So’nggi yangiliklar

00:46"Истиқлол" ўртоқлик ўйинида "Ал Ҳуссайн"га ютқазди. Ашурматов ва Машарипов майдонга тушишди  0 00:45"Атлетико" Бразилия клубидан 20 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  0 00:30"Андижон" клуби "Пахтакор"нинг уч нафар футболчисини ўз сафига қўшиб олганини эълон қилди  0 00:212026 йилги Жаҳон чемпионати чипталари қачон сотувга чиқиши маълум  0 23:55"Ньюкасл" Исак учун жуда катта сумма истамоқда. "Ливерпул"нинг “боши қотган”  2 23:35"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Гвардиоланинг мураббийлар штабига қўшилди  2 23:05Расман: Карлуш Кейруш ЖЧ-2026 саралашининг сўнгги босқичида иштирок этувчи Осиё жамоасини бошқаради  8 22:55"Бавария" Диас бўйича "Ливерпул"га янги таклиф жўнатади  3 22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчини "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  16 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  2

"Jahon chempionatidagi natija - shunchaki zo'r" - Dilshod Irsaliev Yangiliklar

"Jahon chempionatidagi natija - shunchaki zo'r" - Dilshod Irsaliev

O'zbekiston futzal terma jamoasi kecha Eronga mardonavor tarzda mag'lub bo'lib Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi.

Kuchli raqib qarshisida o'zlarini yo'qotib qo'ymagan vakillarimiz ko'pchilikning etirofiga sazovor bo'ldi, deya olamiz. Mundialga yosh tarkib bilan borgan terma jamoamiz oldilaridagi vazifalarini to'liq bajarishdi. Ishonchlar oqlandi. Garchi Eronga mag'lubiyatga uchragan bo'lishsada, ular ko'rsatgan o'yin va iroda hamma kamchiliklarni yopib yubordi. Xo'sh, bugungi avlod yana nimalarga qodir? Yaqin yillarda Osiyoda forslarning gegemonligiga barham berishadimi? Biz bu borada terma jamoamizning sobiq o'yinchisi, tajribali futzalchi Dilshod Irsalievning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Dilshod aka Eron bilan o'yinni ko'rgan bo'lsangiz futzalchilarimiz qanday taassurot qoldirdi? Umuman terma jamoamizning bugungi avlodning ilk Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida fikrlaringizni ayta olasizmi?

- Yigitlarga qoyil qoldim. Bunday shiddatli o'yin kutmagandim. Zo'r o'ynashdi. To'g'ri Eron kuchli raqib edi. Biroq qo'rqmasdan oxirigacha kurashishdi. Umuman olganda fikrlarim ijobiy. 

- Nima, deb o'ylaysiz yaqin yillarda Eronning Osiyodagi etakchiligiga barham bera olamizmi? Esingizda bo'lsa, 2016 yil yurtimizda o'tkazilgan Osiyo chempionatida bunga juda yaqin kelgan edik...

- Xudo xohlasa Eronni yutadigan vaqt kelyapti. Ishlashda davom etish kerak. Aminmanki, bunga oz qoldi. 

- Ilk turda Gvatemala bilan o'yindan so'ng ommada tanqidiy fikrlar yuzaga kelgandi. Keyinchalik terma jamoamiz Rossiya bilan munosib kurashib, oxirgi turda Misrni mag'lub etdi. Birinchi o'yindan so'ng sizda qanday tasavvur uyg'ongandi?

- Birinchi o'yin doim qiyin bo'lgan. Mag'lub bo'lganimizga qaramasdan menda yaxshi fikrlar yuzaga kelgandi. 

- Bilasiz, futzalimizda orada malum vaqt pasayish davri yuzaga kelgandi. Futzalimiz qisman ortga qaytishni boshlagandi. SHuni hisobga olganda keyingi yillarda bunday natijalarga erishishimizni kutganmidingiz...

- Jahon chempionatidagi natija -  shunchaki zo'r. Hamma ko'rdi. Bunday yuksalishini sezgan edim. Qilingan mehnatlar o'z samarasini berdi, deb o'ylayman. Lekin bu bilan to'xtab qolish kerak emas.

 

- Bunday katta nufuzli turnirdan so'ng futzalchilarimizga turli xorij jamoalaridan takliflar tushishi tabiiy. Legionerga aylanishni maqsad qilgan o'yinchilarga qanday masalahat berasiz? 

- Albatta harakat qilib legionerga aylanishlari, xorij klublariga ketishlari kerak. Yanada o'sishga erishishadi. 

- O'zbekistonlik futzal to'p teparlarini legionerga aylanishining kam kuzatilishiga nima sabab bo'lishi mumkin?

- Fikrimcha, agentlar yo'qligi bilan bog'liq. 

- Klublarimizda maoshlar kamligi haqida eshitganmiz...

- Ha, maoshlar kam.

- Hozirgi tarkibni futzalimiz tarixidagi eng kuchli tarkib, desak bo'ladimi?

- Har bir davrdagi tarkib o'ziga yarasha kuchli bo'lgan, deb o'ylayman. 



Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика