli vaziyattt, Hakim Ziyech Sedrikni aldab o'tib zarba berdi, to'p yo'liga boshqa bir himoyachi qalqon bo'ldi.


Eronga qarshi o'yinda raqib bilan to'qnashib ketib miyasi chayqalgan Nordin Amrabat bugun maxsus shlemda maydonga tushdi.

23 - Hakim Ziyechning zarbasini Patrisiu ushlab oldi.

25 - Benatia Ronalduga nisbatan ortdan qo'pol o'ynadi, og'riqli qo'pollik.

26 - Amrabat shlemini echib qo'yibdi, g'ashiga tekkan shekilli.

Qiziq malumot, Krishtianu Ronaldu hozircha JCH-2018da kiritgan 4ta golidan ikkitasini o'ng oyog'ida, bittasini chap oyog'ida va bittasini boshi bilan kiritdi. Hammasidan bor.

30 - Butaibga nisbatan Fonte ortdan qo'pol o'ynagandi, hakam penalti bermadi.

32 - Ronalduning jarimadan bergan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. Ispanlarga urilgan golning takrori bo'lmadi hozircha.

39 - Zarbaaaaa, Gonsalo Gedeshning zarbasini Munir El-Kajuri qaytarib qoldi, ko'pchilik gol deb o'ylagan edi.

40 - Marokash sardori Mexdi Benatia Ronalduga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun ogohlantirildi.

44 - Marokash huddi Eron bilan o'yindagi kabi o'z imkoniyatlaridan foydalana olmayapti hozircha.

45+2 - Ziyechning jarimadan uzatgan to'pini Belxanda boshi bilan darvozaga yo'lladi, birozgina noaniq ketayotgan to'pni Benatia darvozaga to'g'rilab yubora olmadi. Biroz etmadi.

Birinchi bo'lib tugadi.

Laynsmenning butsasi

Har ikki jamoa tarkibida eng faol bo'lib turgan o'yinchilar - Krishtianu Ronaldu va Hakim Ziyech.

Ikkinchi taym start oldi!

Ajoyib kadr

48. Portugaliya ikkinchi taym startida ham yana birinchi bo'limdi bo'lgani kabi o'zining uslubida burchak zarbasini amalga oshirdi. Moutinyu va Gerreyru kombinaciyasidan so'ng Fonte bosh bilan zarba yo'lladi. Ammo noaniq. Kamida Fonte to'pga zarba berish chog'ida hujumda fol ishlatgani ham qayd etildi. Ammo shunisi aniqki, hozircha Portugaliyaning ushbu maxsus tayyorlangan burchak to'plariga Marokash tayyor emas. Har safar standart vaziyatlariga xavfli tus olmoqda.

51. Portugaliya ijrosida yana bir xavfli hujum. Ronalduning zarbasi bilan yakunlangan ushbu hujum besamar ketdi. Krishtianu darvozani poylash o'rniga to'pni osmon-u falakka yo'lladi. Bo'lib turadi.

52. Ronalduning bugungi o'yindagi maxsus statistikasi havola etildi. Krishtianu hozircha darvoza tomon 4 marotaba zarba yo'llagan. Aniq ko'rsatkichi 25%, yani tepilgan zarbalarning faqatgina bittasi darvozaga aniq borgan va gol. Qolgan zarbalar esa mo'ljalni topmagan.

55. Marokashdan ikkinchi bo'limda uzoq kutilgan hujum. Yunus Belxanda jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib tezda darvozani poylamoqchi bo'ldi. Zarba aniq, ammo kutilganidek kuchli chiqmadi. Natijada Rui Patrisiu ortiqcha qiyinchiliksiz to'pni ushlab oldi.

57. Marokash uyg'ondi. Navbatdagi xavfli hujum standart vaziyati orqali yuzaga keldi. Ziyechning oshirib bergan to'pini yana Belxanda darvozaga boshi bilan zarba yo'lladi. Rui Patrisiudan ajoyib seyv! Ronaldu esa darvozabonga ushbu seyv uchun alohida tashakkur bildirmoqda.

60. Marokash o'yin tizginin to'liq o'z qo'liga oldi. Portugaliya diqqat bilan himoyalanmoqda va o'z imkoniyatini qarshi hujumda kutmoqda.

61. Marokash sardori Benatiya jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qildi va bir urinish bilan himoyachini ortda qoldirib darvozaga zarba yo'lladi. Zarba xavfli chiqdi, ammo noaniq.

64. Portugaliya o'yin tempini tushirishga harakat qilmoqda. Marokash esa hujumni kuchaytirib, raqibga yuqori bosim o'tkazishga urinmoqda. Ammo hozircha raqibning mudofaa chizig'ini yorib o'tish ularga nasib etmayapti.

67. Portugaliya butun jamoa bo'lib himoyalanmoqda. Marokash esa aksincha, hujumni kuchaytirmoqda. Xavfli nuqtadan Marokash jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi.

68. Hakim Ziyechning jarima zarbasidan tepgan to'pi noaniq chiqdi.

Portugaliyaning mundialdagi barcha gollari muallifi va jamoa haloskori - Krishtianu Ronaldu

73. Portugaliya o'yinni biroz o'z jarima maydonchasi atrofidan uzoqlashtirishga erishdi. Marokash esa yana ikkinchi tempni qo'shib hujumga o'tib ko'rishni rejalashtirmoqda. Portugaliya hisobdan kelib chiqqan holda o'ynashni maqul ko'rmoqda.

76. Eron bilan o'yinda Marokashga so'nggi zarbani beruvchi futbolchi topilmagandi Portugaliya bilan o'yinda esa so'nggi pasni beradigan futbolchi ko'rinmayapti. Ko'plab hujumlar oxiriga etmasdan qolmoqda.

80. Marokash ketma-ket standart vaziyatiga ega chiqmoqda. Ammo hozircha barchasi nafsiz. Marokashning standart vaziyatlari paytida eng faol o'ynayotgan Medhi Benatiya bo'lmoqda. Qolganlar esa faqat jarima zarbasi yoki burchak to'pi ishlash bilan ovora.

85. Ronaldu juda xavfli va qulay nuqtadan jarima zarbasi ishladi va o'zi tepdi. To'p jonli-devorga tegib qaytdi. Qaytgan to'pga intilgan Ronaldu jarima maydonchasi ichida yana takror yiqildi. Juda chiroyli yiqildi, ammo hakam uning aktyorligiga tan bergan holda bu erda qoida buzilmaganiga ishondi. Video-takror tizimiga ham murojaat qilinmadi. SHu tariqa Portugaliyaning ikkinchi taymdagi eng xavfli hujumi yakunlandi.

90. O'yinga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi. Marokash oxirgi imkoniyatlarini ishga solishi uchun sanoqli daqiqalar qoldi.

Uchrashuv yakunlandi! Birinchi turda Ronalduning xet-triki 1 ochkoni keltirgan bo'lsa, bu safar uning birgina goli 3 ochko uchun etarli bo'ldi! 


JCH-2018
2-tur, "B" guruhi
"Lujniki"
Portugaliya - Marokash 1:0
Bosh hakam:
Mark Geiger
Gol: K.Ronaldu 4

Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Gonsalu Gedesh, Bernardu Silva (Jelson Martinsh, 59), Joau Mariu (Brunu Fernandesh, 70), Ronaldu.

Marokash – Moxamedi, da Koshta, Benatiya, Xakimi, Dirar, Belxanda (Karsela-Gonsales, 75), Bussufa, Ziesh, El-Axmadi, Amrabat, Butaib (El-Kaabi, 69).


Ogohlantirish: M.Benatia 40



Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика