Jahongir Abdurashidov: "Uyda o'tayotgan uchrashuvlarda omadimiz kelmayapti"
13 noy 2020 18:10
Yangiliklar


Jahongir Abdurashidov: "Uyda o'tayotgan uchrashuvlarda omadimiz kelmayapti"
Pro liga 17-turdan o'rin olgan "Zomin" - "Xorazm" (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jahongir Abdurashidov fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'yin haqida nima deyishim mumkin, tezkor gol qo'yib yubordik. SHundan so'ng o'zimizga kelib olishga ancha qiynaldik. Uy uchrashuvlarida omadimiz kelmayapti. Mehmonda yaxshi o'ynayapmiz. O'z maydonimizda bosim bo'lyaptimi yoki boshqami buni tagiga eta olmayapmiz. Yigitlar bilan gaplashamiz.
O'yinda amalga oshirgan o'zgarishlarimiz o'zini oqladimi yo'qmi bilmadim. Futbolchilar qo'lidan kelgancha yordam berishdi. Birinchi bo'limning o'zida yaratgan vaziyatlarimizdan foydalanishimiz kerak edi",- deydi Jahongir Abdurashidov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar