Jasur Jaloliddinov: "Bu Osiyo chempionatini anchadan beri kutmoqdamiz"
27 may 2022 11:59
Yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Bu Osiyo chempionatini anchadan beri kutmoqdamiz"
Timur Kapadze shogirdlari ayni paytda tayyorgarlikni so'nggi bosqichini olib bormoqda. Jamoamizning navbatdagi mashg'uloti avvalida Jasur Jaloliddinov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Musobaqaga tayyorgarlik yaxshi ketyapti. Buni anchadan beri kutyapmiz. O'smirlar o'rtasidagi qita turniriga chiqa olmagandik. Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati pandemiya sabab qoldirildi. Hammamiz uchun ilk turnir hisoblanadi. Faqatgina Abduvohid Nematovdan tashqari",- deydi Jaloliddinov.
- Ushbu Osiyo chempionati sizlarga biroz qiyinchilik tug'dirishi mumkin. CHunki bu U-23 yosh toifasida o'tadi. Biz esa U-21 nomi ostida qatnashamiz...
- Bir yarim yildan beri o'zimizdan kattalar bilan o'ynab kelyapmiz. Ukrainadagi xalqaro musobaqada chempion bo'ldik. Saralash o'yinlarida munosib qatnashdik. Tarkibimizdagi barcha futbolchilar Superligada o'z jamoasida muntazam o'ynab kelyapti. Bu esa foydali bo'lishi shubhasiz.
Fikrlar