Bugun "Nasaf" va "Andijon" xalqaro maydondagi raqiblarini bilib olishadi

Khoja
15 avg 2025, 07:59
Bugun Elit OCHL va OCHL 2 musobaqalarining yangi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Elit OCHL musobaqasida yurtimiz sharafini "Nasaf" himoya qiladi. OCHL 2 turnirida esa amaldagi O'zbekiston kubok sohibi "Andijon" ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, qur'a tashlash marosimi Kuala-Lumpurdagi “Interkontinental” mehmonxonasida bo'lib o'tadi. 15-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 10:30 (Toshkent vaqti bilan 07:30) da ishtirokchi klublar uchun seminar bo'lib o'tadi. Mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 12:00) da qur'a tashlash marosimi boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia