Jamshid Iskanderov – “Navbahor” futbolchisi! Yangiliklar

Jamshid Iskanderov – “Navbahor” futbolchisi!

“Navbahor” tarkibi kuchayishda davom etmoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchilardan yana biri – mahoratli yarim himoyachi Jamshid Iskanderov “Navbahor” klubi bilan shartnoma imzoladi va u ham yangi mavsumda jamoamiz safida to'p tepadi. Iskanderovga “lochinlar” bilan ulkan muvaffaqiyatlarga erishishiga tilak bildirib qolamiz. 

JAMSHID ISKANDEROV

Tug'ilgan sanasi: 1993 yil 16 oktyabr

Tug'ilgan joyi: Urganch, O'zbekiston

Ampluasi: yarim himoyachi

Iskanderov faoliyati davomida Samarqandning “Dinamo” (2011; 2 o'yin), Toshkentning “Paxtakor” (2011-2018; 126 o'yin, 19 gol), Toshkentning “Lokomotiv” (2019; 26 o'yin 6 gol) klublarida o'ynagan. SHuningdek, malum muddat Janubiy Koreyaning “Sonnam” klubida faoliyat yuritdi.

O'zbekiston U-20 (2013; 5 o'yin 1 gol), U-23 (2014-2016; 7 o'yin 1 gol) termalari hamda milliy jamoamiz (2013-h.v.; 23 o'yin 3 gol) safida o'ynagan.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati


Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика