So’nggi yangiliklar

11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  5 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  5 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  4 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  3 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  3 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  1 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  1 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  1 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  4

Jasur Abduraimov: Termaga qaytishga ulguraman Yangiliklar

Jasur Abduraimov: Termaga qaytishga ulguraman

Abduraimovlar sulolasini nafaqat O'zbekiston yoki Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlarida, balki butun dunyoda ham yaxshi bilishadi, desak xato bo'lmasa kerak.

Sulola asoschisi Birodar Abduraimov o'tgan asrning 60-70-yillarida o'zining yorqin o'yinlari bilan millionlab ishqibozlar qalbini zabt etgan. Uning Paxtakor klubi hamda sobiq ittifoq terma jamoasi safida o'tkazgan o'yinlarini ko'pchilik hamon g'urur bilan eslaydi.

Birodar Hasanovichning farzandlari ham millionlar o'yinini tanlashdi. Ayniqsa, ularning to'ng'ichi Azamat Abduraimov futbolchi sifatida otasiga munosib davomchi bo'la oldi. Jasur ham katta futbolda ozmi-ko'pmi muvaffaqiyatlarga erishdi.

Lekin turli sabablarga ko'ra, otasi va akasidek mashhur bo'la olmadi. Ammo bugungi kunda u murabbiylik sohasida o'z o'rnini topayotgan mutaxassislardan biri.

Jasur Abduraimov turli yosh toifasidagi mamlakatimiz termalarida ishladi. Qiyin vaziyatda Paxtakorning asosiy jamoasiga murabbiylik qildi.

Bugungi kunda ham sulola uchun alohida o'ringa ega bo'lgan Paxtakor klubida murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqda. Biz Jasur Birodarovich bilan uchrashib, u dildan suhbatlashdik.

- Jasur aka, millionlar o'yinini kasb sifatida tanlashingizga to'g'ridan-to'g'ri oilaviy muhit sabab bo'lgan. Otangiz va akangizga havas qilib, futbol to'garagiga borgansiz. Umuman, o'sha payt boshqa sohaga kirish haqida o'ylab ko'rmaganmisiz?

- Yo'q, bu borada menda hech qanday variantlar bo'lmagan. Baribir, futbol qonimda bo'lgani uchun boshqa sohani tanlay olmasdim. Bolaligimdan shu muhitda o'sganim sababli boshqa kasbga o'tishga fursat ham bo'lmadi. O'z navbatida, meni na otam va na akam majburan futbolga berishgan. O'z ixtiyorim bilan futbol to'garagiga yozilganman. O'sha paytda mashg'ulotlarga hozirgidek 5 yoki 6 yoshdan qabul qilishmasdi. O'ylashimcha, bu to'g'ri qaror edi. Mutaxassislar hamma jihatlarni inobatga olib, futbol bilan shug'ullanish yoshini belgilab qo'yishgan. Bolalarni 10 yoshdan maxsus maktablarga olishgani bejiz emas, hammasi hisob-kitobli bo'lgan. Men ham avvaliga ko'chada to'p surganman. Kunlarning birida ko'chamizda futbol o'ynayotganimni ko'rgan Mixail Anning jiyani Innokentiy Ivanovich meni futbol maktabiga taklif qildi. Paxtakor klubida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rganishni boshladim. Keyinchalik hozirgi Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejida tahsilni davom ettirdim. Otam hech qachon meni futbol maktabiga etaklab olib bormagan. Bu narsa mehrga borib taqalmaydi. SHunchaki, o'g'lim menga ortiqcha tayanmasin, otasining obro'siga ishonib qolmasin, degan manoda o'z holimga qo'yganlar. Hozir etibor bersangiz, aksariyat ota-onalar farzandlarini o'zlari futbolga olib kelishyapti. Mayli, bu yaxshi tashabbus, ammo o'sha bolakaylar futbolga o'z xohishlari bilan kelishyaptimi? Bu eng muhim masala.

- Otangiz O'rtamiyona futbolchi bo'lib, mening obro'yimga putur etkazib qo'ymagin, demaganmidilar?

- Yo'q, unday gap-so'z bo'lmagan. Otam Futbolni tanladingmi, demak oxirigacha o'zing uchun kurash, deganlar. To'g'ri, bu bilan o'z holimga tashlab qo'yishmagan. Otam ham, akam ham futboldagi bor bilimlarini baham ko'rishgan. Bilmaganlarimni o'rgatishgan.


- Demak, murabbiylarga Bu mening o'g'lim, yaxshilab o'rgatinglar, demaganlar, shundaymi?

- Albatta. Bu haqda gap-so'z bo'lishi mumkin emasdi. Qolaversa, menga shunday tarbiya berilganki, o'zim otamning o'yinlarimga kelishini istamaganman. Qaysidir murabbiyni O'g'limni asosiy tarkibda o'ynatasan, deb majburlash kuzatilmagan. Nafaqat menda, balki boshqa tengqurlarimda ham shunga o'xshash holat bo'lgan. Ularning otalari ham mashhur futbolchi edilar. Lekin xuddi men kabi ularda ham murabbiyga bosim o'tkazish holati ro'y bermagan. Hamma o'zi uchun kurashgan.

- Birodar aka o'yinlaringizni ko'rib, o'z baholarini berarmidilar?

- Ha, lekin men maydonga kelganlarni ko'rmasdim. Bir chekkada o'yinni tomosha qilib, keyin uyda kerakli ko'rsatmalarni berardilar. O'yinimni otam maydon tashqarisidan kuzatayotganini sezmasdim ham. Lekin men tanlagan poziciya otam va akamnikidan farq qilgan. Yani, ular kabi hujumchi bo'lmadim. Abduraimov familiyasi tilga olinganda aksariyat muxlislarning ko'z o'ngida golga tashna hujumchi gavdalanardi. Men esa biroz boshqa yo'ldan bordim va tayanch yarim himoyasida to'p surishni afzal bildim. Menga ko'proq to'pni raqibdan olib qo'yish, jamoadoshimga qulay tarzda uzatma berish, maydonda ijodkor bo'lish yoqardi. Oliy ligada o'ynay boshlaganimda ishqibozlar mendan gol talab qila boshlashdi. Ammo birlamchi vazifam gol uradigan futbolchilarga to'pni etkazib berish, raqib hujumini buzish edi. Otamdan Azamatga hujumkorlik, to'purarlik, individual kuchli o'yin ko'rsatish sifatlari o'tgan bo'lsa, menda ko'proq jamoadoshlarimni to'p bilan taminlash jihatlari mujassam edi.

- Otangiz va akangiz singari hujumchi bo'lish va shu orqali xalq-qa tezroq tanilishni xohlamaganmisiz?

- Yo'q, menda hech qachon bunday istak bo'lmagan. Ochig'ini aytganda, forvardlarga xos xislat va sifatlarga ega emasdim. Tan olaman, boshlang'ich tezligim past edi. Hujumchi tezkor qaror chiqarishi kerak. CHunki u ortiqcha o'ylansa, fursatni boy beradi. Yarim himoyada o'ynaydigan futbolchilar esa hujumchilardan farqli ravishda o'ylab, keyin bir qarorga kelishadi. Markazdagi o'yin-chi ijodkor bo'lishi kerak. Menga aynan mana shu narsa yoqardi.

- Sizni bu poziciyada kim kashf qilgan?

- O'yinlarim va maydondagi harakatlarimni ko'rgan barcha murabbiylarim - Innokentiy Ivanovich, Sergey Vitalevich va Bahodir Toshmuhammedov meni yarim himoyada o'ynatishgan. Ular bir-birlari bilan gaplashib, kelishib olishmagandi. SHunchaki, qanday sifatlarga ega ekanligimni ko'rgach, shunday to'xtamga kelishgan. Hech qachon boshqa poziciyada o'ynamaganman.


- Otangiz va akangizda bo'lgani kabi, sizda ham Paxtakor jamoasiga mehr bolalikdan tushganmi?

- Xuddi shunday. O'sha paytda Paxtakorda to'p surishni har bir o'zbekistonlik futbolchi orzu qilgan. Ilk bor 17 yoshimda asosiy tarkibda maydonga tushganman. 1989 yili Fyodor Sergeevich Novikov men va yana to'rt nafar do'stimni Paxtakor­ga taklif qilgan. Biz bu paytda Respublika olimpiya zaxiralari kollejida o'qirdik. O'shanda Paxtakorning o'rinbosarlar jamoasi bo'lmagan. Klub sobiq ittifoq chempionatining birinchi ligasida qatnashardi. SHunga qaramay, jamoa tarkibida Andrey Pyatnickiy, Xoren Oganesyan, Igor SHkvirin, Marat Kabaev kabi mashhur futbolchilar jamlanishgandi. Qolaversa, Mirjalol Qosimov ham ancha ko'zga tashlanib qolgandi. Ayniqsa, u sobiq ittifoq o'smirlar terma jamoasi tarkibida jahon, yoshlar o'rtasidagi Evropa chempioni bo'lganidan keyin muxlislar yoqimtoyiga aylangandi. 1972 yilda tug'ilgan tengdoshlarim qatori jamoaning eng yosh azolaridan biri edim. Birinchi ligada o'rinbosarlar jamoasi bo'lmagani sababli murabbiy yosh futbolchilardan uch nafarini safarga olib ketardi. Lekin biz maydonga tushmasdik. Murabbiy O'yinlarni ko'rib, o'rganinglar, deb uqtirardi. Aynan o'sha yili Paxtakor oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Elitadagi dastlabki yil men uchun juda ham omadli kechgan. Professional futbolda kattagina ko'nikmaga ega bo'lganman. Mashg'ulotlar asosan jismoniy tayyorgarlikka qaratilardi. Afsuski, malum sabablarga ko'ra, keyingi yillarni boshqa klublarda o'tkazdim. 1996 yili yana Paxtakorga qaytdim. O'shanda gollandiyalik mutaxassis Xans Ferel jamoada bosh murabbiy edi. Aynan uning taklifiga ko'ra, yana sevimli klubim safidan joy olgandim. Ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdim va bir mavsum Paxtakor libosida o'ynadim. Ferel juda kuchli murabbiy bo'lgan, bizga ko'p narsa o'rgatgan. U har bir o'yinchida futbolga qarashni o'zgartirib yubora oladigan xislatga ega edi. Keyinchalik jamoaga Ivankov bosh murabbiy bo'ldi. Bu orada menga har tomonlama maqul keladigan taklif tushdi. Yoshim o'ttizga qarab ketayotgandi. Oilani boqish masuliyati bor edi va shu sababli boshqa klubga o'tishga majbur bo'ldim. Paxtakordan ikki bor ketganman va hozir qaysidir manoda bunga achinaman. Biroz chidashim kerak ekan. Lekin oila hamisha men uchun muqaddas sanalgan. Futbolchining maydondagi faoliyati qisqa. Bu vaqt oralig'ida o'z hayotini yo'lga qo'yib olishi kerak. Moliyaviy tomondan yaxshi taklif tushgani uchun ketishga majbur bo'lgandim. Navoiy, Termiz shahri bosh jamoalarida o'ynab, ke-yin 31 yoshimda futbolchilik faoliyatimga yakun yasadim. Jismoniy holatim yana kamida 4-5 yil futbol o'ynash imkonini berardi. O'sha payt Paxtakordan taklif tushgan, meni klub akademiyasiga murabbiylikka ishga taklif qilishgandi. Yuqorida bu klubning hayotimda qanday o'rin tutishi haqida gapirdim. SHu bois, ushbu taklifga rad javobini berolmasdim. Murabbiylikdagi faoliyatim 1997 yilda tug'ilgan bolalar bilan ishlashdan boshlandi. Parallel ravishda S, V, A toifalari uchun murabbiylik kurslarida tahsil oldim. Mutaxassis sifatida bolalar bilan birga ulg'aya boshladim.

- Futbolchilik faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lganmi yoki otangiz va akangiz singari mashhur bo'la olmaganingizdan afsus chekasizmi?

- Bilasizmi, bu haqda juda ko'p o'ylayman. Lekin hammaning o'z umri va faoliyat yo'li bor. Futbolchi sifatida potencialimni to'laligicha namoyon qila olmaganman. Ichki imkoniyatlarim men ko'rsatgan o'yindan ko'ra yuqoriroq edi. Bu erda gap ko'proq psixologiya bilan bog'liq. O'sha payt barchasi moliyaviy masalaga borib taqalgan. Oilam, farzandlarimni boqish, ularni o'qitish uchun ko'proq pul topishim shart edi. O'z oldiga katta maqsadlarni qo'ygan hamma jamoalarda ham katta maosh to'lashmagan. Aynan shunday holat men bilan yuzaga kelganidan afsuslanaman. O'sha kezlari istedodimni to'la namoyon qila olmaganimga achinaman. SHu bois bo'lsa kerak, bor etiborimni murabbiylikka qaratdim va futbolchi sifatida erishmagan muvaffaqiyatlarimni aynan shu sohada qo'lga kiritmoqchiman.

- Aka-uka bir jamoada o'ynagan paytlaringiz bo'lganmi? 

- Adashmasam, ikki marta shunday holat kuzatilgan. Paxtakor tarkibida Azamat bilan, Surxon klubida ukam Bahodir bilan birga maydonga tushganmiz.

- Bahodir aka hozir nimalar bilan band?

- Tadbirkor, o'zining xususiy aviachiptaxonasi bor. Bo'sh vaqtida futbol o'ynab turadi.


- O'zbekiston yoshlar terma jamoasida juda yaxshi ishlab kelayotgandingiz. Lekin keyinchalik Paxtakorga o'tdingiz. Buni o'zingiz xohladingizmi yoki boshqa omillar sabab shunday qilishga majbur bo'ldingizmi?

- Ha, men uchun terma jamoadan ketish juda ham og'ir edi. CHunki 1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoani besh qo'ldek yaxshi bilardim. Yuqorida murabbiylikdagi faoliyatim aynan shu yoshdagi futbolchilarni shug'ullantirish orqali boshlanganini aytdim. Men bu termani boshqarish uchun kattagina mashaqqatli yo'lni bosib o'tgandim. Haligacha shu yoshdagi jamoani maqtashadi. Haqiqatan ham, tarkibda juda istedodli futbolchilar jamlanishgan. Ulardan 14 nafari hozir oliy liga klublarining asosiy tarkibida to'p surishmoqda. Bundan murabbiy sifatida juda ham quvonaman. Mazkur termada oxirigacha murabbiylik qilishni xohlagandim. Zero, bu jamoa Olimpiada saralash bahslarida qatnashadi. To'g'ri, jahon chempionati final bosqichiga chiqa olmadik. Lekin bizni hech kim koyimadi, O'FF rahbariyati va muxlislar minnatdorlar. CHunki futbolchilar juda ham yorqin o'yin namoyish etishgandi. Biz terma jamoalarimiz ananasiga aylangan himoyaviy taktikadan voz kechib, hujumkorlikka urg'u bergandik. Yaponiya, Avstraliya, Eron kabi kuchli termalarga qarshi o'yinlarda maydonda birinchi raqam ostida harakat qildik. Natija biz uchun ikkinchi darajaga aylangandi. Futbolchilarimiz kuchli xarakterga ega bo'lib, raqibdan umuman cho'chimagan holda to'p surishni o'rganishdi. Osiyo chempionatida kamida finalda o'ynashimiz kerak edi. CHorak finalda darvoza tomon 15ta zarba berdik, raqiblar esa 3ta imkoniyatdan ikkitasini golga aylantirishdi. Demak, qaysidir jihatlarga kamroq etibor qaratgan ekanmiz. Bu orada Paxtakordan taklif tushdi. Ochig'i, o'zimni kattalar jamoasida bosh murabbiy sifatida sinab ko'rish istagi bor edi. Boshqa tomondan, yoshlar termasi bilan ham ishlagim kelayotgandi. Paxtakordek klubni boshqarish hammaga ham nasib qilavermaydi. Ha, ushbu lavozimda ikki oy ishladim, lekin bundan afsuslanmayman. CHunki jamoani qabul qilib olayotgan paytimdayoq meni xorijdan murabbiy kelishi haqida ogohlantirishgandi. Paxtakorni qiyin vaziyatda qabul qilib, bu holatda o'zimni sinab ko'rdim. Ikki oy ichida o'rinbosarlar tarkibidagi 9 nafar futbolchi asosiy jamoada debyut qilishdi. Biz shunga majbur edik, chunki zaxira o'rindig'i juda ham tor edi. SHunday holatda jamoa oldiga har bir uchrashuvda g'alaba qozonish majburiyati qo'yilgandi. Nasafga qarshi kechgan kubok bahsini inobatga olmasa, Paxtakor mening murabbiyligimda yomon o'yin ko'rsatmadi. Bugungi kunda ham jamoada ishlayapman. Asosiy vazifam - Paxtakor raqiblari haqida bosh murabbiy SHota Arveladzega malumotlarni taqdim etish. SHu maqsadda har bir jamoaning o'yinlarini bevosita stadiondan kuzatib, o'z xulosalarimni bosh murabbiyga etkazyapman. Termadagi faoliyatga kelsak, hali qaytishga ulguraman.

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi 

Manba. "Interfutbol" gazetasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика