So’nggi yangiliklar

11:19"Барселона" "Интер" футболчисини сотиб олмоқчи  1 10:51Арсен Венгер “Арсенал“нинг финалга чиқа олмаганига фикр билдирди  0 10:20Дэвид Бекхэм Англия жамоасини ҳам сотиб олди  4 09:51Артетанинг “Арсенал“даги келажаги маълум  8 09:23“Рома“ бразилиялик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда  0 08:28УEФА “Интер“- “Барселона“ учрашувидаги ҳакамликка муносабат билдирди  30 08:05Европа лигаси. Маунт МЮ сафида илк дублини қайд этди, иккинчи голини эса майдон марказидан урди  0 07:59МЮни финалга олиб чиққан Аморим нималар деди?  0 07:30Суперлига. Бугун 9-тур бошланади. Андижонда “оловли“ ўйин кутмоқда  12 07:05Келаси мавсум бунақаси EЧЛда илк бор бўлади  14 02:46Антони "Бетис"ни Конференциялар лигаси финалига олиб чиқди, "Челси" ҳам финалда!  5 01:55Европа лигасида инглизча финал!  5 01:50Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" жавоб ўйинида ҳам "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва финалга йўл олди  32 00:50Футзал. Ўзбекистон Кубогида барча ярим финалчилар аниқ бўлди  0 00:28Григорий Колосовский: "Биринчи бўлимнинг ўзида 2-3та гол урсак бўларди"  0

Jafar Irismetov “Obod” bosh murabbiyi. Ammo o'zi qaerda? Yangiliklar

Jafar Irismetov “Obod” bosh murabbiyi. Ammo o'zi qaerda?

Teglar :  Jafar IrismetovObod
“Obod” klubi bu yil ilk bor oliy ligada ishtirok etayotganidan xabaringiz bor. Tashkil etilganiga hali ko'p vaqt bo'lmagan bu jamoaning qisqa fursatlar ichida elitaga yo'l olishi albatta tahsinga sazovordir.

Biroq kuchlilar orasida munosib ishtirok etish oson ish emas. Boz ustiga “Obod” tarkibi asosan yosh o'yinchilardan tashkil topgan. Bunday vaziyatda esa tabiiyki, jamoaga juda qiyin bo'ladi. Hozircha ular 7 ta uchrashuv o'tkazishdi va 2 ta durang, 5 ta mag'lubiyat qayd etishib, ikki ochko jamg'arishdi. Ko'rib turibsizki, bu klub hali g'alaba qozongani yo'q.

Eng ahamiyatli tomoniga to'xtaladigan bo'lsak, klubda bosh murabbiy masalasi tushunarsiz bo'lib turibdi. Avvaliga qishki tayyorgarlik chog'ida jamoaga bosh murabbiy sifatida SHavkat Abduxo'jaev tayinlandi. Muxlislarga yaxshi malumki, u darvozabonlar murabbiyi hisoblanadi va asosan ishlagan klublarida aynan posbonlar bilan ishlab kelgan. Abduxo'jaev sira ham biror-bir klubda bosh murabbiylik qilmagan. Unda “Obod”ga nima uchun ushbu lavozimga tayinlangandi? CHunki unda bosh murabbiylik qilish huquqini beruvchi licenziya bor edi. O'tgan yili “Obod”ning birinchi ligadan oliy ligaga chiqishiga katta hissa qo'shgan murabbiylar – Bobur Zuhriddinov hamda Xayrulla Abdievda esa bunday imkoniyat yo'q. Abdiev yoshlar jamoasini boshqarayotgan bo'lsa, Zuhriddinov hali yosh bo'lgani sababli unda mustaqil bosh murabbiylik qilish tajribasi kam. Qolaversa, unda licenziya ham yo'q. SHu bois SHavkat Abduxo'jaev bosh murabbiy bo'ldi. Ammo bu shunchaki rasmiyatchilik uchun edi xolos. Murabbiy esa asosan darvozabonlar bilan ishlayotgandi. Bobur Zuhriddinov esa amalda barchasini o'zi bajarib kelmoqda. Biroq Abduxo'jaevning “Obod”dagi faoliyati uzoqqa cho'zilmadi. Yaqinda klubni tark etdi va “So'g'diyona” jamoasida ish boshladi. Bu masala bo'yicha uning o'ziga murojaat qilganimizda shunday dedi: “Ha, mening “So'g'diyona”ga o'tganim rost. Bosh murabbiy Davron Fayziev birga ishlashni taklif qildi. Hammasini obdon o'ylab ko'rganimdan so'ng Jizzaxga ketishga qaror qildim. “Obod” jamoasidagilar bilan esa do'stona ravishda xayrlashdik. U erda men qog'ozdagina bosh murabbiy edim xolos”.


Xullas, SHavkat Abduxo'jaev endi “So'g'diyona”da darvozabonlar bo'yicha murabbiy sifatida ishlamoqda. Xo'sh, klubda uning o'rnini kim egalladi? Bu savolga javob esa Jafar Irismetov. Abduxo'jaev ham Irismetovning bosh murabbiy bo'lganini aytdi. Vaziyatga oydinlik kiritish uchun Jafar bilan ham bog'langanimizda “Obod” bosh murabbiyi bo'lganini tasdiqladi. Biroq...

Bu masalasini lekin tomoni bor. Irismetov ham xuddi Abduxo'jaev kabi nomigagina bosh murabbiy bo'ldi xolos. Qog'ozda uning nomi ko'rsatilaveradi, ammo amaldagi ishlarni boshqa murabbiylar bajarishyapti. U holda Irismetov qaerda degan savol tug'iladi, shunday emasmi? Bilamizki, ushbu murabbiy qishda “Obod” klubida chindan ham ish boshlagandi. O'shanda jamoani mavsumga tayyorlashda asosiy ishni bajargandi. Keyin esa klub BAAga o'quv-mashg'ulot yig'ini uchun jo'nab ketdi. Ammo Irismetov ayrim sabablarga ko'ra bu yig'inga borgani yo'q. Safardan qaytib kelishgach esa Jafar chetga chiqib qoldi. CHunki jamoa mashg'ulotlarida u ko'rinmay qoldi. Bu borada uning o'zi bilan ham aloqada bo'lib turdik va rostdan ham mashg'ulotlarda qatnashmayotganini bildirdi. Vaholanki, u futbolchilarni qishda jismoniy tomondan tayyorlagandi, yani, asosiy ishni bajargandi. Kuni-kecha esa “Obod”ga bosh murabbiy bo'lganini eshitib, o'zi bilan yana bir bor gaplashganimizda xuddi SHavkat Abduxo'jaev aytgan gapni aytdi. Klubda qog'ozdagina bosh murabbiy bo'lganini, lekin klubga hech qanday aloqasi yo'qligini malum qildi. Qiziq, unday bo'lsa nima sababdan Jafar Irismetovni bosh murabbiy etib tayinlashdi? Voholanki, uning o'zida ham murabbiylik qilish qobilyati etarli edi. Futbolchilikni tugatganidan keyin asosiy maqsadi murabbiy bo'lish edi va o'zini ushbu kasbga bag'ishladi. Qishda “Obod”da ish boshlaganida murabbiy sifatida oliy ligada jiddiy ishga kirishdi deya o'ylagandik. Ammo voqealar rivoji keyinchalik biz kutmaganda o'zgarib ketdi. Agarda Irismetovning o'ziga qolsa u klubda ishlab murabbiy sifatida jamoaga yordam berishga qarshi emas. Endi esa bosh murabbiy etib tayinlansayu, o'z ishini bajarmasa?! Balki unga bunday lavozimda ishlash uchun imkon berish kerakdir?! Irismetovda murabbiy sifatida ishlab o'zini ko'rsatishga ishtiyoqi baland. Ayniqsa, futbolchilik faoliyati davomida tajribali mutaxassislardan ko'p narsa o'rganganini bir necha bor takidlagan. Qolaversa, murabbiylikka o'tganidan keyin ham u o'qib izlanishda davom etayotganini bilamiz. Demoqchimizki, u yaxshi kadr bo'lib etishyapti. Lekin o'zini ko'rsatishi uchun ishlashiga imkon berilmayapti. Qiziq tomoni shuki, “Obod” bosh murabbiyi Jafar Irismetov, lekin u boshqa ishlar bilan tirikchiligini qilib yuribdi. Balki u bilan klub rahbariyati o'rtasida og'zaki kelishuv bo'lgandir. Baribir Jafar bu lavozimda ishlab jamoani boshqarib ko'rsa yomon bo'lmasdi.


“Obod”ni esa oldinda yanada qiyin o'yinlar kutyapti. Aslida debyutant jamoa uchun chempionat og'ir kechishi avvaldan malum edi. Tarkibdagi o'yinchilarning ko'pchiligi hali oliy ligada o'ynashmagan va uning muhitini endi his qilishni boshlashdi. Aksariyati yosh futbolchilardan iborat bo'lgan jamoaga to'g'ri yo'l-yo'riq ko'rsata olish darkor. Albatta, Bobur Zuhriddinov ham yosh va talabchan murabbiy. Biroq uning o'ziga oliy ligada bir jamoani boshqarish murakkab bo'lmoqda. Agarda bu ketishda bo'lsa, “Obod” yana o'z joyi – birinchi ligaga qaytib ketishi ham hech gap emas. Bunday vaziyatda esa klubga yana murabbiy kerak. Demak, Irismetov chindan ham bosh murabbiy bo'ldimi, unga ushbu lavozimda ishlash uchun imkoniyat berish kerak emasmi? Jafar Bobur Zuhriddinov bilan murabbiylar shtabida yaxshi tandem hosil qilgan bo'lardi. Bu hol klub manfaati uchun zarur ekanligini ham unutmaslik kerak.   

SHuhratbek JO'RAEV

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика