Kongo DR hujumchisi Marokash hukumatidan norozi: uning chemodani 12 kundan beri topilmaydi
01 jan 14:18
Yangiliklar
Kongo DR hujumchisi Marokash hukumatidan norozi: uning chemodani 12 kundan beri topilmaydi
Marokashda o'tayotgan AFCON-2025 qizg'in pallaga kirgan, final bosqichlari yaqinlashayotgan bir paytda kongolik hujumchi Sedrik Bakambu keskin chiqish qildi.
Gap shundaki, "Betis" futbolchisi Kasablanka aeroportida chemodani yo'qolib qolgani sababli barcha shaxsiy buyumlarisiz qolib ketgan. Marokash hukumat organlari uning bagaji topilganini bir necha bor tasdiqlagan bo'lsa-da, musobaqa boshlanganidan beri Bakambu o'z ashyolarini qabul qilib olmagan.
"19 dekabr kuni Kasablanka aeroportiga etib kelishi kerak bo'lgan chemodanlarim haligacha topilmadi. Hukumat idoralari uch marta bagajimni topganini aytdi, ammo afsuski, hech narsa yo'q. Men hozir Afrika Millatlari Kubogi musobaqasida shaxsiy buyumimsiz ishtirok etishga majburman", – dedi u.
Kongo DR terma jamoasi yulduzi mazkur vaziyatdan juda norozi. Ular 6 yanvar kuni 1/8 finalda Jazoirga qarshi o'yinda qatnashadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar