So’nggi yangiliklar

00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  1 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  1 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  6 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  24 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4 19:58"Реал" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга киришиши мумкин  3 19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  5 18:27Расман: "Интер" 25 млн евролик трансферни амалга оширди  2 17:56ПФЛ: Ўзбекистоннинг 17 та клуби ОФК лицензиясига эга чиқди  1 16:34Влахович фойдали таклиф сабаб А Серияни тарк этиши мумкин  0 16:08Леау Ла Лиганинг топ клубларидан бирига ўтиши мумкин  2

Jasur Abduraimov: “Eron Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri” Yangiliklar

Jasur Abduraimov: “Eron Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri”

Manamadagi "Radisson Blu Diplomat" mehmonxonasida terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida chorak final o'yinlari oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Manama. Bahrayn.

CHorak final o'yinlari oldidan o'tkazilgan matbuot anjumani.


O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov navbatdagi raqib Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan ekanini va uning shogirdlari o'yinga tayyor ekanini aytib o'tdi.

“Eron Osiyoning eng yaxshi jamoalaridan biri. Jismoniy jihatdan baquvvat hamda texnikasi yaxshi bo'lgan futbolchilarga ega. Jamoaning taktik jihatdan ham yaxshi o'ynay olishini bilamiz. Ammo, bizning jamoa ularga qarshi o'yinga tayyor. Umuman olganda, ayni damda ishtirokini davom ettirayotgan barcha jamoa turnirga munosib jamoalar”, - dedi Jasur Abduraimov.

“Biz Xitoyga qarshi so'nggi tur o'yinida ayrim asosiy o'yinchilarimizga dam berdik. Ularga jiddiy o'yin oldidan dam berishimiz muhim. Ammo, o'sha kuni tarkibda maydonga tushgan futbolchilar ham o'zlarini ko'rsatishdi. Bizning tarkibdagi o'yinchilarning deyarli barchasini sinovdan o'tkazdik va asosiy o'yinlarda maydonga tushishga kim tayyorligi borasida kerakli xulosaga keldik. Bizning jamoamizni Eronga qarshi juda qiziqarli va jiddiy o'yin kutib turibdi. O'yin barchaga yoqadigan darajada yaxshi va saviyali o'yin bo'lishiga umid qilamiz”, - dedi O'zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi.

Amirhusayn Peyrovani (Eron): “Bizning jamoamiz bu o'yinga tayyor. O'zbekiston turnirning eng kuchli jamoalaridan biri va ularga qarshi bizga qiyin bo'lishi aniq. Eron yoshlar terma jamoalarining avvalgi turnirlardagi natijalari haqida o'ylamasdan bugungi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimi lozim. Bizni bugungi o'yin qiziqtirmoqda. Umid qilamanki, o'yin feyr pley qoidalari asosida o'tadi va jamoalar yaxshi o'yin namoyish etishadi”.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика