So’nggi yangiliklar

13:12"Реал" ярим ҳимоячиси Саудия Арабистонидан тушган таклифни рад этди  0 12:47"Бавария" хавбеки Евро-2024да ўйнамаслиги мумкин  1 12:20"Тоттенхэм"нинг икки футболчиси мавсумнинг қолган қисмини ўтказиб юборади  0 11:58Германия Чемпионлар Лигасида қўшимча йўлланмани қўлга киритди  5 11:35Футбол мухлислари қалайсиз энди, Парижда музқаймоқ ялайсиз энди!  10 11:15 Ашраф Ҳакими: "ПСЖ ўз имкониятларидан фойдалана олгани йўқ"  1 10:45Футбол олами. Хайр, "Насаф", ОКМК ва "Локомотив": Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичи якунлари   1 10:15Даврон Файзиев "Боруссия Дортмунд" - ПСЖ учрашуви ҳақида нима деди?  5 09:35Эдин Терзич: "Парижда дуранг қониқтиради, лекин биз ғалабани истаймиз"  3 09:05ПСЖнинг Дортмунддаги "қора" анъанаси давом этади   4 08:40Русланбек Жиянов: "Япония терма жамоаси билан икки йил аввал ҳам тўқнаш келганмиз"  7 08:17Луис Энрике: "Парижда жуда кучли жамоага айланамиз, чунки йўқотадиган нарсамиз йўқ"  5 07:50U-23 Осиё кубоги. Бугун финалдан олдинги матбуот анжумани бўлиб ўтади   5 07:20Рустам Абдуҳамидов: "Амалдаги финалчиларнинг чиқиб кетиши ва "Қизириқ" Ўзбекистон кубогининг сенсациясига айланди"  1 06:40Қирол кубоги. "Ал Насср" - "Ал Ҳалиж" 3:1  5

Ivan Boshkovich: "Futbolda yosh va yoshi katta degan tushuncha yo'q" Yangiliklar

Ivan Boshkovich: "Futbolda yosh va yoshi katta degan tushuncha yo'q"

O'zbekiston kubogi 1-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng (0:2) mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- SHuni aytishim mumkinki, o'yin biz uchun og'ir bo'ldi. Kubok uchrashuvlari favoritlar uchun xavfli bo'lishini bilardim. SHu bois biz bunga tayyorgarlik ko'rdik. Birinchi bo'limda kutganimdek o'z darajamizda o'ynay olmadik. Ko'plab texnik xatolar sodir etildi. Eng muhimi, xatolarimizni to'g'rilay oldik. O'ylashimcha, ikkinchi bo'lim yomon o'tmadi. Aksincha, shogirdlarim men istagandek vaziyat yaratib, raqib darvozasini ikki marotaba ishg'ol qildi. Eng muhimi, yaxshi shakllangan jamoani mag'lub eta oldik. Bunday raqibga qarshi kurash oson bo'lmadi, shu bois, o'yindan ko'nglim to'ldi. 

Guruhdan chiqish oldimizda turgan eng muhim vazifa sanaladi. Men o'z futbolchilarim bilan birga yaxshi o'yin namoyish etgan qo'qonliklarga ham minnatdorchilik bildiraman.

- Siz yoshlar bilan yaxshi ishlaysiz, boshqa murabbiylar bundan o'rnak olishi kerak. Siz boshqa jamoalardan yosh talantlarni to'plashda davom etishingiz lozim. Jizzax jamoasi bir vaqtlar O'zbekistonda ajoyib o'yinlari bilan yodda qolgan. O'ylaymanki, tez orada jamoa nufuzini o'sha darajaga olib chiqa olasiz. Savolim: bugun nega Lyupcho Doriev va yosh Muhammadyusuf Sobirovga imkoniyat taqdim etilmadi? Ular ham o'ynasin.

- Kattalar futbolida, ilk navbatda, natija talab qilinadi. Ixtiyorimda juda ko'p yoshlar bor, lekin men tarkibni hamisha o'yinchilar sifatiga qarab tanlayman. Mashg'ulotlarda kim o'zini ko'rsata olsa, o'sha maydonga tushadi. Men hamisha aytib kelganman, yosh va yoshi katta degan tushuncha yo'q, aksincha, sifatli va sifatsiz darajadagi o'yinchilar mavjud. Men tarkibni shu tariqa aniqlayman. Lekin, albatta, yoshlar bilan ishlash osonroq. Sababi, uzoq muddat ichida o'sishi va rivojlanishi mumkin, bu bazida sabr talab etadi. Yoshi katta o'yinchilar esa yuqori darajasiga chiqib bo'lgan va ulardan ortig'ini kutish qiyin. SHu bois, mening tasavvurimcha, natija yomon bo'lmayapti. Menimcha, bu usul nafaqat "So'g'diyona", balki O'zbekiston terma jamoasi uchun foydadan holi emas. CHunki bu yoshlar o'zlarini ko'rsatib, kelgusida O'zbekiston terma jamoasida to'p tepishi mumkin. Men Muhammadyusufni ham o'zim taklif qilganman, u "Bunyodkor"da ishlagan kezlarimda yaxshi taassurot qoldirgan. SHunchaki, raqobat sog'lom bo'lishi kerak. Ehtimol, unga ham imkoniyat taqdim etilishi mumkin.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика