So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  10 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Jasur Abduraimov: “Yaponiyadagi turnir yuqori saviyada tashkil etildi” Yangiliklar

Jasur Abduraimov: “Yaponiyadagi turnir yuqori saviyada tashkil etildi”

Yaponiyada 9-13 avgust kunlari bo'lib o'tgan "Balcom BMW Cup" xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Bangladeshda oktyabr oyida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov ushbu turnir va keyingi yig'in haqida fikrlarini bildirdi.

- Yaponiyada o'tgan xalqaro turnirda tashkilotchilik darajasi juda yuqori bo'ldi. Ishtirokchi jamoalarga barcha yaxshi sharoitlar muhayyo etildi. Raqiblar saviyasi bizga o'yinimizni shakllantirishda qo'l keldi. Polshaning baribir Evropa vakili ekanligi bilinib turdi. Bu jamoa tarkibida bundesliga klublari vakillari bor. Yaponiya esa qitamizning etakchilaridan biri sanaladi. Ular yildan-yilga mahoratlarini oshirib borishmoqda. SHogirdlarim bu jamoalarga qarshi uchrashuvlarda yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Imkon qadar barcha o'yinchilarni tekshirib oldim.

Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlikni sentyabr oyida Qatarda o'tadigan yig'in bilan davom ettiramiz. 16-21 sentyabr kunlari Qatarda yoshlar terma jamoasiga qarshi ikki nazorat o'yinida maydonga tushamiz. Bizga tayyorgarlik ko'rish uchun yaxshi sharoitlar yaratilyapti, - deb takidlab o'tdi Abduraimov.

Yaponiyadagi musobaqada yoshlarimiz g'olib bo'lishidan tashqari, Husniddin G'ofurov turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

1-tur

O'zbekiston (U-19) - Polsha (U-19) - 2:2 (penaltilar seriyasida 6:5)

Gollar: Doston Ibrohimov (23), Behzod G'anijonov (32).

2-tur

O'zbekiston - Yaponiya - 1:0

Gol: Jasur Yaxshiboev (48).

3-tur

O'zbekiston U-19 – Xirosima yoshlar terma jamoasi - 3:1

Gollar: SHarof Muxitdinov (4,10), Husniddin G'ofurov (35).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика