Jaloliddin Masharipov: "Qirg'iziston Eronga qarshi uchrashuvda durang qayd etishi uchun yaxshi imkoniyatga ega edi"
09 sen 2024 21:35
Yangiliklar


Jaloliddin Masharipov: "Qirg'iziston Eronga qarshi uchrashuvda durang qayd etishi uchun yaxshi imkoniyatga ega edi"
Tehronning "Istiqlol" va O'zbekiston terma jamoasi azosi Jaloliddin Masharipov Qirg'izistonga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
"KXDRga qarshi bizda biroz hayajon kuzatildi va shu sababli o'zimiz istagan o'yinni namoyish eta olmadik. Buyog'iga o'yinimizni yaxshilab boramiz. Eron - Qirg'iziston uchrashuvini tomosha qildim. Qirg'iziston ancha sifatli o'yini bilan meni hayron qoldirdi. Eron terma jamoasi futbolchilari bilan gaplashganimda, ular maydon holati yaxshi bo'lmaganini aytishdi. Qirg'iziston o'sha uchrashuvda durang qayd etishi mumkin edi" - deya fikr bildirdi Jaloliddin Masharipov
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 uchinchi saralash doirasidagi Qirg'iziston - O'zbekiston bahsi ertaga soat 19:00da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar