So’nggi yangiliklar

21:18АПЛ "Манчестер Сити"ни жазолади  0 21:05Суперлига. "Сўғдиёна" – "Хоразм" 0:0 (Матнли транслация)  8 21:00Суперлига. "Андижон" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  23 20:53"Рома"да бош мураббий ўзгарди. Рим клубидаги энг яхши мавсумини ўтказган Шомуродовнинг тақдири қандай кечади?  2 20:34"Барселона" бразилиялик ҳимоячи учун 30 млн евро таклиф этади  5 19:50"Манчестер Юнайтед" мухлислари чипталар нархи кескин ошганидан норози  0 19:27Мартинес МЮга ўтишга рози  1 18:44"Реал" Мбаппе касалхонага ётқизилгани ҳақида хабар берди  4 18:16Расман: "Сурхон" россиялик ҳужумчи билан хайрлашди  0 17:52Breaking! Аббос Файзуллаев Туркия клубидан таклиф олди  14 17:36"Бухоро" – "Шўртан" учрашуви нейтрал майдонда ўтади  4 17:15Breaking! Ўринбоев фаолиятини Бельгияда давом эттиради  17 17:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. 1-турнинг барча натижалари битта саҳифада  2 16:56"Бунёдкор" пенальтилар сериясига кўра ғалаба қозониб, "Қўқон-1912"ни мусобақадан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 16:38Расман: Футзал Олимпия ўйинларига киритилди  8

Jamshid Saidov: "Menda ham "Olimpik"ga qarshi o'yin borasida hakamlarga savollarim bor, ammo ularni tahlil qilish - mening ishim emas" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Menda ham "Olimpik"ga qarshi o'yin borasida hakamlarga savollarim bor, ammo ularni tahlil qilish - mening ishim emas"

Superliga 9-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Qizilqum" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— "Paxtakor" qanday o'ynashini bilgandik va tayyor edik. Afsuski, "Paxtakor"ning o'n kishi bo'lib qolganidan foydalana olmadik. Ochiq o'yin bo'ldi, "Paxtakor" qarshi hujum evaziga hisobda olinga chiqib olishi ham mumkin edi. Har qanday holatda ham borlarini bergan o'yinchilarimga, Navoiydan kelib jamoani qo'llab-quvvatlagan muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

— Durang natija qayd etildi. Ikkinchi taymda "Paxtakor" bir kishi kam bo'lib qolgani evaziga g'alaba qozona qozonishingiz mumkin edi. Ikkinchi taymdagi o'yin birinchisidan farq qildi. Umuman, o'yindan qoniqish hosil qildingizmi?

— CHetlatishdan so'ng "Paxtakor" himoyalanishi bizga foyda berishi kerak edi. Ammo, ularning qarshi hujumlari xavfli. SHu sababli, men bundan qoniqmadim. Ammo, bu futbol. Ayrim payt jamoa o'n kishi bo'lib ham yaxshi o'ynaydi. "Paxtakor" bugun ikkinchi taymda, ayniqsa so'nggi daqiqalarni juda yaxshi o'tkazdi. Ha, ular to'liq himoyalanishdi, ammo ularda yoshlarni o'z ortidan ergashtira oladigan CHeran kabi o'yinchilar bor. Biz qarshi hujumlardan cho'chidik, ammo o'z maqsadimizga eta olmadik ham. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, ammo yakun etmadi deb o'ylayman.

— "Paxtakor"ning so'nggi 3-4ta o'yinini ko'rsak hakamlar 50ga 50 vaziyatlarda raqiblar foydasiga qaror chiqarmoqda. Siz qizil kartochka va penalti to'g'risida nima deya olasiz?

— Sizga bitta narsani aytaman. Men hech qachon hakamlarni tahlil qilmayman, bu ish bilan shug'ullanadiganlar bor. Masalan, menda o'tgan "Olimpik"ga qarshi o'yindagi hakamlik borasida savollar bor. Men Superligadagi o'yinlarni ko'raman, ha, qaerdadir xatolar yo'q emas, ular ham xato qiladi.

— O'zbekistonga VAR kerakmi? Masalan, VAR orqali ko'rilayotgan paytlarda qizil kartochka yoki penalti yuz foiz bo'lmasa berilmayapti. Ammo, insoniylik faktori sabab ming foiz penalti yoki qizil kartochka bo'lmoqda.

— Men VAR ko'p hollarda jamoalar katta yordam bermoqda deb hisoblayman. Masalan, milli soniyalarda hakam va men ham vaziyatlarni ko'rmay qolishimiz mumkin, ammo keyinchalik takroriy lavhalarda bu ko'rinadi. Hatto o'sha qizil vaziyat bilan bog'liq holat ham. "Paxtakor" futbolchilari va murabbiylari norozilik bildirdi. Hakamlik juda nozik ish. Biz shunchaki yuqoridan qarab qo'ya qolamiz, ular turli xil rakursdan vaziyatni baholashadi. SHu sabab, hakamlarni hech qachon tahlil qilmaganman va bu mening ishim emas. Futbolchilarni tahlil qilishim mumkin, ammo hakamlarni tahlil qilish mening vakolatimga kirmaydi.

— Akakiy SHulayaning yo'qligi qanday tasir o'tkazdi? Bugun "Qizilqum" qanotlardan hujumlar qildi va maqsadiga erishishiga ozgina qolgandek ko'rindi.

— Ha, jamoa etakchilaridan biri "Olimpik"ga qarshi o'yindagi chetlatishdan so'ng yo'q edi. Albatta, uning bugungi o'yindagi harakatlari juda foydali bo'lgan bo'lardi.

— O'zingiz aytganingizdek, "Paxtakor"ning xavfli qarshi hujumlari sabab jamoaning nafaqat hujum haqida, balki himoya haqida ham o'ylashi kerak edi. Markaziy himoyachilaringizdan qoniqdingizmi yoki bu "Paxtakor"ning tajribali o'yinchilari bilan bog'liq edimi?

— Ha, ayrim vaziyatlarda markaziy himoyachilarimning harakatlaridan qoniqmadim, ular xato qilishdi. SHunday vaziyatlar bo'ldiki, CHeranning o'zi ikkita gol urishi mumkin edi, bunga faqatgina aniqlik etishmadi. CHeran, Hamdamov bor, boshqa yosh o'yinchilar ham o'yindan-o'yinga qo'shishmoqda. Ularda yaxshi maktab bor va ular o'zbek futbolining bayroqdorlaridan biridir. Ularda hozir yangilanish ketmoqda, ular ikkinchi davrada o'ziga keladi deb o'ylayman. Ular o'yindan-o'yinga qo'shishmoqda.



Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика