So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Jamshid Boltaboev: “Jahon chempionati biz uchun transfer bozori” Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: “Jahon chempionati biz uchun transfer bozori”

Toshkentning “Paxtakor” klubi bu yil OCHLda omadsiz ishtirok etganidan barchani xabari bor. SHu omadsiz yurishlari ichki chempionatda ham davom etmoqda.

Bu yil “sherlar” katta ehtimol bilan sovrinli o'rinlardan quruq qolishi mumkin. CHempionatimizda quyi pog'onalarda borayotgan jamoalar ham “sherlar”dan ochko tortib olmoqda. Biz “Paxtakor” klubi futbolchisi Jamshid Boltaboev bilan uchrashib undan omadsizliklar sababini bilish maqsadida intervyu oldik.

- Birinchi davra “Paxtakor” uchun qanday o'tdi?

- Birinchi davra biz uchun yomon o'tdi deb ayta olmayman. CHunki birinchi davrada beshinchi pog'onani egalladik. Uchinchi, to'rtinchi pog'onadagi raqiblarimizdan 1 ochko ortda borayotgan edik. Men olimpiya terma jamoasi bilan tayyorgarlik o'tkazgan bo'lsam, qolgan yigitlar “Paxtakor” yig'inlarida ishtirok etishdi. Ko'p vaqtimiz yig'inlarda o'tkan bo'lsa ham o'zimizni jismoniy tomondan yaxshi tayyorlay oldik deb o'ylayman. CHempionatimizning birinchi davrasida juda ham kerakli bo'lgan ochkolarni qo'ldan chiqardik. Bizga omad etishmadi desa ham bo'ladi. CHunki, biz bitta xato qiladigan bo'lsak raqib jamoa darxol bizni jazolashayapti. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qilayotgan bo'lsak, ikkinchi bo'limda o'yin tizginini raqib jamoaga berib qo'yyapmiz. Birinchi bo'limning 20 daqiqasi juda ham kuchli o'yin ostida o'tadi. CHunki, jamoalar bir birini o'rganish bilan, yoki bir biriga bosim o'tkazish bilan o'tadi. SHuning uchun ham birinchi bo'limda juda ham ko'p kuch sarflanadi. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz pasayishining sababi, bu bizning zaxira o'rindig'imiz qolgan jamoalarga nisbatan unchalik kuchli emasligida. Har safar zaxiradan maydonga bir xil futbolchilar tushadi. Bundan tashqari ko'plab futbolchilarimiz jarohat olishdi. CHap qanot himoyasida hech kim yo'q bo'lgan paytda, men majburlikdan shu pozitciyada o'ynadim. Menimcha bizni zaxiramiz kichikroq bo'lgani uchun ham mana shunday natijalar qayd etyapmiz deb o'ylayman.  


- “Paxtakor” klubi birinchi davrada ham ikkinchi davrada ham o'ziga o'xshamayapti?
- Bu narsa menimcha jamoani yoshargani deb o'ylayman. Bundan ikki, uch yil avval ham “Paxtakor” to'rtinchi pog'onani egallagandi. O'shanda Iskanderov, Masharipov, Sergeev yosh bo'lib jamoamiz sharafini himoya qilishgan edi. Mana shu futbolchilar o'zlarini ko'rsatib, o'z o'rnini topishdi. Endi navbat bizga keldi deb o'ylayman. Jamoadan juda ham ko'plab etakchi futbolchilarimiz ketdi, bizga yo'l ochildi. Bu yilgi maqsadimiz OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritish. Kelasi yildan esa chempionlik uchun kurash olib boramiz. SHu yoshgacha Jamshid Iskanderovni jarohat olganini birinchi bor ko'rishim. Mana shu jarohat sababli 2, 3 oy maydonga tusha olmadi. O'sha paytda shifokorlarimiz Iskanderovga “tayyorsan” deb aytishdi. SHundan so'ng Jamshid maydonga qaytdi, o'shanda bu futbolchi bizga juda ham kerak edi. Afsuski jarohati to'liq bitmagan ekan yana qaytalanish bo'ldi. Menimcha bu narsa o'ziga ham bog'liq edi deb o'ylayman. Jamshid Iskanderov jarohatidan forig' bo'lib ayni damda bizga yordam bermoqda. Bundan keyin bunday jarohatlar olmaydi deb umid qilaman. Ayni damda chempionatda opbvbpuf yarashmaydigan natijalarni qayd etyapmiz. “Andijon” ham yaxshi jamoa, o'z tarkibiga kuchli bo'lgan futbolchilarni qo'shib olishgan. “Andijon”ga qarshi uchrashuvda o'yin bo'yicha ustunlik biz tarafda bo'ldi. Bizni kamchiligimiz yaqqol hujumchi qo'yligida bo'ldi deb o'ylaymian. Safimizga Jasur Hakimov kelib qo'shildi. Ammo Jasur zaxirada qolib ketmoqda. Asosiy tarkibda harakat qilish bilan zaxiradan maydonga tushib o'ynashni farqi bo'ladi. Biroz vaqt o'tgandan so'ng Hakimov ham o'zini ko'rsatadi deb o'ylayman. “Burgutlar”ga qarshi bahsda biz ko'p vaziyatlardan foydalana ololmadik. O'sha bitta omadsiz penalti bilan darvozamizni ishg'ol qilishdi. “Qo'qon – 1912” jamoasiga qarshi o'yinda bizda ko'plab vaziyatlar bo'lgandi. Lekin nimagadir bizni tepgan to'plarimiz raqib darvozasidan joy olmayapti. O'sha bahsda Aleksandr Sidorov zaxiradan maydonga tushdi. Unda ham vaziyatlar bo'ldi, lekin shulardan bittasini raqiblar darvozasiga joylab qo'ydi. Barcha jamoalar bizga qarshi ikki, uch baravar kuch bilan o'ynashyapti. Mana “Neftchi”ga mag'lub bo'ldik.

Qolgan jamoalarda ham “Paxtakor”ni mag'lub etsa bo'lar ekan degan fikr hayolidan o'tgan bo'lsa ajabmas. Raqiblarimiz bizga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatishmoqda. To'g'ri, himoyada o'ynashganidan keyin ularni himoyasini yorib o'tish biz uchun ham qiyinchilik tug'diradi. Hujumkor jamoalar bilan to'qnash kelib qolsak bizga osonroq bo'ladi. Biz hujumga o'tgan paytimizda raqiblarimiz qarshi hujumga o'tib bizni jazolashayapti. “Neftchi”ga qarshi bahsda ham xuddi shunday vaziyat qurboni bo'ldik.

- Mana ikkinchi davra ham boshlandi. Balki omadsiz natijalar qayd etilishiga murabbiy almashtirilgani sabab bo'layotgandir?

- Vodiyga ikki marotaba borgan bo'lsak, Qashqadaryoga ikki marotaba boramiz. “Mashal” va “Nasaf”ga qarshi bizni juda ham qiyin o'yinlar kutib turipti. Endi qolgan o'yinlarda ochko yo'qotishga haqqimiz yo'q. Murabbiyga keladigan bo'lsak, ularni almashgani natijaga tasir o'tkazyapti deya olmayman. CHunki, murabbiylar keladi ketadi. Futbolchilar esa ko'p vaqt birga maydonda  to'p tepadi. Murabbiy ketgani bilan bizni o'yin uslubimiz o'zgarmagan. Hozirgi murabbiyimiz juda ham talabchan. No'mon Hasanov ko'proq taktikada va to'pni nazorat qilish borasida bizga ko'rsatmalar berar edi. Kolosovskiy ham xuddi shunday ko'rsatmalar bermoqda. Aytib o'tganimdek bu borada hech qanday o'zgarishlar yuz bermadi. Ribkin ketti o'rniga Lobanov keldi. Lobanov darvozani qo'riqlayotganda himoyachilar ham o'ziga ishonib maydonda harakat qiladi.


- Kelasi yili OCHLda ishtirok etish uchun “Paxtakor”da imkoniyatlar kamroqdek nazarimda...
- CHempionatda “Nasaf” jamoasi bilan ochkolarimiz orasidagi tafovvut 8 ochkoni tashkil etadi. Bu tafovvutni yo'qotsa bo'ladi. Bitta g'alabadan so'ng o'zimizga bo'lgan ishonch ortishiga ishonaman. Barcha jamoalar o'ziga yarasha kuchli hisoblanadi. “Metallurg” klubi “Mashal” bilan bo'lgan uchrashuvda raqiblari darvozasini olti bor ishg'ol qilishdi. Ushbu jamoalarga qarshi o'ynasa bo'ladi. Bizga biroz omad etishmayapti. SHu omadni ushlab olsak bundan buyog'iga faqat g'alaba qozonamiz deb o'ylayman. Mana “Buxoro”ni to'rtta o'yindan beri mag'lub eta olmayapmiz. O'z uyimizda “Bunyodkor” va “Lokomotiv”ga mag'lub bo'lishga haqqimiz yo'q. O'zaro o'yinlar orqali “Nasaf” va “Bunyodkor” bilan o'rtamizdagi ochkolar farqini qisqartirib olsak bo'ladi.

- Klub rahbariyati natijalardan norozilik bildirmayaptimi?

- Rahbariyat bu natijalardan albatta norozi. “Paxtakor” o'ziga yarashmagan o'rinlarda yuripti. Har bir jamoada pasayish davri bo'ladi, bizda ham shunday darv bo'lmoqda. Uni engib o'tish uchun jamoadoshlarim bilan engib o'tishga urinib ko'ramiz.

- Futbolchi bo'lishingizga Muzaffar ismli akangiz sababchi bo'lgan ekan. SHu haqida gapirib bersangiz?

- Akam ROZK futbol maktabiga borib, futbol sir asrorlarini o'rganardilar. Men ham futbolga qiziqqanimdan akamga ergashib, o'zimdan 3 yosh katta bolalar bilan futbol o'ynardim. U erda Mamur aka ismli murabbiy bo'lar edi. Ikki, uch oy mashg'ulotlarda ishtirok etkanimdan so'ng, murabbiyimiz “Paxtakor”ga boshirimni maslahat berdi. Dilshod aka Nuraliev jamoasiga kelganimda 10-12 nafar bolalar mashg'ulot o'tkazishardi. Mana shu jamoaga qo'shilib ketib mashg'ulotlarda tinmay mehnat qilib shu darajaga erishdim. “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” shunga o'xshagan kuchli jamoalarda yosh futbolchilarga etibor kuchli bo'ladi. O'sha paytlarda akam borgan jamoaning xattoki homiysi ham yo'q edi. Oilamizning sharoiti u darajada yaxshi emas edi. Kiyim-kechak, butsilarni sotib olish oilamiz sharoitiga to'g'ri kelmas edi. SHuning uchun ham akam futbol bilan erta xayrlashdi deb o'ylayman. “Paxtakor”ga kelganimda kiyim-kechak, butsilar barcha kerakli narsalar bilan taminlar edi. Akam o'ynagan jamoada esa bunday sharoitlar yo'q edi. Hamma narsani o'zingni yoningdan harajat qilishing kerak edi. Men o'z vaqtida Dilshod aka Nuraliev jamoasiga kelganman. Hozir ham “Paxtakor” akademiyasiga juda ham kuchli etibor qaratilmoqda. Yosh futbolchilarni barcha sharoitlar bilan taminlaydi.

- Futboldan bo'sh vaqtlaringiz nimalar bilan mashg'ul bo'lasiz?

- Bo'sh vaqtimda ko'proq oila davrasida bo'laman. O'rtoqlarim bilan dam olishlar bo'lib turadi, ular bilan ham birga bo'laman. Kitoblar ham o'qib turaman. Ko'proq Nuriddin Ismoilovning kitoblarini mutola qilaman. Tarixiy kitoblar o'qa olmayman, faqat triller janrdagi kitoblarni o'qiyman.

- Futbolchi bo'lganingizdan afsuslanganmisiz?

- Yo'q afsuslanmaganman. Dilshod Nuraliev bilan birga kuniga 3, 4 mahal mashg'ulotlar o'tkazardik. Boshqa bolalarga qarasangiz mazza qilib dam olishayotgan bo'lar edi. Ularni ko'rib havasingiz keladi. O'sha paytlarda mana shunday o'ylar edik. Ulg'ayganimizdan so'ng noto'g'ri o'ylaganimizni tushunib etdik.


- Agarda futbolchi bo'lmaganingizda qaysi kasb sohasini tanlagan bo'lar edingiz?
- Bilmadim, balki o'zimni ilim olishga bag'ishlagan bo'larmidim. Futbolga etibor kuchli bo'lganidan keyin o'qishga ham bormasdan mashg'ulotlarga borardik. Agarda futbolchi bo'lmaganimda balki bankir bo'larmidim. O'zim ham o'ylab ko'rmagan ekanman.

- Futbol orqali olgan ilk maoshingizni eslay olasizmi?

- Dilshod aka Nuraliev boshchiligida “Paxtakor” bilan Ukrainaga borib u erla kichik turnirda g'olib bo'lib kelganimizda ilk maoshimni olganman. Adashmasam, o'shanda 100 ming so'mdan berib bizni rag'batlantirishgan. SHundan 2, 3 oy o'tib “Paxtakor” klubi tomonidan 5, 6 futbolchimizga 50 ming so'mdan oylik ajratib berishgan. SHu oylikni olganimizdan so'ng juda ham hursand bo'lib uyimdagilarga olib borib berganman. O'sha paytda 50 ming so'mni qadri baland edi.

- “Orzum “Manchester Yunayted” jamoasida o'ynash” degan ekansiz?

- Bu mening eng katta orzum. O'tgan yilgi jarohatim tufayli bu yil o'yinimda biroz pasayish bor. Buni o'zim ham sezib turibman. Jismoniy holatim ham avvalgisiga o'xshab 100 foiz emas. Bir yil dam olgandan so'ng baribir biroz qiyin bo'ladi. Lekin men maqsadimga etmagunimcha tinchimayman. Bizda juda ko'p imkoniyatlarimiz bor. Milliy terma jamoa bilan jahon chempionatiga chiqsak bizni butun dunyo ko'radi. Nasib qilsa Rossiyada bo'lib o'tadigan mundialda albatta ishtirok etamiz. Jahon chempionati biz uchun transfer bozori. CHunki, mundialda ishtirok etsangiz ko'plab jamoalar sizni ko'radi va sotib olishga urinadi. Jahon chempionatiga chiqib yaxshi natija ko'rsatsak bizni futbolimiz ham ancha rivojlanib ketadi.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика