Janubiy Koreyani mag'lub etgan Qatar bosh murabbiyi istefoga chiqdi
14 iyu 2017 08:11
Yangiliklar
Janubiy Koreyani mag'lub etgan Qatar bosh murabbiyi istefoga chiqdi
Kecha Qatar terma jamoasi o'z maydonida Janubiy Koreyani 3:2 hisobida mag'lub etishga erishdi.
"Al Kass" telekanali xabariga ko'ra, urugvaylik Xorxe Fossatti ushbu g'alabadan keyin istefo berishga qaror qilgan. Qatarda ikkinchi o'rin uchun imkoniyat qolmagan, mo'jizagina ularni uchinchi o'ringa olib chiqishi mumkin xolos.
Fossatti 8 oy oldin Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Qatar terma jamoasi uning qo'l ostida 6ta o'yin o'tkazib 7 ochko to'pladi.
Fikrlar