Jaloliddinovga "non bermagan" futbolchi “Lokomotiv”dan ketdi
19 jan 2021 21:15
Yangiliklar


Jaloliddinovga "non bermagan" futbolchi “Lokomotiv”dan ketdi
Serbiyalik himoyachi Slobodan Raykovich kelishi munosabati bilan “Lokomotiv” legionerlar limitini saqlab qolish uchun Jasur Jaloliddinovni futbolchilar qaydnomasidan chiqarib, keyinchalik “Tambov”ga ijaraga bergandi.
Raykovich “temiryo'lchilar” safida 9 o'yinda maydonga tushdi va klub mazkur bahslarda g'alaba qozonolmadi. SHu tariqa, tomonlar kelishgan holda shartnomani bekor qilishga qaror qildi.
31 yoshli futbolchi joriy mavsum RPLda 5 bahsda maydonga tushib, 2 bor ogohlantirildi va bitta qizil kartochka oldi. U moskvaliklar safiga erkin agent sifatida kelib qo'shilgan edi. Bungacha esa u "Peruja" safida to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar