"Manchester Siti" futbolchisini 70 million evroga sotmadi
15 avg 2025 08:57
Yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisini 70 million evroga sotmadi
"Tottenxem" "Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Savioni qo'lga kiritishni reja qilgan.
London klubi braziliyalik futbolchi uchun "shaharliklar"ga 70 million evro taklif qilgan. Biroq ushbu summa "Man Siti"ni qoniqtirmagan. Ular 21 yoshli futbolchi uchun kamida 90 million evro talab qilishmoqda. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. Futbolchining o'zi ham London klubiga ko'chib o'tishga qarshi emasligini malum qilgan. Savio JCH oldidan doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi va "shporlar" uning uchun mukammal variant deb hisoblamoqda.
Eslatib o'tamiz, Savio o'tgan yilning yozida "Manchester Siti"ga ko'chib o'tgandi. U o'tgan mavsum jami 48 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 13 ta golli uzatma bor. Futbolchining "shaharliklar" bilan tuzgan shartnomasi yakuniga yana 4 yil bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar