Rasman: Jafar Irismetov - "Neftchi" bosh menejeri

Omonjon To`xtamirzayev
17 dek 2024
Jafar Irismetov faoliyatini vodiy klubida davom ettiradigan bo'ldi.

Bu haqida "Neftchi" futbol klubi telegramdagi rasmiy sahifasi orqali e'lon qildi.

"O'zbekistonning eng yaxshi mutaxassislardan biri, o'z vaqtida qator o'zbek va Yevropa futbol klublarida to'p surgan, O'zbekiston, Rossiya va Qozog'iston chempioni, bir mavsumdagi gollar hisobi bo'yicha O'zbekiston chempionati rekordchisi (45 ta gol) Nilton Mendez to'purarlar klubi a'zosi hisoblangan Jafar Tursunbaevich Irismetov 2017-2022 yillar davomida Toshkentning "Paxtakor" jamoasida sport direktori lavozimida samarali faoliyat olib borgan, ushbu yillarda "Paxtakor" jamoasi to'rt bora mamlakat chempioni bo'lishiga katta hissa qo'shgan. Jafar Tursunbaevich "Neftchi" PFK rahbariyati qaroriga binoan klub bosh menejeri lavozimida ish boshladi.

Shu o'rinda Jafar Tursunbaevichga yangi lavozimda omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyiladi klub xabarida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia