So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  7 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

"Andijon" futbolchilari OCHL 2 qurasidan oldin o'z fikrlarini bildirishdi Yangiliklar

"Andijon" futbolchilari OCHL 2 qurasidan oldin o'z fikrlarini bildirishdi

Bugun "Andijon" OCHL 2 turniridagi o'z raqiblarini bilib oladi.

Andijonliklar matbuot xizmati quradan oldin jamoaning bir nechta futbolchilaridan qisqa firklar olishdi.

Sardor Azimov: "Jamoamiz Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasida ilk bor qatnashayotganini hisobga olsak bizda bosim yo'q. Guruhimizga kimlar tushishidan qatiy nazar baribir ularga qarshi o'ynaymiz. Muhimi, bizni munosib ishtirokimizdir. Xudo xohlasa, muxlislarimizga bayram ulashib, guruhdan chiqishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Osiyo maydonlarida ishqibozlarimizga g'alabalarimiz bilan quvonch ulashishni niyat qilganmiz. Guruhimizda kuchli raqiblar tushsa bizga tajriba bo'ladi, o'zimiz teng raqiblar tushsa ham oxirigacha kurashamiz". 

Sunnatilloh Hamidjonov: "Bizga qaysi jamoalar tushishidan qatiy nazar maqsadimiz yaxshi natijalar ko'rsatib, maksimal darajada bor kuchimiz bilan o'ynaymiz va g'alabalar bilan muxlislarimizni quvontirmoqchimiz. Guruhimizda bizga raqib bo'ladigan har bir klubga puxta tayyorgarlik ko'ramiz va munosib qatnashishga harakat qilamiz. “Andijon” klubi bu musobaqada tarixda birinchi marta ishtirok etadi. Shuni hisobga olib, OCHLda maksimal bor kuchimiz, bor mahoratimiz bilan kurashamiz. Chunki yana bunday imkoniyat bo'ladimi-yo'qmi, Xudo biladi. Shu sababli ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Bu turnirda kuchsiz jamoalar bo'lmaydi, barchasi o'ziga yarasha kuchli. Shunga qaramasdan qaysi klub tushishidan qatiy nazar bor kuchimiz bilan o'ynashga tayyormiz. Menimcha, “Al-Vasl”, “Al-Muharraq” va “Al-Xaldiya” tushsa kerak, qurada aniq bilib olamiz".

Eldor Adhamov: "Kim tushishini farqi yo'q. Kuch tomonlama qulayroq raqiblar tushsa yaxshi bo'lardi. Nomdor klublardan “Al-Nassr”ga qarshi o'ynash yoqimli bo'ladi. Chin dildan xohlagan taqdirimizda hamma narsa qilsa bo'ladi. Oldimizga qo'yilgan vazifani bajarishga va muxlislarimizni xursand qilishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz".

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика