So’nggi yangiliklar

17:20Ўзбекистон Кубоги. 2-турда ишлайдиган ҳакамлар ва ВАР фойдаланиладиган ўйинлар маълум бўлди  0 16:42Пенальтилар қайтаришда Лунинга ким ёрдам бергани маълум бўлди  4 16:17Иродали Усмонов!  1 16:11Артета: "Биз ҳали ҳам АПЛ чемпионлиги учун курашяпмиз"  0 16:00Setanta Sports+ Спортнинг ҳақиқий мухлислари учун  2 15:10"Эл Классико"ни бошқарадиган ҳакам номи маълум бўлди  2 15:00Зафармурод Абдираҳматов: "Мусобақа энди бошланди хотиржамликка берилиш керак эмас"  8 14:42Мбаппенинг бир гапидан сўнг "Барселона" ва ПСЖ вакиллари ўртасида 60 кишилик жанжал юзага келди  4 14:25Руслан Жиянов: "Ажойиб ва рақобатдош таркиб йиғилган"  2 13:52Нойер: "Бавария" муваффақиятининг сири - интизом"  3 13:36Ўзбекистонлик ҳакамлар футзал бўйича Осиё Кубогининг 2 ўйинига тайинлов олишди  0 12:59Сака "Бавария"га қарши баҳсда: 0 зарба, 0 дриблинг, 0 аниқ кросс  4 12:40Начо: "Реал" чуқур ҳимояланиб, ғалаба қозона олишини кўрсатди. Одатда биз рақибни чидашга мажбур қиламиз"  15 12:05«Реал Мадрид» футболчиси: «Манчестер Сити» биздан кўра яхшироқ футбол ўйнади»  31 11:40«Ювентус» судда ютқазди. Энди Италия жамоаси Криштиану Роналдуга катта миқдорда товон тўлайди  7

Jahon yulduzlari faoliyatini boshlagan stadionlar Yangiliklar

Jahon yulduzlari faoliyatini boshlagan stadionlar

Ular bugungi kunda qimmatbaho mashina haydab, shaxsiy orollarida dam oladilar.

SHuningdek, dunyoning grand jamoalari safida o'ynab, top stadionlarda to'p tepadilar. Futbolchilar bularning bariga mehnati hamda iqtidori bilan erishgan. Ammo ular bu kunga etguncha...

Bugun butun dunyoga malum va mashhur bo'lgan futbolchilar ilk bor faoliyatini boshlagan stadionlarni etiboringizga havola etamiz.

1. Neymar

Neymar 1992 yil 5 fevral kuni Braziliyaning San-Paulu shtati Moji-das-Kruzis shaharchasida dunyoga keldi. Faoliyatini “Portugeza Santista”da boshladi. Bu klub “Santos”ning yoshlar jamoasi hisoblanadi. Stadion — “Ulriko Mursa”. U quyidagi ko'rinishga ega?

2013 yil yozda braziliyalik “Barselona”ga o'tdi. Klub hujumchi transferiga 57 mln evro sarfladi. 2014/2015 yilgi mavsumda u klub bilan “ajoyib xet-trik” qildi: Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi hamda UEFA CHempionlar Ligasida g'olib bo'ldi. Neymar 2017 yil avgustda 222 mln evro evaziga “Barselona”dan Franciyaning “Pari Sen-Jermen” klubiga o'tdi. Natijada u dunyoning eng qimmat o'yinchisiga aylandi.

2. Krishtianu Ronaldu

Ronaldu 1985 yilning 5 fevralida Portugaliyaning Funshal shahrida tavallud topdi. Krishning bolalikdagi sevimli jamoasi “Benfika” edi. U 8 yoshida otasi ishlaydigan havaskor jamoa — “Andorinya”da to'p tepa boshladi. Jamoa o'ynaydigan stadion tribunasi 500 kishiga mo'ljallangandi.

Bu uning birinchi stadioni:

Ronaldu 2008, 2011, 2014 va 2015 yillarda “Oltin butsa” sohibiga aylandi. 2008 yil esa UEFA tomonidan klubning eng yaxshi o'yinchisi deb etirof etildi. SHuningdek, ECHLning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, “Oltin to'p”ni qo'lga kiritdi va “FIFA yil o'yinchisi” nomiga sazovor bo'ldi. U CHempionlar Ligasida 7 marotaba eng yaxshi to'purar bo'lgan (ketma-ket 6 marta):  2008 yil, shuningdek, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017 va 2018 yillarda.

3. Muhammad Salah

Salah — “Mokavlun” futbol klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi. 2010 yil 3 may kuni “El-Mansura”ga qarshi bahsda debyut qilgan. 2010/11 yilgi mavsum Muhammad asosiy tarkibdan o'rin egalladi. 2010 yil 25 dekabr “Al-Axli”ga qarshi uchrashuvda Salah ilk golini urishga muvaffaq bo'ldi. Salah o'ynagan birinchi stadion:

U hozirgi kunda “Liverpul” safida to'p tepadi. Salah 2017 yil Misr termasi bilan Gabonda bo'lib o'tgan Afrika Kubogida kumush medali sohibi bo'ldi. SHuningdek, termasi bilan Rossiya JCH-2018ga chiqishga erishdi. 2018 yil aprelda “APL mavsum o'yinchisi” bo'ldi. 2019 yil “Liverpul” bilan CHempionlar Ligasida g'olib bo'ldi.

4. Sadio Mane

Mane 1992 yil 10 aprel kuni Senegalning Sediu shaharchasida tug'ilgan. 15 yoshga to'lganida amakisi bilan Dakarga bordi — o'sha erning mahalliy “Jenerason Fut” nomli futbol akademiyasiga qatnay boshladi. O'sha erdagi kichik “Deni Biram Ndao” stadionda faoliyatini boshladi.

2016 yilning 28 iyunida Sadio 40,7 million evro evaziga “Liverpul” o'yinchisiga aylandi. 2018 yil qishda “Liverpul” safidagi ilk xet-trikini amalga oshirdi: ECHL doirasidagi “Portu”ga qarshi bahsda. CHempionlar Ligasi finali kuni (26 may) “Real” darvozasini ishg'ol etdi. Natijada ECHLda gol urgan birinchi senegallik o'yinchiga aylandi. 2019 yil “Liverpul” safida ECHL Kubogini qo'lga kiritdi.

5. Roberto Firmino

Roberto 1991 yil 2 oktyabr kuni Braziliyaning Maseyo shahrida dunyoga kelgan. U “Klub Regatas Brazil”da faoliyatini boshlagan va tayanch yarim himoyachi poziciyasida harakatlangan. Firmino ilk bor mashhur braziliyalik o'yinchi Pele sharafiga nomlangan “Qirol Pere stadioni”da o'ynagan.

2015 yil 24 iyun kuni Roberto Firmino “Liverpul”ga o'tdi. Malumotlarga qaraganda, transfer summasi 29 million funtni tashkil etgan ekan. Hozirgi kunda u jamoa etakchilaridan biri sanaladi. Roberto Braziliya termasining ham asosiy futbolchilaridan biridir. SHuningdek, bu yil ECHL g'olibi bo'lib ulgurdi.

6. Diego Godin

Diego 1986 yil 16 fevralda tug'ilgan. Godin Urugvayning eng mashhur klublaridan biri — “Serro”da faoliyatini boshlangan. Ilk stadioni — “Luis Trokkoli”. Diego ushbu arenada 3 yil to'p tepgan, milliy chempionatning 63 o'yinida maydonga tushgan va 6ta gol urishga erishgan. “Luis Trokkoli” tribunalarining o'ziga xos nomi bor — asosiy (shimoliy) tribuna Argentina sharafiga nomlangan. Uning qarshisida “Braziliya”, o'rtada esa — “Paragvay” va “CHili” nomli tribunalar bor.

2010-2019 yillarda Godin Madridning “Atletiko”sida o'ynadi. 2018 yil esa sardorlik bog'ichiga ega bo'ldi. 2017 yil 28 oktyabrda “Atletiko”ning 315ta (!) o'yinda maydonga tushgan birinchi chet ellik futbolchi bo'ldi va bu borda Luis Amaranto Pereani ortda qoldirib ketdi. 2018/19 yillarda klubdan ketdi va Milanning “Inter” klubi safiga o'tdi. SHuningdek, u 2005 yildan buyon Urugvay termasida to'p tepadi. 2015 yil terma jamoa sardori bo'ldi.

7. Virjil Van Deyk

Gollandiyalik himoyachi — Virjil van Deyk 1991 yil 8 iyulda Niderlandiyaning Breda shahrida tug'ildi. O'sha erda faoliyati boshladi. Quyidagi suratda esa ilk bor to'p tepgan stadioni tasvirlangan.

2001 yil “Villem II” akademiyasiga, 2010 yil esa “Groningen” klubiga o'tdi va o'sha erda professional faoliyatini boshladi. Markaziy himoyachi hozirda “Liverpul” sharafini himoya qilmoqda. SHuningdek, u Niderlandiya termasining sardori hisoblanadi.

8. Radamel Falkao 

Radamel Falkao 1986 yil 10 fevral kuni dunyoga kelgan. Faoliyatini “Milonarios” yoshlar klubida boshlagan. 13 yoshida V Primeraning “Lanseros Boyaka” klubiga o'tadi. U erda 1999 yilning 28 avgustida debyut qildi. Natijada, Kolumbiya chempionati professional klubida debyut qilgan eng yosh o'yinchi bo'ldi. Falkao ilk bor quyidagi arenada to'p tepgan:

9. Kilian Mbappe 

Kilian 1998 yilning 20 dekabrida tavallud topgan. Kelib chiqishi kamerunlik bo'lgan yigitchaning bolaligi Bondi shahrida o'tdi. Mbappe o'sha erda futbol bilan shug'ullanishni boshladi: yarim professional klub — “Bondi”da faoliyat yuritdi.

2017 yil 31 avgustda Mbappe 2017/18 yilgi mavsum so'ngiga qadar ijara huquqlari asosida PSJga o'tdi. Ammo ijara muddati tugagunga qadar, klub o'yinchini 180 mln evro evaziga sotib oldi. Kilian futbol tarixidagi ikkinchi eng qimmat o'yinchi bo'ldi. 2018 yil Mbappe Franciya bilan Jahon CHempionatida g'alaba qozondi.

10. Pol Pogba

Pogba 1993 yil 15 mart kuni dunyoga kelgan. Faoliyatini Parijning havaskor jamoasi — “Ruassi-an-Bri”da boshlagan. U 2007 yil professional klub — “Gavr”ga o'tdi. Pol ushbu klub safida ikki yil davomida to'p tepdi. Keyin esa “Manchester Yunayted” akademiyasiga o'tdi. Pol Pogba ilk bor quyidagi stadionda to'p tepa boshlagan:

Keyinchalik “Yuventus” safiga o'tdi. 2013 yil “Golden Boy” sovrinini qo'lga kiritdi, 2014 yil yanvarda “The Guardian” gazetasida chop etilgan “Evropaning eng yosh va istedodli futbolchilar o'nligi”dan joy egalladi. Pol 2016 yil yanvarda UEFA talqiniga ko'ra, “yilning ramziy terma jamoasi” tarkibidan o'rin oldi. Pogba 2016 yil avgustda “Yunayted”ga qaytdi. “Manchester Yunayted” transfer uchun “Yuve”ga 105 mln evro to'lab berdi. Bu bilan Pol o'sha yildagi eng qimmat o'yinchi bo'ldi.

SHuningek, Pogba Evropa CHempionati-2016 musobaqasida ishtirok etgan. O'shanda Franciya ikkinchi o'rinni egallagan (birinchi o'rin — Portugaliya). Pogba JCH-2018 g'olibi sanaladi. U mundial finalida Xorvatiyaga qarshi bahsda ham gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика