So’nggi yangiliklar

14:43Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧда қайси бренд либосларидан фойдаланиши маълум  5 14:27Элит ОЧЛга қуръа ташланди: "Насаф" "Ал Иттиҳод" билан сафарда ўйнайди, "Трактор" ва "Ал Ҳилол"ни Қаршида меҳмон қилади  9 13:30Мак Аллистер Англия чемпионлигини қўлга киритиш Чемпионлар Лигасида ғалаба қозонишдан кўра қийинроқ эканини айтди  2 13:02ПФЛ техникаси водийнинг 4 та шаҳрида синовдан муваффақиятли ўтди  0 12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  27 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  3 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  4 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  8 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  6 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  11 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  16 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  5

Javohir Sidiqov: "Osiyo Kubogida oson raqibning o'zi yo'q" Yangiliklar

Javohir Sidiqov: "Osiyo Kubogida oson raqibning o'zi yo'q"

Osiyo Kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Ummon (2:1) uchrashuvidan so'ng Javohir Sidiqov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Javohir avvalo bugungi g'alaba bilan tabriklayman. O'yin haqida fiklaringizni bayon qilsangiz.
- Tabrik uchun rahmat. Bugun biz juda qiyin o'tkazdik. Sababi katta turnirdagi ilk o'yinimiz, qolaversa  biz salkam ikki oy bironta o'yinda maydonga tushmadik. Ummon terma jamoasi ham bizga etarlicha tashvish keltirdi. Ular ham muxlislari qarshisida g'alaba qozonishni istashdi. Asosiysi esa muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bundan uchun xursandman

- O'zbekiston milliy terma jamoasida ilk rasmiy o'yinda maydonga tushdingiz. Asosiy tarkibdan joy olganingizni bilganingizda ko'nglingizdan nimalar o'tdi?
- Albatta milliy terma jamoa libosini kiyganingizda odamda boshqacha his-hayajon bo'ladi. Milliy terma jamoa tarkibda ilk marta asosiy tarkibda rasmiy o'yinda maydonga tushdim. Boshida ozgina hayajon bo'ldi, lekin proffesional futbolchi bunday hayajonni engib o'tishi kerak. Bu hayajon o'yinimga biroz tasir o'tkazdi, o'yinimdan qoniqmadim. Endi harakatlarimni kuzatib borgan ustozlarimdan fikrlarini so'rab, o'z ustimda yanada ko'proq ishlayman.



- Odil Ahmedov gol kiritgan standart vaziyat haqida fikringizni bildirsangiz...
- Bu vaziyat oldindan mashg'ulotlarda bir necha bor ishlangan edi. Murabbiyimiz o'yinda shunday imkoniyat bo'lishini aytib o'tgan va kecha ham shunday standartlar ustida ishlagan edik.

- Bizni oldinda Turkmaniston terma jamoasi bilan o'yin kutib turibdi. Bugun Turmanistonlik futbolchilar Yaponiya darvozasiga ikkita gol kiritishni uddalashdi.
- Sizni tushundim. Bu Osiyo Kubogida oson raqibning o'zi yo'q. Ko'ryapmizki bu turnirda Avstraliya yutqazib qo'ydi, Hindiston terma jamoasi Tailandni qanday ahvolga soldi. SHuning uchun biz har bir raqibga hurmat bilan qarab o'yinimizni kuchaytirib borishimiz kerak. Turkmaniston terma jamoasi bilan bo'ladigan o'yinda bizga g'alaba juda muhim. Biz u o'yinda natija uchun o'ynaymiz.

- Muxlislarga tilaklaringiz.
- Bugun bizni stadionda qo'llab turgan, vatanimizda turib qo'llab turgan muxlislarimizga o'zimni minnatdorligimni bildiraman. Ayniqsa qo'qonlik muxlislarimizga alohida salomlarimizni etkazasiz. Bugun stadionda Qo'qondan kelgan tanish chehralarni ham uchratdim. Meni milliy terma darajasidagi futbolchi bo'lishimda ularning hissalari beqiyos.



Akramjon Mamadaliev SHarjadan mahsus.


Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика