So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  3 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  6 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  1 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Jamshid Saidov: "Xomyakov bilan uzoq vaqt davomida birga ishlaganman. Bugun bir ochkoni qo'lga kiritdik" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Xomyakov bilan uzoq vaqt davomida birga ishlaganman. Bugun bir ochkoni qo'lga kiritdik"

Superliga 24-tur doirasidagi "Andijon" - "Qizilqum" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda bugungi o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rgandik. Biz "Andijon" qanday o'ynashidan xabardor edik. Andijondan bir ochko bilan qaytayotganimiz yaxshi. Bunday muxlislar oldida o'ynash oson emas. O'zimizning muxlislarga ham rahmat, ular uzoq yo'l bosib kelishdi. Bugungi o'yindagi ishtiyoq va kurash uchun futbolchilarimdan minnatdorman", - dedi Jamshid Saidov.


- "Qizilqum"ning asosiy tarkib futbolchilari G'iyosov va Kuxianidze bugungi uchrashuvda maydonga tushishmadi. Ushbu holat jamoangiz o'yiniga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Jarohat va sariq kartochkalar tufayli ular bugungi bahsni o'tkazib yubordilar. Bu o'z so'zini aytdi.

- Ikkinchi taymda maydonga tushirilgan Bobomurod Bozorov yana zaxiraga olindi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Bu taktik o'zgarish edi.

- Joriy mavsum Kubokda va Superligada "Qizilqum" "Andijon"ni mag'lub eta olmadi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Biz Xomyakov bilan uzoq vaqt davomida birga ishlaganmiz. "Andijon" jamoasini ham juda yaxshi taniyman. Biz nazorat o'yinida ham jangovar durangga imzo chekkandik. Bu raqobat. Superligadagi raqobat yildan-yilga o'sib bormoqda.

- "Qizilqum" bugun bir ochkoni qo'lga kiritdimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Menimcha bir ochko qo'lga kiritdik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика